⚡️Токио-2020. Navbatdagi oltin medal muborak!
Мedallarimiz soni 19 taga yetdi:
+58 kg Guljanoy Naimova braziliyalik raqibini 8:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi!
👉@qarduuz 👈

Forwarded from Edu.uz
⚡️DIQQAT! MUHIM EʼLON!!!
🔰 2021/2022-oʻquv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun OTMda 6-sentabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13-sentabrdan e’tiboran oʻquv rejaga muvofiq dars mashgʻulotlari boshlanadi.
✔️ Maʼlumki, yangi oʻquv yilidan boshlab barcha oliy taʼlim muassasalarining birinchi kurs talabalari uchun oʻquv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi.
🔸Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, oʻquv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.
🔹Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, respublikaning boshqa hududlarida boʻlgan talabalarning oliy taʼlim muassasasiga yetib kelishi, turar-joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi.
🔺Yuqori kurs (birinchi kursdan tashqari) talabalari uchun esa dars mashgʻulotlari umumiy tartibda 6-sentabrdan boshlanadi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

⭕️#Tokio_2020
⚡️Biz uchun Paralimpiya o'yinlari yakunlandi!
🔰Vakillarimiz 8 ta 🥇oltin 5 ta 🥈kumush va 6 ta 🥉bronzani qo'lga kiritishdi.
💥Umumiy hisobda medallar jamg'arish bo'yicha ayni paytda 16-o'rinda bormoqdamiz.
❇️Matonatli Sportchilarimizga munosib ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz.
🇺🇿Siz O'zbekiston faxrisiz!

#Кун_ҳикмати
🔰Хотиржам бўлиш – ҳазилакам гап эмас, бу – деярли бахтли бўлиш демакдир.
Гюстав Флобер
👉@qarduuz👈
🔰Хотиржам бўлиш – ҳазилакам гап эмас, бу – деярли бахтли бўлиш демакдир.
Гюстав Флобер
👉@qarduuz👈
Forwarded from Edu.uz
#So'ragan_edingiz
❓119-SAVOL:
Mandat chiqdi. Ammo men oʻqishga kirolmabman. Endi nima qilsam boʻladi? Men oʻqishni juda xohlayman. Iltimos menga maslahat bering.
✅ JAVOB:
Hukumatimiz tomonidan yoshlarning, xususan talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarning taʼlim olish va bandligini taʼminlash uchun bir qator imkoniyatlar yaratib berilgan. Xususan, abituriyent:
1️⃣ tanlagan taʼlim yoʻnalishlaridan biriga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilishi (bunda, belgilangan mezonlarga mos kelgan talabgor OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishi zarur);
2️⃣ OTMda mavjud qoʻshma taʼlim dasturlariga hujjat topshirib, oliy taʼlim olishi (hujjatlar qabuli davom etmoqda);
3️⃣ kollej va texnikumlarga hujjat topshirib, kasb va mutaxassisliklarni egallashlari (bunda, dual taʼlim asosida ham oʻqib, ham ishlashi) mumkin:
👉 Kollejlar uchun elektron platforma — https://kollej.edu.uz.
✔️Abituriyentlar uchun 176 ta kollejda jami 170 dan ortiq kasblar va mutaxassisliklar mavjud.
👉 Texnikumlar uchun elektron platforma — www.texnikum.edu.uz.
✔️Abituriyentlar uchun 197 ta texnikumda jami 138 dan ortiq mutaxassisliklar mavjud.
➡️ Kollej va texnikumlarga onlayn hujjat topshirish 10-sentabrga qadar davom etadi.
➡️ Qoʻshma taʼlim dasturlariga hujjat topshirish boʻyicha oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlari orqali maʼlumot olish mumkin.
👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar

DIQQAT! MUHIM EʼLON!
Test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellatsiya arizalarini berish tartibi maʼlum boʻldi.
🔰 Unga koʻra, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar bugun, 5-sentabr soat 09:00 dan boshlab apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi.
🔚 Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar 10 kunda davomida onlayn qabul qilinadi.
✔️ Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan abituriyent dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.
🖥 Agar abituriyent haqiqatdan ham test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.
🔖 Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.
📋 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
❗️Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.
📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish apellatsiya komissiyasi tomonidan 2021-yil 7-sentabrdan boshlanadi.
❕ Izoh: apellatsiya.dtm.uz saytida uchta bo‘lim mavjud bo‘lib, magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining chet tili fani va xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha apellatsiya arizalari mazkur imtihonlarning yakuniy natijalar e’lon qilingandan so‘ng ishga tushiriladi.
_______
Kanalga ulanish 👇
https://yangx.top/joinchat/Rfn4C07nmVy_NS2j

#Magistratura_2021
Bugun obunachilarimizdan kelgan eng ko'p savol
❓Bugun magistratura javoblari chiqishi haqida xabar qo'yildi. Natijalarni qaysi saytdan bilsak bo'ladi?
✅ JAVOB:
Magistratura mutaxassisliklari bo'yicha natijalarni https://mandat.dtm.uz/ saytida ID raqamingizni kiritish orqali bilishingiz mumkin.
_________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bugun obunachilarimizdan kelgan eng ko'p savol
❓Bugun magistratura javoblari chiqishi haqida xabar qo'yildi. Natijalarni qaysi saytdan bilsak bo'ladi?
✅ JAVOB:
Magistratura mutaxassisliklari bo'yicha natijalarni https://mandat.dtm.uz/ saytida ID raqamingizni kiritish orqali bilishingiz mumkin.
_________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Murojaat
Farzandini xorijga oʻqishga yubormoqchi boʻlgan ota-onalar diqqatiga!
Soʻnggi vaqtlarda respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga topshirib, kirolmagan farzandini keyingi yil Oʻzbekistonga “perevod” qilish ilinjida (yoki oʻzi) xorijga oʻqishga yubormoqchi boʻlgan ota-onalar koʻp uchramoqda.
Maʼlumki, joriy yil 15-iyuldan boshlab talabalar oʻqishini koʻchirish boʻyicha bir qator yangi tartiblar joriy qilindi, jumladan, endilikda oʻqishini xorijiy mamlakatlardan davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirishga ruxsat etilmasligi hamda mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlarga koʻchirishda esa Davlat test markazi tomonidan test va oliy taʼlim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilishi belgilandi.
Shuningdek, keyingi yillardan boshlab test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻyicha oʻtish ballari joriy oʻquv yilida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻtish ballariga mos ravishda tenglashtirilishi koʻzda tutilmoqda.
Shu oʻrinda, Hukumatimiz tomonidan yoshlarning, xususan, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarning oliy taʼlim olish va bandligini taʼminlash uchun bir qator imkoniyatlar yaratib berilayotganini alohida qayd etish lozim.
Xususan, soʻnggi 5 yilda oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish boʻyicha xorijiy OTM bilan hamkorlikda 58 ta respublika oliygohlarida ikki tomonlama davlat namunasidagi diplomlar berish koʻzda tutilgan qoʻshma taʼlim dasturlari joriy etildi.
Mazkur qoʻshma taʼlim dasturlarining bir qator afzalliklari mavjud boʻlib, jumladan:
✔️ ishonchliligi (yaʼni, mazkur qoʻshma taʼlim dasturlari davlat OTM bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilganligi);
✔️ talabalar oʻquv jarayonining bir qismini xorijiy OTMda amalga oshirishi;
✔️ dars mashgʻulotlarining xorijiy malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilishi;
✔️ bitiruvchilarning 2 ta, xususan, respublika va xorijda tan olinadigan diplomga ega boʻlishlari;
✔️ taʼlim jarayoni xorijiy OTM tomonidan tayyorlangan oʻquv rejalari, fan dasturlari, oʻquv materiallari asosida olib borilishi;
✔️ shuningdek, kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllarining mavjudligini alohida koʻrsatib oʻtish lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hamda farzandini xorijga oʻqishga yubormoqchi boʻlgan ota-onalarga murojaat qilib, yurtimizda mavjud OTM bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan qoʻshma taʼlim dasturlarida oliy taʼlim olishlarini tavsiya etadi.

❗️Диққат
✅ “Темир дафтар”га киритилган оилаларнинг давлат ОТМларида таълим олаётган фарзандларига 2021/2022 ўқув йилида биринчи ўқув йили учун тўлов-контрактнинг тўлиқ суммаси қоплаб берилади.
👉@qarduuz👈
✅ “Темир дафтар”га киритилган оилаларнинг давлат ОТМларида таълим олаётган фарзандларига 2021/2022 ўқув йилида биринчи ўқув йили учун тўлов-контрактнинг тўлиқ суммаси қоплаб берилади.
👉@qarduuz👈
Forwarded from Edu.uz
⚡️ Rasman magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari eʼlon qilindi
📌 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.
✅ Imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin.
1️⃣ magistr.dtm.uz sayti orqali:
magistr.dtm.uz saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:
mandat.dtm.uz saytining “Magistratura-2021” bo‘limidan talabgorning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (talabgorning ID raqamini yuborgan holda):
👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot
4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

✍🏻Шаҳрисабз шаҳрида Қарши давлат университети педагогика институтининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди
💥Маросим аввалида давлатимиз мадҳияси янгради.
Сўнг, Шаҳрисабз шаҳар ҳокими Акром Сулаймонов, Олий таълим муассасаси масъуллари ҳамда жамоатчилик вакиллари анъанага кўра лентани кесиб, олийгоҳда ёшларга яратиб берилган шарт-шароитлар билан танишдилар.
📌Очилиш маросимида олийгоҳ директори, физика математика фанлари номзоди, Абдуқаҳҳор Ғаниев сўзга чиқиб, институтнинг ташкил этилиши юртимизда Президентимиз томонидан таълим тизими, хусусан Олий таълим соҳасида олиб борилаётган ислоҳотларнинг бир қатраси эканини таъкидлади.
❇️Шунингдек, Шаҳрисабз шаҳар ҳокими Акром Сулаймонов, Қарши давлат университетининг илмий ишлар ва инновациялар бўйича проректори Нодир Холмирзаев, меҳнат фахрийси Элмурод Боймуродов, талаба Зуҳра Ярашева, ота-оналар номидан Қорақалпоғистон Республикасидан келган Суннатилло Рейимбоев ва бошқалар сўзга чиқиб, барчани олийгоҳ очилиши билан қизғин табриклашди.

⚡️Янги ўқув йили бошланди
🔰Бугун юртимиздаги барча таълим муассасаларида янги ўқув йили бошланди. Қашқадарё вилоятидаги таълим муассасалари жамоалари ҳам бугунги кунни катта шодиёна сифатида нишонлашмоқда. Жумладан, Қарши давлат университетида ҳам жорий ўқув йилининг илк сабоғи сифатида 1-босқич талабалари учун “Янги Ўзбекистонда эркин ва фаровон яшайлик!” мавзусида Мустақиллик дарслари ўтказилди. Таништирув дарсларида университет профессор-ўқитувчилари талабалик бахтига мушарраф бўлган ёшларни Ўзбекистон Республикаси Давлат Мустақиллигининг 30 йиллиги ҳамда Билимлар куни билан қутладилар.
🔹Шунингдек, маърузаларда мустақилликнинг буюк неъмат эканлиги, унинг замирида эркин ва фаровон ҳаёт, тинчлик ва осойишталик мужассамлиги, ҳар бир халқ ва миллат ўз эрки ва озодлиги учун матонат ила курашиб, яшаши катта шараф эканлиги таъкидлаб ўтилди.
🔸Таништирув ҳафталигида талабалар кредит-модуль тизимининг мазмун-моҳияти, ўқув жараёнига татбиқ этилиш тартиби, олий таълим муассасасининг ички тартиб-қоидалари ва шу каби зарурий ахборотлар билан таништирилади.