Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.23K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
加入频道
⚡️⚡️ YILNING ENG ORASTA QIZI ko'rik tanloviga start berildi.

🔸 Tanlovni orasta qizlardan kim boshlab berishi qura tashlash yo'li bilan aniqlab olindi.

👉 Tanlov ishtirokchi qizlari quyidagi nominatsiyalarda baholanadi.

🎤 Eng chiroyli nutq ;
👍 Eng mahoratli qiz ;
🎤 Eng sehrli ovoz sohibasi ;
👍 Eng epchil qiz .

🔸 Tanlov shartlari

1 - Tanishtiruv. 5 daqiqa vaqt beriladi.
2 - "Mening yaxshi ko'rgan adibim". 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
3 - "Onamga sovg'a". 15 - daqiqa vaqt beriladi.
4 - "Alla" qo'shig'ini kuylash.
5 - "Karving" san'ati. 20 daqiqa ajratiladi.

#mezon #shart #qura
@taqi_uz
Toshkent arxitektura-qurilishi institutida ochilgan "Qurilishda smeta ishi" kursining Smetachi 02 guruhi bitiruvchilariga sertifikatlar taqdim etildi!

#xabar #smeta #sertifikat
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
"QURILISHDA SMETA ISHI" KURSLARIGA TAKLIF ETAMIZ!

☝️ E'lon matnining ingliz va rus tilidagisi shu yerda: https://yangx.top/arxivxona/246

Telefon:
+998 (90) 901-99-96
+998 (97) 778-22-38

Е-mail:
[email protected]

#kurs #smeta
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
👑 Yilning eng ORASTA QIZI ko'rik tanlovi mutloq g'olibi deb Arxitektura fakulteti 6-18 guruh talabasi O'g'iloy Avazbekova munosib deb topildi hamda institut malikasi deya e'tirof etildi.

🔹 Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti 54-20 guruh talabasi Maftuna Mamadalieva "Eng epchil qiz" nominatsiyasi bo'yicha institutning faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.

⚡️ Qurilish boshqarish fakulteti 29-20 guruh talabasi Laziza Mirhamdamova "Eng mahoratli qiz" nominatsiyasiga sazovor bo'ldi.

🎤 Shuningdek Toshkent arxitektura-qurilish instituti akademik litsey 7-19 guruh talabasi Sabina Xaitova "Eng chiroyli nutq" sohibasi deya munosib ko'rildi.

#orasta #malika
@taqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Қурилиш_cоҳасидаги_қонунчилик

⚡️Шаҳарсозлик кодексининг 36-моддаси

❗️Шаҳарсозлик фаолияти соҳасидаги жамоатчилик назорати субъектлари ва уларнинг ҳуқуқлари хусусида

Web | Telegram | Facebook |Instagram | Youtube|
❗️Абитуриентлар учун ОТМларда сиртқи таълим шаклида қандай ўзгаришлар бўлади?

🔘 2021/2022 ўқув йилида:

🔸 Умумтаълим муассасаларида ишлаётган, олий педагогик маълумотга эга бўлмаган ўқитувчилар учун бакалавриатнинг сиртқи таълим шакли бўйича алоҳида мақсадли қабул параметрлари ажратилади.

🔸 Педагогика ва молия-иқтисод соҳаларидаги ОТМда “5520100 – Ижтимоий иш (фаолиятнинг турли соҳалари бўйича)” бакалавриат таълим йўналиши бўйича фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари учун сиртқи таълим шаклида кадрлар тайёрлаш тизими жорий этилади.

🔸 Юнус Ражабий номидаги Ўзбек миллий мусиқа санъати институтида махсус сиртқи таълим ташкил этилади.

🔸 Республика ОТМнинг “5321000-Озиқ-овқат технологияси (маҳсулотлар турлари бўйича)” ҳамда “5410500-Қишлоқ хўжалик маҳсулотларини сақлаш ва дастлабки ишлаш технологияси (маҳсулотлар турлари бўйича)” таълим йўналишлари бўйича бакалавриатнинг кундузги ва сиртқи таълим шаклларига ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрлари босқичма-босқич ошириб борилади.

@taqi_uz
⚡️ MAHALLADA BIR KUN

🔸TAQI Moliya iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Asatulla Irgashov hamda Arxitektura fakulteti professor-o‘qituvchilar hamkorligida Toshkent shahri, Yunusobod tumani "Yunusobod" mahallasiga tashrif tashkil etildi.

🔸Tashrif chog'ida kam ta’minlangan, nogiron va davolanishga muhtoj yoshlar aniqlandi va ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish boyicha aniq xulosaga kelindi.

🔸 Shundan so‘ng, mahalla raisi boshchiligida Ulkaobod 2-tor 4-uyda yashovchi Botir Mahamadalievning xonadonida bo'lib, buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan 17 yoshli bemorning onasiga institut tomonidan 1 million so‘m miqdorida yordam puli topshirildi.

🔸Bundan tashqari A.Temur 1-berk ko‘chasida yashovchi Abduqahhor Nazarovning holidan xabar olindi. Uning oilasida ayoli va 2 ta farzandi 2-guruh nogiron ekanligi aniqlandi. Yashash sharoiti bilan tanishildi hamda institut tomonidan ularning uyini ta’mirlashga yordam berish masalasi ko'rib chiqishga kelishildi.

@taqi_uz