Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi (Rasmiy kanal)🇺🇿
979 subscribers
12.3K photos
2.37K videos
21 files
3.51K links
Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali.

Ushbu kanalda Madaniyat boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va loyihalar, tizimdagi yangiliklar yoritib boriladi.
加入频道
#Xizmat_safari
#Sirdaryo

⚡️ Kuni kecha madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Sirdaryo viloyatida bo'ldi.

Unda, viloyatdagi madaniyat va san'at sohasiga oid Qonun, qaror, farmon ijrosi, me'yoriy hujjatlar yuritilishi, raqamlashtirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ijro intizomi holati o'rganildi.

O'rganish yakunlari bo'yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

Ma'lumot uchun, viloyatda madaniyat va san'at sohasi yo'nalishida 72 ta madaniyat muassasalari, xususan, “O'zbekkonsert” davlat muassasasi viloyat bo'limi, O'zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo'linmasi, O'zbek milliy maqom san'ati markazining viloyat bo'limi, Ixtisoslashtirilgan san'at maktabi, 1 ta teatr (viloyat musiqali drama teatri), 15 ta bolalar musiqa va san'at maktabi, 11 ta madaniyat bo'limi, 35 ta madaniyat markazlari, 1 ta viloyat Ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi va uning 5 ta tuman va shahar filiallari faoliyat yuritib kelmoqda.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest

⚡️ O'tgan haftaning eng muhim voqealari hafta dayjestida

15-iyul kuni Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov raisligida yig'ilish bo'lib o'tdi va institut jamoasiga o'quv ishlari bo'yicha prorektori – rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan Eldor Shermanov tanishtirildi.

“Biz bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida ma'naviyat festivaliga start berildi.

15-iyul kuni Toshkent Xalqaro aeroportida Belarusda bo’lib o’tgan Slavyanskiy bazar - Vitebsk 2024 festivalining Gran-prisi bilan taqdirlangan Yasmina Husniddinova tantanali kutib olindi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vaziri Begisbay Temirbayev xizmat safari bilan Boshqirdiston Respublikasida bo'lib, Boshqirdiston Respublikasi madaniyat vaziri Amina Shafikova bilan uchrashdi.

16-iyul kuni Qirg'iz Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar vazirligi delegatsiyasi tantanali kutib olindi.

16-iyul kuni madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda vazirlikning tegishli markaziy apparati vakillari ishtirokida vakant lavozimlari uchun e'lon qilingan ochiq mustaqil tanlovning bosqichi suhbat o'tkazildi.

Madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Sirdaryo viloyatida bo'lib, madaniyat va san'at sohasiga oid Qonun, qaror, farmon ijrosi, me'yoriy hujjatlar yuritilishi, raqamlashtirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ijro intizomi holatini o'rgandi.

16-iyul kuni madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov Toshkent shahrida S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti (VGIK) filiali direktori lavozimiga tayinlangan Iqbol Meliqo‘ziyevni jamoaga tanishtirdi.

Gruziyaning Batumi shahrida o'tkazilgan “Golden Fleece” 2024 festivalida Toshkent shahar 8,11,17,26-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi o‘quvchilari Gran-pri hamda yuqori natijalar bilan taqdirlandi.

Madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo’ldi va xizmat safari davomidagi o'rganish yakunlari bo'yicha Avazxon Tadjixanov rahbarligida yig'ilish o'tkazildi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest

⚡️ O'tgan haftaning eng muhim voqealari hafta dayjestida

Madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatida bo’ldi va xizmat safari davomidagi o'rganish yakunlari bo'yicha Yusufjon Usmonov rahbarligida yig'ilish o'tkazildi.

Turkiyaning Kemer shahrida o'tkazilgan “Shoumir dom solnsa Tursiya” festivalida Toshkent shahar 3-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi o‘quvchisi Sharipova Sabina Gran-pri bilan taqdirlandi.

Madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Majidov boshchiligida ijro intizomi bo'yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Madaniyat vazirligida vazirlikning Ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limi hamda ijtimoiy tarmoq faollari hamkorlikda “Madaniyat to‘lqinlari” media loyihasi doirasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Madaniyat vaziri birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov Xiva shahrida bo'lib o'tgan Qirg'iz Respublikasi Prezidentining kutib olish jarayonidagi konsert dasturi tayyorgarlik jarayoniga boshchilik qildi.

19-iyul kuni O'zbekiston yozuvchilar uyushmasida “O'zbek-qirg'iz” ziyolilari ishtirokida davra suhbati, O'zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida “Qirg'iz kino kunlari”ning rasmiy ochilishi, "Qirg'iziston kinosi kunlari" doirasida “Darak iri” ("The song of the tree") filmining namoyishi, poytaxtning “Moviy gumbazlar” xiyobonida “Qirg'iz ovuli” nomli ko'rgazma va konsert dasturi namoyish etildi. Unda, O'zbekiston madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Avazxon Tadjixanov hamda Qirg'iziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o'rinbosari Timurlan Ajimaliyev ishtirok etdi.

20-iyul kuni O'zbekiston davlat konservatoriyasida Qirg'iz Respublikasi xalq artisti, kompozitor Murodbek Begaliyevning konserti, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida “Somonchining yo‘li” nomli spektakli namoyishi, poytaxtning “Moviy gumbazlar” xiyobonida “Qirg‘iz ovuli” nomli ko‘rgazma va konsert dasturi namoyish etildi. Unda, O'zbekiston madaniyat vaziri o'rinbosari Yusufjon Usmonov hamda Qirg'iziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o'rinbosari Timurlan Ajimaliyev ishtirok etdi.

Turg‘un Alimatov nomidagi respublika teletanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

21-iyul kuni bir guruh qirg’iz san’at ustalari Buxoroda tantanali kutib olindi.

20–23-iyul kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida “O’zbek kinosi kunlari” tadbirlari start oldi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chilla_isteʻdodlar_mavsumi

⚡️Surxondaryoning Termiz tumani markazida joylashgan “Marvarid” dam olish maskanida “Yoshlar birligi va bunyodkorligi uchun” shiori ostida Chilla – iste'dodlar mavsumi madaniy tadbirining rasmiy ochilishi hamda oshpazlar bellashuvi, tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmalari, zamonaviy liboslar namoyishi, sport musobaqalari, turli chiqishlar, galakonsert dasturi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov, Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarov, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i Shuhrat Normurodov hamda boshqa mutasaddilar, viloyat hududlaridan tashrif buyurgan yoshlar ishtirok etishdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Musiqa_jilosi

Termiz shahar madaniyat bo'limi ma'muriyati har bir kunning tongini a'lo kayfiyatda boshlab, ish yakuniga qadar atrofda yashovchilar va madaniyat bo'limi joylashgan manzildan piyoda harakatlanib o'tuvchilarga xush kayfiyat ulashish maqsadida "Musiqa jilosi" ohanglari og'ushida mumroz kuy-qo'shiq va klassik xonishlarni ovoz kuchaytirgich moslamalar orqali yangratib kelmoqda. Oltin fond va o'lmas xazinalardan o'rin olgan dilrabo ohanrlar inson bahri-dilini ochib, zavqu shavq ulashadi.


Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi matbuot xizmati

✍🏻 Kanalimizga_a'zo_bo'ling
🤗

#Batafsil👉t.me/surxonmadaniyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sharq_taronalari_2024

YUNESKO
shafeligida 25-30-avgust kunlari “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo'lib o'tadi.

"Sharq taronalari"
Markaziy Osiyodagi eng katta festivallardan biri sanaladi. Festival o‘tkazilishidan asosiy maqsad milliy musiqa san'atida erishilgan yutuqlarni keng ommaga tatbiq qilish, millatlarning madaniyat va an’analarini asrash va rivojlantirish, sozandalik va xonandalik yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.

1997-yilda tashkil etilib, ilk marotaba o'tkazilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida 31 ta davlatdan musiqiy guruhlar va ijrochilar tashrif buyurishgan bo'lsa 2019-yilda o‘tkazilgan XII "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 75 taga yetgan.

2024-yilning 25-30-avgust kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish uchun 100 dan ziyod mamlakatlarga mazkur festivalda ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborildi.

Bugunga kelib "Sharq taronalari" nafaqat O‘rta Osiyoda, balki jahon miqyosidagi mashhur festivallar qatoridan joy olib ulgurdi. Buning yorqin misolini yildan-yilga qatnashchilar va festivalda qatnashish istagini bildirayotgan davlatlar sonining oshishida, dastur saviyasining yuqorilab borayotganida ham ko‘rishimiz mumkin.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM