Transport universiteti | Qabul komissiyasi
3.94K subscribers
853 photos
142 videos
421 files
1.04K links
Тошкент давлат транспорт университети Кабул комиссияси
Приёмная комиссия Ташкентского государственного транспортного университета
📞call center:
☎️ +998712990191
加入频道
Forwarded from Xushnudbek.uz
Қайси банклардан таълим кредити олиш мумкин?

Молия вазирлиги талабалар учун таълим кредити ажратадиган тижорат банклари рўйхатини эълон қилди.

Унга кўра, ҳозирча талабалар юқоридаги 11 та тижорат банклари ва уларнинг филиалларига ариза орқали мурожаат қилган ҳолда кредит олиш мумкин.

Таълим кредитини олиш учун ушбу банкларнинг марказий офисига келиш шарт эмас, ўзингизга қулай бўлган исталган филиалларига боришингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek👈
#Qabul2021 #Imtiyoz
Xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari

📌 Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgan abituriyent mandat.dtm.uz saytining “Imtiyozli” bo‘limidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishi va imtiyoz doirasida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ko‘rsatiladi.

👩 Qayd etish kerakki, xotin-qizlar uchun beriladigan imtiyoz abituriyent qaysi oliy ta’lim muassasasiga topshirganidan qat’iy nazar uning doimiy ro‘yxatda turgan manzili asosida qo‘llaniladi va kunduzgi ta’lim shakli uchun o‘rinli hisoblanadi.

🧑‍🦽 Nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyoz esa har bir ta’lim shakli uchun oliy ta’lim muassasasi kesimida qo‘llaniladi.

❇️ Imtiyoz doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ham ishtirok etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

📆 Ma’lumki, talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bunda 2-smenada bo‘lib o‘tadigan test sinovlari 18:00 dan 21:00 ga qadar o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, talabgorlardan test sinovlariga 17:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

📌 Talabgorlar test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining transfer.dtm.uz saytidan yuklab olish mumkin.

Test sinovi bo‘yicha batafsil ma’lumot: https://yangx.top/dtmuzb/3886

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ўқишни кўчириш учун тест синовлари бошланди

Бугундан бутун республика бўйлаб ўқишини кўчириш истагида бўлган талабалар учун тест синовлари бошланди. Мазкур тест синовлари 25 август эрталабки сменагача давом этади.

Эслатиб ўтамиз, қуйидаги тоифадаги талабалар ўқишини кўчириш учун тест топширишлари белгиланган:

1️⃣ Хорижий ОТМлардан Ўзбекистондаги давлат ОТМларига кўчириш учун;

2️⃣ Ўзбекистондаги хорижий олийгоҳлар, уларнинг филиаллари ҳамда нодавлат-хусусий ОТМлардан давлат ОТМларига кўчириш учун.

Бир давлат ОТМидан бошқасига ёки бир ОТМ ичида бошқа йўналишга ўқишни кўчиришда имтиҳон олинмайди. Мос ва турдош йўналиш бўлса ҳамда узрли сабаб бор бўлса, базавий (оддий) контракт асосида кўчиради, узрли сабаб бўлмаса ёки йўналиш мос ва турдош бўлмаса, бир марта тўланадиган супер-контракт асосида кўчиради.


👉 @xushnudbek 👈
#Bilasizmi
O‘quvchi-talabalar uchun temir yoʻl chiptalariga chegirmalar beriladi

🔰Prezidentimiz farmoni asosida ayrim toifadagi fuqarolar, xususan, talabalar uchun Mustaqillik bayrami munosabati bilan dam olish (ishlanmaydigan) kunlar davrida ichki yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlari tarifiga chegirmalar taqdim etiladi.

❗️Unga koʻra, 1—4-sentabr kunlari temir yoʻl chiptalari uchun:

oliy oʻquv yurtlari, kollej va litsey talabalari, maktab oʻquvchilari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalariga – 15 foiz;

“Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga — 10 foiz chegirmalar beriladi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a'zo bo'ling!
tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram
#dolzarb
TTJ 1-kurs talabalariga ajratiladi

Universitet Talabalar turar joylaridagi o'rinlar soni cheklanganligi sababli 2021/2022 o'quv yilida 1-kurs talabalariga joylar ajratilishini ma'lum qilamiz.

Mavjud sharoitni hisobga olgan holda yuqori kurs talabalariga Toshkent shahrida yashash uchun qo'shimcha imkoniyatlar topish tavsiya etiladi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a'zo bo'ling!
tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram
Diqqat, muhim!!!

⚡️ Oliy ta'lim muassasalarida yangi oʻquv yili anʼanaviy (oflayn) shaklda boshlanadi

Rasman oliy taʼlim muassasalarida 2021/2022-oʻquv yili 6-sentabrdan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun anʼanaviy (oflayn) shaklda boshlanadi.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a'zo bo'ling!
tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram
Диққат, муҳим!

⚡️ Магистратура учун чет тилидан тест синовлари 28-29 август кунлари бўлади

📆 2021-2022-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига кириш имтиҳонларининг 2-босқичи, яъни, чет тили бўйича тест синовлари 2021 йил 28-29 август кунлари 3 сменада ўтказилади.

Тест синовлари:

1️⃣-сменада 08:00 дан 09:00 га қадар;
2️⃣-сменада 17:30 дан 18:30 га қадар;
3️⃣-сменада 20:00 дан 21:00 га қадар бўлиб ўтади.

Бунда талабгорларга рўйхатдан ўтиш вақтида ўзлари танлаган чет тили фанидан 30 та тест топшириғи берилади ва 1 соат вақт ажратилади.

📌 Чет тилидан максимал балл 50 баллни ташкил этади.

👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин.

Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан белгиланган вақтдан камида ярим соат олдин келишлари сўралади.

Тошкент давлат транспорт университети расмий телеграм каналига аъзо бўлинг 👉 https://yangx.top/tstu_official
#Qabul2021
⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

📚 Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirildi va 1-bosqich imtihonlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazildi.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Preziddentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarorida muvofiq 2-bosqich imtihonlari, ya’ni, chet tili fanidan test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Chet tili fanidan test sinovlari 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani magistr.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Bunda ruxsatnomalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Davlat test markaziga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari tomonidan mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonda necha ball olganidan qat’iy nazar ruxsatnoma chiqqan barcha talabgorlar test sinovlarida ishtirok eta oladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Magistratura_2021

⚡️Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar chet tili imtihonida qatnashishi mumkin

🔰 2021/2022-oʻquv yili qabulida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha oʻqishga kirish uchun magistr.edu.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtgan va birinchi bosqichda oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻtkazilgan mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlarida qatnashganlarga (toʻplagan balidan qatʼiy nazar) ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan chet tilidan test sinovlarida ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Magistratura_2021

⚡️Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar chet tili imtihonida qatnashishi mumkin

🔰 2021/2022-oʻquv yili qabulida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha oʻqishga kirish uchun magistr.edu.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtgan va birinchi bosqichda oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻtkazilgan mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlarida qatnashganlarga (toʻplagan balidan qatʼiy nazar) ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan chet tilidan test sinovlarida ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.

Toshkent davlat transport universiteti rasmiy telegram kanaliga a’zo bo‘ling 👉 https://yangx.top/tstu_official
#Magistratura_2021

SAVOL:
Men 2021-yil magistratura bosqichiga imitihon topshirdim va mutaxassislik fanidan 50 ball to‘pladim. Keyingi imitihonga kiritilamanmi yoki kiritilmaymanmi?

JAVOB:
Joriy o‘quv yili qabulida magistr. edu. uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan va OTM tomonidan o‘tkazilgan mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlarida qatnashganlarga (to‘plagan balidan qat’iy nazar) ikkinchi bosqichda DTM tomonidan o‘tkaziladigan chet tilidan test sinovlarida ishtirok etishlariga ruxsat etildi.

SAVOL:
Magistratura bosqichiga kirish uchun ingliz tili imtihonlari DTM tomonidan o‘tkazilishi aytilgan va bu haqida xabarnoma magistr. edu. uz saytiga shaxsiy kabinetimizga yuborilar ekan. Chaxsiy kabinetimni qaysi qismiga bu xabar kelishini bilmayapman, imtihondan qolib ketishdan havotirdaman. Iltimos buni aniqlab bering.

JAVOB:
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani DTMning magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar bugundan boshlab chet tili sinovidan o‘tadi.
E’tiborli bo‘ling va omad xamroxingiz bo‘lsin!

Toshkent davlat transport universiteti rasmiy telegram kanaliga a’zo bo‘ling 👉 https://yangx.top/tstu_official
#2021/2022o‘quv_yili
Тошкент давлат транспорт университети ўқув бинолари:

⚡️Миробод тумани Темирйўлчилар кўчаси 1-уй манзилида жойлашган -
Темир йўл билан боғлиқ таълим йўналишлари таҳсил олади;
https://maps.google.com/maps?q=41.276933,69.281342&ll=41.276933,69.281342&z=16

⚡️ Миробод тумани Сарикўл кўчаси 3-тупик 1-уйда жойлашган -
Автомобиль йўллари муҳандислиги факультети билан боғлиқ таълим йўналишлари таҳсил олади;
https://maps.google.com/maps?q=41.280438,69.284803&ll=41.280438,69.284803&z=16

⚡️Яшнобод тумани Тузель-1, Темирчи кўчаси 53-уй манзилида жойлашган
Автомобиль транспорти факультетининг таълим йўналишлари таҳсил олади;
https://maps.google.com/maps?q=41.301681,69.359029&ll=41.301681,69.359029&z=16

⚡️Шайхонтоҳур тумани Лабзак мавзеси, Лабзак кўчаси, 107-уй (мўлжал Алоқа коллежи рўпараси) манзилида жойлашган -
Авиация таълим йўналишлари таҳсил олади.
https://maps.google.com/maps?q=41.333240,69.263112&ll=41.333240,69.263112&z=16


Тошкент давлат транспорт университети расмий телеграм каналига аъзо бўлинг 👉 :https//t.me/tstu_official
DIQQAT!!!
💢Талабалар ва профессор-ўқитувчиларга қулайлик яратиш мақсадида факультет Telegram каналлари фаолият олиб бормоқда
.
Ушбу телеграм каналларида кўрсатиб ўтилган факультет масъулларининг бот канали орқали ўзингизни қизиқтирган саволлар, таълим ва таълимдан ташқари жараёнларда дуч келаётган муаммо ва камчиликлар юзасидан хабарларни матн, видео, фото ва аудио шаклда юбориш имкониятига эга бўласиз.
Telegram факультет янгиликлардан вақтида хабардор бўлиш имкониятини беради.
Факультет маъсулларининг Бот каналлари мурожаатларингизни тез ва осон йўллашга хизмат қилувчи Сизнинг виртуал ёрдамчингиздир!

🔊Университет таркибидаги факультетларнинг телеграм канали
манзиллари:

1️⃣Автомобиль транспорти мухандислиги факультети
👉https://yangx.top/joinchat/AAAAAFhWxylw4LYzSmQPWw

2️⃣Темир йўл транспорти муҳандислиги факультети
👉https://yangx.top/toshtymimex

3️⃣Электротехника ва компьютер муҳандислиги факультети
👉https://yangx.top/etkmf

4️⃣Иқтисодиёт факультети
👉https://yangx.top/iqtisodiyot_tdtu

5️⃣Қурилиш муҳандислиги факультети
👉https://yangx.top/QurilishTDTU

6️⃣Авиация трансопрти муҳандислиги факультети
👉https://yangx.top/Aviakosmik_Texnologiyalar

7️⃣Транспорт тизимлари бошқаруви факультети
👉https://yangx.top/ttb_online

8️⃣Автомобиль йўллари мухандислиги факультети
👉https://yangx.top/yol_muhandisligi_rasmiy

Тошкент давлат транспорт университети расмий телеграм каналига аъзо бўлинг 👉 https://yangx.top/tstu_official
#Qabul2021
⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tilidan birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 28-avgust kuni magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili fanidan o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 28-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ magistr.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz saytining “Magistratura-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“Magistratura-2021” bo‘limidan):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​📌 Tanlov natijalarini bilish usullari

2021-2022-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube