Ozodbek Nazarbekov
3.48K subscribers
6.42K photos
1.17K videos
11 files
1.45K links
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning rasmiy kanali

Instagram:
https://instagram.com/ozodbek_axmadovich
加入频道
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilishida ishtirik etib, fikr-mulohazalarimizni bildirdik.

Ushbu anjumanda Turkiy davlatlar Parlament Assambleyasi Bosh kotibi Mehmet Sureyya Er janoblari, shuningdek, Angliya, AQSH, Misr Arab Respublikasi, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston kabi qator davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, sohaning yetuk mutaxassislari o‘z ma'ruzalari bilan qatnashayotgani bizga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Fursatdan foydalanib, yurtimizda maqom san'atini asrab-avaylash, rivojlantirish va ommalashtirish borasida olib borilayotgan ezgu sa'y-harakatlarga xayrixoh bo‘lib, bu borada yaqindan hamrohlik qilayotganliklari uchun barchalariga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Konferensiya ishiga esa muvaffaqiyat tilaymiz.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ZOR_OVOZ

Shanba soat 19:00 da "ZO‘R TV" telekanalida dunyoga mashhur "OVOZ" loyihasining 1-mavsum qarama-qarshilik bosqichini o‘tkazib yubormang.


🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош котиби Антониу Гутерриш 30 июнь - 1 июль кунлари расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева 30 июня – 1 июля состоится официальный визит Генерального секретаря Организации Объединенных Наций Антониу Гутерриша в нашу страну.

#Mirziyoyev #tashrif #BMT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yoshlar!

Barchangizni bugun yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ bayram – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Yoshlik inson umrining eng go‘zal va jo‘shqin pallasi hisoblanadi. Bu paytda katta-katta orzular, maqsadlar qilinadi. Аslida mana shuning o‘zi juda muhim. Chunki orzu bo‘lmasa, maqsad bo‘lmasa inson hayoti bir joyda to‘xtab qoladi.

Shuning uchun ham hech qo‘rqmasdan baland marralarni ko‘zlab, dadil intilishingiz kerak. Marralarga erishishning eng to‘g‘ri va yagona yo‘li esa – bu ilmdir. Ilmsiz hayot ham, taraqqiyot ham yo‘q! Ilm sizga suyanch bo‘ladi, hayot yo‘lingizni yoritadi, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi.

Davlatimiz rahbari kimga ishonib Uchinchi Renessans poydevorini yaratamiz deyaptilar? Аlbatta, siz, yoshlarga ishonib. Sizlar bu borada hal qiluvchi kuchsizlar. Shunday ekan, har bir kunni, har bir vaqtni, bugungi berilayotgan imkoniyatlarni qadrlashingiz kerak!

Tariximizga nazar solsak, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy yoki Bobur Mirzoni olasizmi, Аvloniy yoki Qodiriyni olasizmi, barchalari buyuk kashfiyotlarni, bebaho asarlarni aynan siz kabi yoshlik chog‘larida yaratishgan. Vaqtni behuda sarflashmagan. Аlbatta, biz ana shunday komil ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Аmmo faqat faxrlanish emas, ularga munosib bo‘lishga ham intilishimiz kerak.

Imkoniyat desangiz bor, eʼtibor ham yuksak. Bilasiz, Prezidentimiz qayerga borsalar, vaqt topib yoshlar bilan suhbatlashadilar. Biz, mas'ullarni ham doim shunga undaydilar. Kuni kecha yana yoshlar bilan muloqot qilib, qanchadan-qancha yangi tashabbuslarni, takliflarni ilgari surdilar. Bu yana yangi imkoniyatlar deganidir. Mana shuning o‘zi bugungi siyosatni, yoshlarga bo‘lgan yuksak mehrning ifodasidir. Zero, salgina harakat, bir ozgina intilish bo‘lsa kifoya.

Bugun bevosita madaniyat va sanʼat sohasida ham minglab yoshlar faoliyat yuritadi. Yana qanchada-qancha o‘g‘il-qizlar aynan shu yo‘nalishda tahsil olmoqda. Umuman, ijodga mehr qo‘ygan navqiron avlod safi keng. Biz ularni qo‘llab-quvvatlashga, iqtidorini yuzaga chiqarishga, madad bo‘lishga intilyapmiz.

Shu maqsadda turli ko‘rik-tanlovlar, festival va madaniy tadbirlar o‘tkazmoqdamiz. Mana shu saʼy-harakatlarimiz ilk mevalarini ham bermoqda. Yangi isteʼdodlar kashf etilyapti, xalqaro tanlovlarda sovrindor bo‘lganlar safi kengaymoqda.

Unutmangki, bu dunyoda isteʼdodsiz, iqtidorsiz odamning o‘zi yo‘q. Sizlarning har biringiz shunday fazilatga egasiz. Faqat uni yuzaga chiqara bilish kerak. Hamma gap mana shunda. Sizlarda intilish bo‘lsa, albatta, davlatimiz qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Sizlarni yana bir bor bayram bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman.

O‘ylagan hamma niyatlaringiz, maqsadlaringiz amalga oshsin!

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги

Праздничное поздравление молодежи Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
II Xalqaro maqom san'ati anjumanining xalqaro tanlov jarayonlarida bo‘lib, ishtirokchilarni chiqishlarini kuzatdik.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Maqom_2024
#Taqdirlash

🔴 Ayni paytda Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san'ati anjumanining taqdirlash marosimi va tantanali yopilish marosimi boshlandi.

🔴 Jonli efir orqali anjumanning yopilish marosimini to’g’ridan-to’g’ri tomosha qilishingiz mumkin.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Maqom_2024
#Taqdirlash

🔴 Ayni paytda Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san'ati anjumani Xalqaro tanlov g’oliblari e’lon qilinmoqda.

🥉 3-o‘rin (ansambl jamoasi) - Xitoy
“Shinjon” badiiy teatri
“Maqom” badiiy truppasi

🥉3-o‘rin (yakkaxon ijrochi) - Hindiston
Ali Amjad Xon

🔴 Jonli efir orqali anjumanning yopilish marosimini to’g’ridan-to’g’ri tomosha qilishingiz mumkin.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Maqom_2024
#Taqdirlash

🔴 Ayni paytda Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san'ati anjumani Xalqaro tanlov g’oliblari e’lon qilinmoqda.

🥈2-o‘rin (ansambl jamoasi) - O‘zbekiston
Maqom markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi maqom ansambli

🥈2-o‘rin (yakkaxon ijrochi)-Turkiya
Chidem Gurdal

🔴 Jonli efir orqali anjumanning yopilish marosimini to’g’ridan-to’g’ri tomosha qilishingiz mumkin.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Maqom_2024
#Taqdirlash

🔴 Ayni paytda Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san'ati anjumani Xalqaro tanlov g’oliblari e’lon qilinmoqda.

🥇 1-o‘rin (ansambl jamoasi) - O‘zbekiston
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi maqom xonandalari ansambli

🥇 1-o‘rin (yakkaxon ijrochi) - Tojikiston
Tojikiston milliy konservatoriyasi guruhi solisti Xurshid Iroximzoda

🔴 Jonli efir orqali anjumanning yopilish marosimini to’g’ridan-to’g’ri tomosha qilishingiz mumkin.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Maqom_2024
#Taqdirlash

🔴 Ayni paytda Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san'ati anjumani Xalqaro tanlov g’oliblari e’lon qilinmoqda.

🏆 GRAN-PRI - Eron “Fors” ansambli solisti
Ali Asg‘ar Arabshohiy

🔴 Jonli efir orqali anjumanning yopilish marosimini to’g’ridan-to’g’ri tomosha qilishingiz mumkin.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг июнь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X