SURXONDARYO KADASTR
1.98K subscribers
19.9K photos
2.4K videos
22 files
11.8K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
加入频道
​​11 yanvar “Хalqaro rahmat kuni”

🔰Avvaldan xushmuomalalik odob-axloqning ahamiyatlik jihatlaridan biri bo‘lib sanalgan, muomala madaniyatni kundalik hayotda ishlatish qanday pozitiv natijalar berishini hamma yaxshi biladi. Garchi hozirda bizlar o‘zimizning minnatdorchiligimizni ma'nosiga ahamiyat bildirmasak ham, ushbu gaplar biz uchun tasodifan va oddiy holga aylanib qolgan.

🔰Minnatdorchilik so‘zlari sehrli ta'sirga ega, chunki ularning yordamida odamlar ijobiy his-tuyg‘ular, quvonch va bir-birlariga mehr yetqazishadi. Shu sababdan psixologlar iloji boricha yuzda tabassum qilgan holda tez-tez samimiy minnatdorchilikni aytishni tavsiya etishadi.

🔰Butunjahon minnatdorchilik kuni YUNESKO va BMT tashabbusi bilan sayyora aholisiga xushmuomalalik, va o‘zgalarning hayrli ishlari uchun minnatdorchilik bildirish qobiliyatini eslatishni o‘ziga maqsad qilgan.

🔰Yilning eng “minnatdor” kunini ko‘pchilik katta zavq bilan nishonlaydilar. Butunjahon rahmat kuni arafasida turli davlatlarda yaramarkalar, ma'rifiy tadbirlar, tanlovlar va boshqa ko‘ngil ochar dasturlar o‘tqaziladi.

🔰Butunjahon rahmat kuni juda yosh bayram bo‘lishiga qaramasdan, u allaqachon dunyodagi ko‘plab odamlar nishonlaydigan bayram turlariga kirib ulgurgan. Dunyo bo‘ylab ushbu bayramni hamma har bir kishi mustaqil usulda nishonlaydi, masalan kimdir ushbu kuni bo‘lib o‘tadigan fleshmoblarga qo‘shilsa, kimdir faqat qarindoshlariga minnatdorchilik bildirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslikka harakat qiladi.

🔰Unutmangki, minnatdorchilik so‘zlari sehrli xususiyatlarga ega - ularning yordami bilan odamlar bir-birlariga quvonch bag‘ishlaydilar, e'tiborni bildiradilar va ijobiy his-tuyg‘ularni yetkazadilar, ularsiz bizning hayotimiz mayus va qayg‘uli bo‘lgan bo‘lar edi.

🔰Shuning uchun, iltifotli va iliq so‘zlaringizni yaqinlaringizdan ayamang, bu kuni Sizga yaqin bo‘lganlarga va o‘zingiz sevgan hamda qadrlaydigan insonlarga minnatdorchiligingizni bildiring.

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
#Surxondaryo #Qiziriq #yer_nazorati

♻️Kadastr agentligi Qiziriq tuman bo'limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumanning Qiziriq massivi hududida joylashgan Surxon Cotton textile MCHJga qarashli bo`lgan qishloq xo'jalik xaritasining 1231-dala konturidagi 0.65 gektar yer maydoniga Istiqlol mahallasida yashovchi fuqaro S.Ro`ziyev tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olinib tomorqa sifatida foydalanib kelayotganligi holati aniqlandi.

📝 Ushbu holat bo'yicha Kadastr agentligi Qiziriq tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan fuqaroga 15 kunlik muddatda ushbu holatni o'z ixtiyori bilan bartaraf etishi ushbu belgilangan muddatda ixtiyoriy bartaraf etilmasa tegishli tartibda ma'muriy javobgarlikka tortilishi yuzasidan rasmiy ogohlantirish xati berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Ayni paytda ushbu holat fuqaro tomonidan bartaraf etilib MCHJ hisobiga qaytarildi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
Surxondaryoda auksion orqali qariyb 6 mlrd soʻmlik yer maydonlari sotildi

💢2021-yil
mobaynida 6 719 ta (200 ga) boʻsh yer uchastkasi aniqlanib, vakolatli idoralar bilan kelishish uchun “Yerelektron” dasturiga kiritildi.

Shuningdek, “Yerelektron” dasturiga kiritilgan 6 719 ta boʻsh yer uchastkasidan 2 319 tasi auksionga chiqarildi hamda 549 tasi (33 ga)
5 mlrd 537 mln soʻmga
fuqaro va tadbirkorlar tomonidan sotib olindi.

♻️2022-yil 11-yanvar holatiga auksion savdo maydonchalarida sotuvda boʻlgan boʻsh yer uchastkasi soni 3 012 ta (103 ga)ni tashkil etadi.

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
▫️Davlat xizmatlari markazlaridagi kadastr xizmatlari▫️

Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibi bilan tanishing:

🔹Xizmat ko‘rsatish muddati: 1 ish kuni

#DavKadastrPalata #davlat_xizmatlari_markazi #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
⚡️Ҳурматли журналистлар ва блогерлар!

Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги Сурхондарё вилоят ҳудудий бошқармаси, Давлат активларини бошқариш агентлиги Сурхондарё вилоят худудий бошқармаси ҳамда Кадастр агентлигининг Давлат кадастрлари палатаси Сурхондарё вилоят бошқармаси, ҳамкорлигида матбуот анжумани бўлиб ўтади.

📍 Манзил: Вилоят Матбуот уйи

🕗 Бошланиш вақти : 12.01.2022 йил соат 10:00

Мавзу: "Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 15 ноябрдаги "Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш туғрисида" 728-сонли қонуни мазмун-моҳиятини тўғрисида

🔰 Ушбу матбуот анжуманига журналист ва блогерларни таклиф этамиз.

🇺🇿Бизларни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг :
Telegram Instagram YouTube Facebook
KUN HIKMATI
Astoydil urunsangiz imkonsiz tuyulgan ishlarni ham uddalaysiz. Bu esa sizning eng katta muvaffaqiyatingizdir.
🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
#Surxondaryo #kadastr #yer_nazorati

♻️Kadastr agentligi Sherobod tuman bo`limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumanning Ko`hitang massivi hududida joylashgan Ko`hitang yaylov ishlab chiqarish kooperativiga qarashli bo`lgan qishloq xo'jalik xaritasining 1560bq-dala konturidagi 0.20 gektar yaylov yer maydoniga Chorbog` mahallasida yashovchi fuqaro I.Ishmatov tomonidan o`zboshimchalik bilan egallab olinib 4 xonali uy-joy qurish maqsadida poydevor (fundament) quyganligi holati aniqlandi.

📝 Ushbu holat bo`yicha Kadastr agentligi Sherobod tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan fuqaroga 15 kunlik muddatda ushbu holatni o`z ixtiyori bilan bartaraf etishi ushbu belgilangan muddatda ixtiyoriy bartaraf etilmasa tegishli tartibda ma'muriy javobgarlikka tortilishi yuzasidan rasmiy ogohlantirish xati berilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda bartaraf etish yuzasidan izchil choralar ko'rilmoqda.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
▫️Davlat xizmatlari markazlaridagi kadastr xizmatlari▫️

O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro'yhatidan o'tkazish tartibi bilan tanishing:

🔹Xizmat ko‘rsatish muddati: 2 ish kuni

#DavKadastrPalata #davlat_xizmatlari_markazi #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Kadastr test savollarida faol ishtirok eting.

Surxondaryo viloyatida nechta tuman va nechta shahar mavjud??
Anonymous Quiz
45%
14 ta tuman 2 ta shahar
7%
15 ta tuman 2 ta shahar
14%
13 ta tuman 1 ta shahar
34%
14 ta tuman 1 ta shahar
Ayni damda Surxondaryo viloyati Matbuot uyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda Matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzu: "O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 15 noyabrdagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida" 728-sonli qonuni mazmun-mohiyati" yuzasidan

● Spikerlar:

Qaxramon Mamatqulov
– - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi birinchi o‘rinbosari

Faxriddin Ashurov– Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi o`rinbosari

Yo`ldosh Nomozov – Bo`sh turgan ob`yektlardan samarali foydalanish markazi boshlig`i

Qatnashchilar:
Dildora Vohidova-
"Surxon tongi" gazetasi muhbiri.
Mavluda Raxmonova- "Termiz oqshomi" gazetasi muhbiri.
Shuhrat Shukurov- "Xalq yo`li" gazetasi muhbiri.
“DIYOR-24” sayti va bir qancha blogerlar qatnashmoqdalar.
http://yangx.top/surxonkadastr