SURXONDARYO KADASTR
1.98K subscribers
19.9K photos
2.4K videos
22 files
11.8K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
加入频道
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️Xotin-qizlar kuni va Navro‘z munosabati bilan necha kun dam olinadi?

➡️8-mart (shanba) — Xotin-qizlar kuni;
➡️9-mart (yakshanba) — dam olish kuni;
➡️10-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
➡️21-mart (juma) — Navro‘z bayrami;
➡️22-mart (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
➡️23-mart (yakshanba) — dam olish kuni.

🔖Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.


#Kadastr_agentligi #Bayram_kunlari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌳Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida xabardormisiz

💻 Uyingizdan chiqmagan holda kadastr xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin

🫂 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Yuridik va jismoniy shaxslar

1️⃣ Arizachi YIDXP (my.gov.uz)da ro'yxatdan o'tadi, ariza shaklini to'ldiradi va vakolatli organga yuboradi

2️⃣ Arizaga ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat ilova qilinadi 📄

3️⃣ 🕒Vakolatli organ ko‘p yillik dov-daraxtlarning kadastr pasportini 5 ish kunida, ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini 2 ish kunida amalga oshiradi.

💲 Xizmat narxi:

BHMning 1 baravari va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun BHMning 7 foizi

💻 Xizmatdan foydalanish

#Surxonkadastri #Kadastr_xizmatlari
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos #Qonun_997

DA’VO ARIZASIGA ILOVA QILINADIGAN HUJJATLAR

💠O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:

1️⃣) qonunchilik talablari buzilganligi to‘g‘risida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma;

2️⃣) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to‘g‘risidagi ogohlantirishi;

3️⃣) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

4️⃣) huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi hujjat.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda aholi manfaatlari yo'lidagi sayu harakatlar davom etmoqda jumladan Jarqo'rg'on tumani misolida.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman,shahar filial xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida  kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

📍 Jumladan, boshqarmaning Jarqo‘rg‘on tumani filiali mutaxassislari “Mehnatobod”, “Yangiobod” hamda “Surxon sohili” mahallalarida bo‘lib, aholi va tadbirkorlarning kadastrga oid masalalarini o‘rgandilar. Murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.

◾️Surxondaryo viloyatida kadastr yo‘nalishida aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

#Kadastr#aholi_manfaatlari_yo‘lida#Jarqo‘rg‘on

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA
▪️YERGA OID HUQUQBUZARLIKLARNI BARTARAF QILISH MEXANIZMLARI TAKOMILLASHTIRILDI▪️

💰 Mavzuga doir to'liq ma'lumotlarni "Asrnew.uz" rasmiy telegram kanalida hamda saytlari orqali o'qishingiz mumkin.

📍BATAFSIL

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar:

🔵 yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda;

🔵 yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda;

🔵 qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda;

🔵 yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;

🔵 yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;

🔵 vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;

🔵 davlat yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko‘rsatganlikda;

🔵 yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda;

🔵 yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazishning belgilangan tartibini buzganlikda;

🔵 sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaganlikda.

#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA
🤔 "SURXON TONGI" gazetasining 2025 yil 12-mart 11-sonida
⭐️Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan "KADASTR YIG‘MAJILDLARI XAVFSIZ VA ISHONCHLI SAQLANADI " nomli maqolasi chop etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda aholi manfaatlari yo'lidagi sayu harakatlar davom etmoqda jumladan Jarqo'rg'on tumani misolida.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman,shahar filial xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida  kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

📍 Jumladan, boshqarmaning Qiziriq tumani filiali mutaxassislari Rabatak”,“ Bog'iston”, “ZarabothamdaYangi hayot mahallalarida bo‘lib, aholi va tadbirkorlarning kadastrga oid masalalarini o‘rgandilar. Murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.

◾️Surxondaryo viloyatida kadastr yo‘nalishida aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

#Kadastr#aholi_manfaatlari_yo‘lida#Jarqo‘rg‘on

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM