Transport universiteti | Rasmiy kanal
10.2K subscribers
8.36K photos
2.36K videos
265 files
7.99K links
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI RASMIY TELEGRAM KANALI

Veb-sayt: tstu.uz
Facebook: facebook.com/tstu.official
Instagram: instagram.com/tstu_officialpage
Youtube: youtube.com/@tstu_official
Tezkor: @tstu_news
加入频道
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Достойная кандидатура – достойное будущее!
#21sept #saylov2021 #uzbekiston24

Студенты Ташкентского государственного транспортного университета призвали молодёжь нашей страны принять активное участие в выборах Президента Республики Узбекистан.

Telegram | tstu.uz | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#кун_тарихи
📌Bugun 22-sentabr. Xalqaro avtomobilsizlik kuni. Ilk marta 1973 yilda Shvesariyada ushbu kun nishonlana boshlagan.

Сегодня 22 сентября. Международный день без автомобиля. Этот день впервые отметили в Швейцарии в 1973 году.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
Telegram | tstu.uz | Facebook | Instagram
#ilm#innovatsiya
#quvonchli xabar

✍️«Novator Engineers Organization of TSTU» ilmiy-tadqiqot va loyiha markaziga arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish huquqi berildi

Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida 2021 yil 16 iyunda o‘tkazilgan “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida”gi videoselektorda kafedralar huzurida ilmiy markazlar tashkil etish va ularga daromad topish sharoitlarini yaratish topshirig‘i berilgandi.
Ushbu topshiriq ijrosi doirasida Transport universiteti qoshida tashkil etilgan «Novator Engineers Organization of TSTU» innovatsiya markazi bugungi kunda loyiha-muhandislik tajribasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va yuqori malakali loyihachi-muhandislarni birlashtirgan.
Qurilish vazirligi «Novator Engineers Organization of TSTU» innovatsion markaziga arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani topshirdi.
Litsenziya markaz faoliyati natijalarini tijoratlashtirish, “ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish” tamoyilini keng tadbiq etish va qator imkoniyatlarni beradi.

Telegram | tstu.uz | Facebook | Instagram
Prezident_Shavkat_Mirziyoevning_Birlashgan_Millatlar_Tashkiloti.docx
22.5 KB
✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqiga "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti Nosir Jo‘raboev munosabat bildirdi.


Telegram | tstu.uz | Facebook | Instagram
🛎To‘lovni amalga oshirgan 1-kurs talabalari diqqatiga:

🔸 2021-2022 o‘quv yili uchun to‘lovni amalga oshirilgandan so‘ng siz quyidagi hujjatlarni 231-xonaga topshirishingiz lozim

🔹 Shartnoma 1 ta nusxasi (talaba tomonidan imzo qo‘yilgan bo‘lishi kerak)

🔹 kvitansiya nusxasi;

🔹 skorosshivatel - 1 ta

🔹 pasport nusxasi - 1 ta

📌 Eslatib o‘tamiz: Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarni 231-xonaga topshirganingizdan so‘ng sizni talabalikka qabul qilish bo‘yicha buyruq chiqariladi.


Telegram | tstu.uz | Facebook | Instagram
Press info

✍️“Визит делегации из Казанского федерального университета”
20 сентября 2021 года в Ташкентский государственный транспортный университет прибыли представители Елабужского института Казанского федерального университета, входящий в ТОП-500 лучших университетов мира.
Целью визита является реализация программ двойного диплома бакалавриата по направлению «Экономика и финансы организаций» между Казанским федеральным университетом и Ташкентским государственным транспортным университетом. После четырех лет обучения, проводимого как в Ташкенте, так и в Елабуге, выпускники получат дипломы двух вузов, что значительно увеличивает их шансы на рынке труда.
Для всех желающих подать документы по данной программе просим связаться с приемной комиссией университета (http://tstu.uz/?page_id=14898&lang=ru).
__

✍️"Visit of the delegation from the Kazan Federal University"
On September 20, 2021, representatives of the Yelabuga Institute of the Kazan Federal University, which is in the TOP-500 of the best universities in the world, arrived at the Tashkent State Transport University.
The purpose of the visit is to implement bachelor's double degree programs in the sphere of "Economics and Finance" between Kazan Federal University and Tashkent State Transport University. After four years of study, conducted in both Tashkent and Yelabuga, graduates will receive diplomas from two universities, which significantly increases their chances in the labor market.
For all those wishing to apply for this program, please contact the university admissions office (http://tstu.uz/?page_id=14901&lang=en).

Telegram | tstu.uz | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Интервью 24 | Устозлик шарафи ва масъулияти
#19sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ёмон ўқиган инженер тракторни бузади, ёмон ўқиган шифокор одамни ўлдиради — Шавкат Мирзиёев

Хоразмлик сайловчилар билан учрашувда Шавкат Мирзиёев тиббий таълим сифатидан мутлақо норози эканлигини айтди.

“Афсуски тиббиёт олийгоҳларидаги аҳвол қониқарли эмас. Фақат диплом учун ўқишади, 6-7 йил ўқиб чиқса ҳам, етарли тажриба ва билимга эга бўлмайди. Ҳатто оддий укол қилишни билмайди айримлари.

Энди унақа бўлмайди. Талабалар юқори курсга ўтганда, диплом олишидан аввал 1 йил қишлоқ врачлик пунктларига бориб, ишлайди. Иш ўрганади. Халққа хизмат қилади.

Ўқишни ҳам қийин қиламиз, фақат диплом учун ўқитадиган даврлар ўтди энди. Ўзингиз ўйланг, ёмон ўқиган инженер тракторни бузади, ёмон ўқиган шифокор эса одамни ўлдиради.

Тошкент тиббиёт академиясининг Урганч филиали мустақил олийгоҳга айлантирилади”, - деди Шавкат Мирзиёев.


👉 @xushnudbek 👈
#eʹlon

📣Professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar!
Universitet Kasaba uyushma qo‘mitasi 2021 yil 2-oktabr kuni Samarqand viloyatida joylashgan “Hazrati Dovud” ziyoratgohiga bir kunlik sayohat uyushtirilini ma'lum qiladi.
Ma'lumot uchun telefonlar: (+998) 71299 05 30; 71299 00 22.
#eʹlon

📣Professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar!
25 sentabr kuni "Ustoz va murabbiylar" kuniga bag‘ishlangan professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun telefonlar: (+998) 71299 03 05; 71299 06 53.
Xurmatli talabalar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar diqqatiga!!!

✍️ "Yangi O'zbekistonning iste'dodli yoshlari" ilmiy ishlar to'plamini yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan insholar tanlovi e'lon qilingan.

📎Taqdim qilinayotgan insholar joriy yilning 2-oktyabr kuniga qadar 214-xonaga taqdim etilishi so'raladi.

❗️ Tanlovga taqdim etiladigan insholarga qo'yiladigan talablar:
- Tanlovga taqdim etilayotgan insholar to'plamga doir fikr-mulohazalar asosida "MicrosoftWord" matn muharririda, .doc yoki .docx formatida, o'zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi so'raladi.
- Insho matni "Times New Roman" shriftida (kegel 12), satr oralig'i 1pt, yuqoridan, pastdan, o'ngdan va chapdan 2 sm hoshiya qoldiriladi, yangi satr xatboshi (abzas) 1 sm, matn sahifa kengligi bo'yicha tekislangan shaklda, hajmi 4-120 betdan oshmasligi talab etiladi.
🏆Tanlov g'oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Axborot-resurs markazi rasmiy sahifasi:
Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#кун_тарихи
Bugun 23-sentabr.🍥Saqichning tug‘ilgan kuni. 1848-yilda amerikalik Jon Kertis o‘z uyida birinchi saqichni ixtiro qilgan

Сегодня 23 сентября. День рождения жевательной резинки. В 1848 году из США Джон Кертис изобрел первую жевательную резинку в своем доме.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
Telegram | tstu.uz | Facebook | Instagram
#eʹlon

📣Iqtidorli va qiziquvchi talabalar!
Qurilish, arxitektura, landshaft dizayni, bino va inshootlar qurilishi sohalariga qiziquvchi barcha talabalarni tanlovga taklif qilamiz.
28 sentabrgacha davom etadigan tanlov haqidagi batafsil ma’lumotlarni Qurilish muhandisligi fakulteti dekanati (308 xona) yoki “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi”dan olishingiz mumkin.
Qurilish muhandisligi fakulteti talabalarining telegram kanali 👉@QurilishTDTU
ҲАМДАРДЛИК

Тошкент давлат транспорт университети доценти, техника фанлари номзоди Заирова Дилфуза Назировна орамизни тарк этди.

1964 йил 2 мартда туғилган Дилфуза Заирова Тошкент темир йўл муҳандислари институтини тамомлаб, бутун меҳнат фаолиятини транспорт таълими равнақига бағишлади.

2020 йилдан Тошкент давлат транспорт университети вагонлар ва вагон хўжалиги кафедраси доценти сифатида фаолият юритиб келаётган эди.

Дилфуза Назировна Заирова меҳрибон устоз, фидойи олим, илм-фан ва таълимнинг ҳақиқий жонкуяри сифатида доимо қалбларимизда мангу яшайди.

Тошкент давлат транспорт университети раҳбарияти ва кўп сонли жамоаси Дилфуза Назировна Заированинг оила аъзолари, яқинлари, шогирдларига чуқур ҳамдардлик изҳор қилади.
Forwarded from Odil Abduraxmanov
Prezident Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog‘istondan Xorazm viloyatiga ketayotib, dastlab Amudaryoda qurilayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi
Bu infratuzilmalarning samaradorligi juda yuqori. Masalan, Xorazm viloyati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi temir yo‘l masofasi 240 kilometrga, vaqti esa 6 soatga qisqaradi. Mahalliy yuk tashish hajmi yiliga 12 million tonnadan 25 million tonnaga oshadi. Shuningdek, xalqaro tranzitlar uchun ham qulaylik kengayadi. Avtomobillar harakati yaxshilanib, aholining uzog‘i yaqin bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Ўзбекистон ва Франция ўртасида авиация соҳасида кадрлар тайёрлаш бўйича битим имзоланди
#22sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#кун_тарихи
📌Bugun 24-sentabr-1852-yilda fransiyalik ixtirochi Anri Jiffar o‘zi yasagan dirijablda ilk parvozni amalga oshirdi

📌Сегодня 24 сентября 1852 года, французский изобретатель Анри Джиффар совершил свой первый полет на построенном им дирижабле.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
Telegram | tstu.uz | Facebook | Instagram
📣Doktoranturaga kvota tasdiqlandi

❗️Talab qilinadigan hujjatlar:
📎Tayanch doktoranturaga:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida uchta);
- yetakchi olimlardan birining ilmiy maslaxatchi sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi;
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

📎Doktoranturaga:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
– oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
– tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari.

🛎Xujjatlar e’lon chiqqan kundan boshlab joriy yilning 15 oktabrigacha http://phd.mininnovation.uz/ sayt orqali qabul qilinadi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Telegram | tstu.uz | Facebook | Instagram



Xujjatlar e’lon chiqqan kundan boshlab joriy yilning 15 oktabrigacha qabul qilinadi.
#Bu_qiziq
Dunyodagi eng uzun avtobus

"Autotram Extra-Grand"
nomli avtobus dunyodagi eng uzun avtobus hisoblanadi. Yo'lovchilarning sig'imi 256 kishi.
Avtobusning uzunligi 30 metr

🌠🌌Tuningiz osuda o'tsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
Telegram | tstu.uz | Facebook | Instagram