Ozodbek Nazarbekov
3.45K subscribers
6.45K photos
1.17K videos
11 files
1.46K links
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning rasmiy kanali

Instagram:
https://instagram.com/ozodbek_axmadovich
加入频道
⚡️ 1–3-may kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida “Tinchlik va global xavfsizlik yo'lidagi muloqot: hamkorlik va o'zaro ta'sir” mavzusidagi oltinchi Butunjahon madaniyatlararo muloqot forumi bo'lib o'tayotganligi haqida xabar berilgan edi.

2-may kuni Ozarbayjondagi forum doirasida O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Turkiy madaniyat va meros xalqaro fondi raisi Aktoty Raimkulova o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida O'zbekistonning Turkiy madaniyat va meros xalqaro fondi bilan hamkorlik aloqalari, turkiy dunyoda mamlakatimizning tutgan o'rni va nufuzi yuksalib borayotganligi ta'kidlandi.

Shuningdek, bugungi kunda O'zbekistonning Turkiy madaniyat va meros xalqaro fondiga a'zolik masalasi ko'rib chiqilayotganligi, Madaniyat vazirligi mazkur a'zolik masalasida amaliy yordam berishga tayyorligi ta'kidlandi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 3-may kuni O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Qozog'istonning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida so'nggi yillarda ikki mamlakat prezidentlarining tashabbusi bilan barcha sohalar qatori madaniyat sohasidagi hamkorlik ham rivojlanib borayotganligi ta'kidlandi.

Mamlakatlarimiz vakillarining ikki mamlakatda bo'lib o'tayotgan xalqaro madaniy tadbirlarda ishtiroki kengayib borayotganligi, o'zaro madaniyat kunlarini har yili o'tkazish an'anaga aylanganligi bildirildi.

Uchrashuv davomida vazir Ozodbek Nazarbekov elchi Beybut Atamqulovni kuni-kecha Xiva shahrida bo'lib o'tgan II “Lazgi” xalqaro raqs festivalida Qozogʼiston vakillari – “Kazina” raqs ansamblining “Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” nominatsiyasida birinchi oʼrinni qoʼlga kiritgani bilan tabrikladi.

Shuningdek, joriy yilning avgust oyida Qozog'istonda o'tkaziladigan "O'zbekiston madaniyat kunlari" doirasida tashkil etiladigan tadbirlar, xususan, Ostona shahrida Markaziy Osiyo madaniyat va sanʼat ustalarining tantanali konserti, Qozogʼistonning yirik shaharlarida “Oʼzbekiston madaniyati kunlari”, Ostona shahrida Oʼzbekiston tasviriy va xalq amaliy sanʼati koʼrgazmasini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 3-may kuni O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiyaning Strategik tashabbuslar agentligi Bosh direktori Svetlana Chupsheva boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Rossiyaning Strategik tashabbuslar agentligi - Federatsiya tizimida muhim rol egallashi, davlat, biznes va jamiyat o‘rtasidagi aloqa va hamkorlik platformasi bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek, Federatsiya mintaqalarida ilg‘or tajribalarni amalga oshirishga hissa qo‘shishi bilan birga jahon hamjamiyatida ham muhim rol o‘ynashi haqida ta’kidlandi hamda so'nggi yillarda ikki davlat o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotganligi haqida aytib o‘tildi.

Uchrashuv davomida agentlik Bosh direktori Svetlana Chupsheva keyingi yillarda ikki mamalakatning madaniyat sohasidagi o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida takliflarini bildirdi.

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida tajriba almashish va ijodiy iqtisodiyotni o‘rganish bo‘yicha O‘zbekistonning ishtiroki doirasida yangi loyihalarni ilgari surish bo‘yicha strategik tashabbuslar agentligining ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish markazi ishlab chiqaruvchilar klubi, ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish markazining ijodiy maydonlar tarmog‘i loyihasi, ijodiy sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar hamda O‘zbekiston vakillarining Moskvada bo‘lib o‘tadigan xalqaro ijodiy Iqtisodiyot forumidagi ishtirokini ta’minlash haqida fikr almashildi.

Shu bilan birga, Bosh direktor hozirda Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shgan ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalar va tashabbuslar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida vazir Ozodbek Nazarbekov Rossiya bilan bugungi kundagi madaniyat sohasidagi hamkorlik holatini yuqori baholab, hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda bu kabi strategik loyihalar institutlari, loyiha offislari, "think tank"lar muhim o'rin egallashini bildirdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ZOR_OVOZ

Mamlakatning eng kuchli ovozini aniqlashda davom etamiz.

Shanba soat 20:00 da "ZO‘R TV" telekanalida dunyoga mashhur "OVOZ" loyihasining 1-mavsum 3-sonini o‘tkazib yubormang.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barchangizga tashakkur, azizlar!

Tavallud ayyomim munosabati bilan tabrik yoʻllab, bildirgan ezgu tilaklaringiz, mehr toʻla soʻzlaringiz, eʼzozu eʼtiroflaringiz uchun barcha-barchangizga chin dildan tashakkur aytaman.

Ochigʻi, bunday mehr taftidan boshim osmonga yetib, siz, aziz yaqinlarimga, muxlislarimga kerakligimni yana bir karra his qildim va bundan katta kuch oldim. Eʼtibor qaratib, menga shu tuygʻuni qaytadan tuhfa etganingiz uchun katta rahmat.

Xalqimizga, Vatanimizga xizmat qilishdek sharafga muyassar etganiga, yaxshi insonlar qurshovida yaxshi kunlarni oʻtkazishga yetkazganiga shukr!

Barcha ezgu tilaklaringiz hayotingiz hamrohi, shamchirogʻi boʻlsin!

Boringizga shukr, azizlar!

Yuksak hurmat va ehtirom bilan,
Ozodbek Nazarbekov

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM