SURXONDARYO KADASTR
1.98K subscribers
19.9K photos
2.4K videos
22 files
11.8K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
加入频道
HUQUQIY MA'LUMOT

⚖️ YER TUZISH LOYIHALARIDAN O'ZBOSHIMCHALIK BILAN CHETGA CHIQISHDA JAVOBGARLIK BORLIGIDAN XABARDORMISIZ ?

🛑 Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Yer tuzish loyihalaridan o'zboshimchalik bilan chetga chiqqan taqdirda 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 68-modda, 1-qismi bilan Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) barovari, mansabdor shaxslarga esa 5 (besh) barovarigacha jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️ Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
YER NAZORATI TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

📐 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sho'rchi tuman bo‘limi
inspektorlari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan Yo'llardan foydalanish unitar korxonasiga tegishli bo'lgan yer maydonidan tumanning Navro'z mahallasida yashovchi fuqaro A.B tomonidan 24.0 kv.metrdan iborat yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy ravishda Muzqaymoq va shashlikxona binolari qurib olganligi holati aniqlandi.

📎 Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi bilan maʼmuriy jarima qarori qabul qilinib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha ogohlantirish xati berilgan.

📕 Shundan so'ng, tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilmalar fuqaro A.B tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DXM dagi xizmatlarimiz


🫥 Ko'chmas mulk tarixi haqida ma’lumotnoma berish  tartibi qanday amalga oshiriladi?

🌱 Siz  onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz mumkin.

◼️Ko'chmas mulk tarixi haqida ma’lumotnoma Ko'chmas mulk tarixi haqidagi ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

💠 Amaldagi huquq turi,  kadastr raqami, umumiy maydoni,  qurilish osti maydoni, qurilgan yili, yer uchastkasining huquqni belgilovchi hujjatlarining shakli, kim tomonidan berilganligi, sanasi, raqami, bino va inshootlarning huquqni belgilovchi hujjatlarining shakli, kim tomonidan berilganligi, sanasi, raqami, avvalgi huquq turi, cheklanish mavjudligi.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmatlari

⚡️Ko'chmas mulk tarixi haqida ma'lumot olish⚡️

Bu qanday ishlaydi


1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Shakllangan invoys bo‘yicha to‘lov amalga oshiriladi;

3️⃣ Vakolatli organ tomonidan tayyorlangan QR-kodli ma’lumotnoma yuklab olinadi.

🫂 Xizmatdan foydalanuvchilar
Jismoniy va yuridik shaxslar

Xizmatni ko'rsatish muddati
3 ish kuni davomida

🪙 Xizmat narxi
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 148500 so'm (0.45 BHM)

➡️ Xizmatdan foydalanish - https://my.gov.uz/oz/service/893

Kanalga ulanish: https://yangx.top/surxonkadastr
🇺🇿Bayroq insoniyat tarixini aks ettiradigan o‘ziga xos ramzlardan biridir. Zero milliy bayrog‘imiz mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro miqiyosda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

🌀Bugun Yangi O‘zbekistonni porlayotgan quyoshga qiyoslasak, undan taralayotgan ilmu ziyo nuri ko‘hna zaminga merosdir. Davlatimiz bayrog‘i xalqimizning irodasini toblab, elni ezgulik, ulug‘ va buyuk maqsadlar sari birlashtirib xalqimizga ruhiy quvvat beradi. Milliy bayrog‘imiz juda chiroyli unda ulug‘vorlik, ezgulik, tariximiz aks etadi.

♻️“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kunga 32 yilligi munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab aholi vakillari ishtirokida “MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!”, “SHUHRATING PORLASIN TOKI BOR JAHON!” shiori ostida o‘tkazilayotgan o‘ziga xos xeshtegda
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

KADASTR TIZIMIDA KORRUPSIYA BORMI?!

♻️Kadastr hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirish borasida to‘laqonli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lmaganlar mavjud. Tabiiy-ki, sodda insonlarni aldash, chuv tushirish ilinjida bo‘lgan firibgarlar, ularni o‘z tuzog‘iga ilintirishlari oson. Aldov yo‘liga o‘tib, “kadastr xodimiman” deb, tanishtirish holatlari ham bor. Ishi oson bitishini xohlaganlar esa aldanib, katta miqdordagi pullarni berib yuborishganini bilmay qolishadi.

♻️Tushunib-tushunmay kadastr xodimlarini aybdorga chiqarishadi. Aslida, qonunbuzarlikka, korrupsiyaga qo‘l urganlar boshqa.

ALDANIB QOLMANG!
Kadastr tizimida bunday qing‘irlikka yo‘l qo‘yilmaydi!


Kanalga ulanish: https://yangx.top/surxonkadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Nozimjon Inamov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil, 23-noyabr, soat 11:00 da

⬇️ Manzil:Sherobod tumani, Qo'rg'on mahallasi, Mustaqillik ko'chasi, 126-uy, Madaniyat markazi binosi

📱 Qabulga yozilish uchun (55) 451-22-19 va (91) 165-70-17 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 7-13-noyabr, 2023-yil

⚖️ Jami: 155 tа

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yashil_makon
KO‘CHAT EKIB, BOG‘ YARATAYLIK!

🔷 Yurtboshimizning topshirig‘iga ko‘ra “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil 25-oktabrdan - 1-dekabriga qadar “Kuzgi ko‘chat ekish mavsumi” e’lon qilingan edi.

🌱 Mazkur loyihada Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari tizimidagi xodimlar ham faol ishtirok etib, yurtimizning yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube