SURXONDARYO KADASTR
1.98K subscribers
19.9K photos
2.4K videos
22 files
11.8K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
加入频道
#Yer_nazorati

⚡️NAVBATDAGI HOLAT JARQO'RG'ON TUMANIDA

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Jarqo'rg'on tuman bo'limi inspektorlari tomonidan, tumanning "Yangiobod","Paxtazavod" mahallalari hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📑 Nazorat tadbiri davomida fuqarolar tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz davlat zahirasidagi 0.14 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, 193.0 kv.metrdan iborat uy-joy hamda poydevor (fundament) qurib olganligi holati aniqlandi.

📝Holat yuzasidan tuman inspektorlar tomonidan fuqarolarga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib,ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etishligi to'g'risida ogohlantirish xatlari berildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
Telegram Facebook Instagram YouTube
#yernazorati #huquq
⚡️Sug‘oriladigan yerni qonunga xilof ravishda sotish javobgarlikka sabab bo‘ladi


Qonunchilikka koʻra, sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish:

💠BHMning 400 baravaridan 500 baravarigacha (136 mln soʻmdan 170 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
💠muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
💠5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


‼️ Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook Instagram YouTube
#Yer_nazorati

Sariosiyo tumani Yer nazorati

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Sariosiyo tuman bo'limi inspektorlari tomonidan, tumanning "Gulobod" mahallasi hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📑 Nazorat tadbiri davomida fuqarolar tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz davlat zahirasidagi qishloq xo'jalik xaritasining 7q-dala konturidan 8 ta holatda 0.50 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi holati aniqlandi.

📝Holat yuzasidan tuman inspektorlar tomonidan fuqarolarga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ogohlantirish xatlari berildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
Telegram Facebook Instagram YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

◼️Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Abdiraxmanov hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘ i Sh.Suvonov ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 28-may, soat 10:00 da

📍 Manzil:
Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, Do‘stlik mahallasi, O‘zbekiston ko‘chasi, Madaniyat saroyi binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun +998 99 445 91 91 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Facebook Instagram YouTube
Kuni kecha, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va mas'ul tashkilot hodimlari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish Surxondaryo viloyati kengashining sayyor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish davomida,- Surxondaryo viloyat prokuraturasi bo'limi boshlig'i R.Ibragimov Korrupsion holatlar bo'yicha tahliliy ma'lumotlarni eshittirib, tizimning o'tkan davridagi korrupsiyaviy jinoyatlar bo'yicha;

- Surxondaryo viloyat IIB vakili ma'yor J.Nafasov Kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni tanqid qilib, ishlarni to'g'ri tashkillashtirish bo'yicha;

- Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i M.Abdiraxmanov barcha tuman (shahar) mas'ul hodimlarga yer nazorati tadbirlari muntazam ravishda olib borishda mansab vakolatini suv istemol qilmaslik va korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslikka davat etdi.

Telegram Facebook Instagram YouTube