SURXONDARYO KADASTR
1.98K subscribers
19.9K photos
2.4K videos
22 files
11.8K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
加入频道
#Navbatdagi _siyosiy-maʼrifat# soat

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalari xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashishmoqda. Zero siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik jamiyat rivojiga hissa qo‘shishda faol bo‘lishni taʼminlaydi.

💠Mazkur "Siyosiy - maʼrifiy soat" haftaning har juma kunida tashkil etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌟Kadastrda aksiya bo'larmush

Xalqimiz orasida bugungi kunda keng tarqalayotgan ushbu mish-mishlarga 📹 Milliy telekanalining Millar teleloyihasi orqali javob olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Termiz_tumani

⚖️ Yerning har bir qarichi hisobli

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan "Zamin Namuna Termiz" fermer xo'jaligiga tegishli bo'lgan yer maydonidan tumanning "Nurli diyor" MFYda yashovchi fuqaro Sh.A.R tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0.03 gektar yer maydonini egallab olib, 60.0 kv.metrdan iborat issiqxona binosi qurib olganligi holati aniqlangan.

♻️ Aniqlangan holat yuzasidan Termiz tuman inspektorlar tomonidan fuqaro Sh.A.R ga noqonuniy qurilmasiga nisbatan MJTKodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, ogohlantirish xati berildi.

🌎 Shundan so'ng, tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilgan qurilishlarini fuqaro Sh.A.R tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🏆🏆🏆

🌟Kadastr agentligi “Eng namunali vazirlik va idora”lar qatorida taqdirlandi

🫥 Joriy yilning 15-dekabr kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🟥 Tanlovning “Eng namunali tuman va shahar” yo‘nalishiga 14 ta shahar va tuman, “Eng namunali vazirlik va idora” yo‘nalishiga 23 ta vazirlik va idora qatnashdi.

🌟Kadastr agentligi tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi hamda 🪙12 mln 500 ming so‘m pul mukofoti hamda 4 mln so‘mlik book📚kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️

Murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 11-15 - dekabr kunlari jami 1 403 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

💿Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 27
💿Andijon viloyati - 51
💿Buxoro viloyati - 121
💿Samarqand viloyati - 102
💿Sirdaryo viloyati - 32
💿Surxondaryo viloyati - 136
💿Qashqadaryo viloyati - 119
💿Toshkent shahar - 167
💿Toshkent viloyati - 205
💿Navoiy viloyati - 58
💿Namangan viloyati - 31
💿Xorazm viloyati - 109
💿Jizzax viloyati - 58
💿Farg‘ona viloyati - 73
🌟Davlat kadastrlari palatasi - 114

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️ SAVOL: Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijara huquqi asosida kimlarga beriladi?

✍️ JAVOB: Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi:

1) qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;

2) tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga — qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun;

3) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun;

4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xo‘jaliklarini, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi belgilandi


🇺🇿 Hukumat qarori (660-son, 14.12.2023 y.) bilan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📃 Nizomga ko‘ra, davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxs (tashabbus ko‘rsatuvchi) tashabbusi asosida boshlanishi mumkin.

◼️Bunda tashabbus ko‘rsatuvchi bevosita Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga yoki uning hududiy boshqarmalariga (ijaraga beruvchiga):

▫️davlat mulkining tavsifi va joylashgan joyini;
▫️balansda saqlovchini (bunday ma’lumotlarga ega bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatgan holda taklifini yozma yoki elektron taqdim etadi.

◼️Takliflar shu kunning o‘zida ko‘rib chiqish uchun ijaraga beruvchiga yuboriladi.

Shunga ko‘ra, ijaraga beruvchi 2 kun muddatda balansda saqlovchiga davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha munosabat bildirish yuzasidan so‘rov yuboradi.

Ijaraga beruvchi balansda saqlovchining arizasi kelib tushgandan 2 kunda davlat mulkini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali onlayn-auksion savdosiga chiqaradi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/davlat-mulkini-ijaraga-berish-tartibi-belgilandi/

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash #Surxon_kadastr

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashishga chorlaydi.

⚖️ Siz Kadastr sohasi bilan bog'liq korrupsiya va tamagirlik holatlariga duch kelsangiz boshqarmalarning:
☎️ (90) 072-00-21 📞 (99) 677-00-78 raqamlariga murojaat qiling!

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook Instagram YouTube
#bilasizmi #kadastrxizmati #VM71

Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi ?

🔵
Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

🔵Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Facebook Instagram YouTube
HUQUQIY MA'LUMOT

⚖️ YER TUZISH LOYIHALARIDAN O'ZBOSHIMCHALIK BILAN CHETGA CHIQISHDA JAVOBGARLIK BORLIGIDAN XABARDORMISIZ ?

🛑 Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Yer tuzish loyihalaridan o'zboshimchalik bilan chetga chiqqan taqdirda 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 68-modda, 1-qismi bilan Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) barovari, mansabdor shaxslarga esa 5 (besh) barovarigacha jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️ Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
🫥Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid🫥

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va O‘.Xamrayevlar boshchiligida boshqarma xodimlariga Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha mas'uliyatini yanada oshirish hamda ichki mehnat tartib intizomi va boshqa masalalar to'g'risida yig'ilish bo'lib o'tdi.

🫥Sohada faoliyat yuritib kelayotgan tizimdagi barcha xodimalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha mas'uliyatini oshirish va individual tarzda Jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat davomida tamagirlik, poraxo'rlik, mansab vakolatini suistemol qilish kabi korrupsiya holatlariga yo'l qo'ymaslik, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilish, ijro intizomi hamda "Kasb odobnomasi" va "Odob axloq" qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik masalalarga alohida urgu berib o`tildi.

🫥Yig‘ilishda har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning oilasini ham yemirishi mumkinligi taʼkidlandi

🫥Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM