Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi (Rasmiy kanal)🇺🇿
979 subscribers
12.4K photos
2.38K videos
21 files
3.54K links
Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali.

Ushbu kanalda Madaniyat boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va loyihalar, tizimdagi yangiliklar yoritib boriladi.
加入频道
Nazm va navo kechasi tashkil etildi

Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan Nazm va navo kechasi bo‘lib o‘tdi. Ijodiy kechada madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, soha mutaxassislari, mumtoz musiqa shinavandalari, institut jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan Navoiy va Bobur g'azallari asosida yaratilgan diltortar qo'shiqlar ijro etildi.
__

Была организована ночь Назм и Наво

Сегодня в Узбекском национальном институте музыкального искусства имени Юнус Раджаби прошла ночь Назм и Наво, посвященная 583-й годовщине со дня рождения Низoмиддин Мир Алишер Навои и 541-й годовщине со дня рождения Захириддин Мухаммад Бoбур. В творческом вечере приняли участие министр культуры Озодбек Назарбеков, специалисты отрасли, исполнители классической музыки, коллектив института и студенты.

На мероприятии преподаватели и студенты института исполнили популярные песни по мотивам газелей Навои и Бoбур.

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
#JARAYON

Ish kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshladi

2024-yil 7-fevral kuni Sherobod tuman 8-bolalar musiqa va san'at maktabi jamoasi ish kunini O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting
👉t.me/surxonmadaniyati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞Covid-19 haqidagi badiiy filmning tizeri

Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida “Yagona Cinema” studiyasi tomonidan yaratilgan “Pandemiya. Covid-19” badiiy filmining tizeri taqdim etildi.

Filmda 2020-2021-yillarda butun dunyoga, xususan O‘zbekiston aholisi hayotiga xavf solgan Covid-19 kasalligi va uning mamlakatdagi tibbiyot sohasiga ta’siri haqida hikoyat qiladi

Filmda bosh rolni Matyoqub Matchonov ijro etgan. Shuningdek, kartinada Tamara Mirmaqsudova, Aysanem Yusupova, Saidkomil Umarov, Farxod Abdullayev, Bahodir Musayevlar suratga tushgan.
__

🎞Тизер художественного фильма о Covid-19

Представлен тизер художественного фильма «Pandemiya. Covid-19», созданного студией «Yagona Cinema» совместно с Агентства кинематографии при Министерстве культуры и Министерством здравоохранения.

В фильме рассказывается о болезни Covid-19, которая угрожала жизни народа Узбекистана в 2020-2021 годах, и ее влиянии на медицинскую сферу страны.

Главную роль в фильме исполнил Матёкуб Матчонов. На картине также снялся Тамара Мирмаксудова, Айсанем Юсупова, Саидкомил Умаров, Фарход Абдуллаев, Бахадир Мусаев.

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Institutning bitiruvchi talabalari yotoqxonadan haydalayotgani iddao qilingan internetda tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugungi kunda institutda 2 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, ushbu talabalar turar joylarida kunduzgi taʼlim shaklida tahsil oluvchi 770 nafar talaba (shundan 513 nafari qizlar) istiqomat qilmoqda. Talabalar turar joyida yashovchilarning 97 nafari (shundan qizlar 63 nafar) 4-bosqich talabalari hisoblanadi.

Institutning 4-bosqich kunduzgi taʼlim shaklida tahsil oluvchi 632 nafar talabasi 5-fevraldan 11-mayga qadar bitiruv oldi amaliyot oʻtashi uchun Toshkent shahri va viloyatlarga yuborilgan. Bitiruv oldi amaliyotlarini oʻzlarining doimiy yashash manziliga yaqin boʻlgan hududlardagi madaniyat muassasalari, korxona va tashkilotlarga olgani bois 4-bosqich talabalaridan 42 nafari talabalar turar joyini boʻshatish xususida ogohlantirilgan.

Boʻshagan oʻrinlarga esa ijarada yashayotgan va ijara toʻlovlarini amalga oshirishda muammolarga duch kelayotgan talabalarni joylashtirish rejalashtirilgan. Bu har yili kuzatiladigan amaliyot boʻlib, barcha masalalar ixtiyoriylik asosida amalga oshirib kelinadi. Ayni paytda hech bir talaba majburan talabalar turar joyidan chiqarilmagan.

Shuningdek, tarmoqda tarqalgan xabarlarda talabalar turar joyida yashovchi 4-bosqich talabalari belgilangan toʻlovlarning hammasini joy-joyiga qoʻyib qoʻygani iddao qilingan. Aslida esa TTJda yashovchi 97 nafar 4-kurs talabasidan 16 nafari 2023-yil sentyabr oyi uchun, 23 nafari oktyabr oyi uchun, 46 nafari noyabr oyi uchun va 57 nafari dekabr oyi uchun belgilangan oylik toʻlovlarni umuman toʻlamagan. Yanvar oyi uchun belgilangan TTJ toʻlovlarini ham 79 nafar bitiruvchi kurs talabasi toʻlamagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib internet resurslari orqali tarqatilayotgan ayni mavzudagi xabarlar xaqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qilamiz.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

@madaniyat_uz
RASMLAR TANLOVI

2024-yilning 8-fevral kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining "Tasviriy san'at" bo'limi o'quvchilari o'rtasida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan maktab rasmlar tanlovi o'tkazildi. Ushbu tanlovda bo'limning barcha o'quvchilari faol ishtirok etishdi.

#Batavsil👉t.me/surxonmadaniyati
NAZM VA NAVO KECHASI

Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida so'z mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan nazm va navo kechasi bo'lib o'tdi. Tadbirda maktab o'qituvchi va o'quvchilari tomonidan Navoiy va Bobur qalamiga mansub g'azallar asosida yaratilgan dilnavo kuy va qo'shiqlar ijro etildi.

#Batavsil👉t.me/surxonmadaniyati