Forwarded from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 9 – 14 iyun kunlari "Ozarbayjon madaniyati kunlari" tadbirlarida ishtirok etuvchi xorijiy mehmonlar va ijodkorlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeraportida kutib olindi.
Eslatib o'tamiz 11-iyun 19:00 da - “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Ozarbayjon madaniyati kunlari” tadbirlarining tantanali ochilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturi bo'lib o'tadi.
™️ Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Eslatib o'tamiz 11-iyun 19:00 da - “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Ozarbayjon madaniyati kunlari” tadbirlarining tantanali ochilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturi bo'lib o'tadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Ozarbayjon bir tan-u bir jon bo‘lib, bugungacha oramizdan qil ham o‘tmay kelayotgan, ming yillik munosabatlarga ega ikki xalqmiz.
Mana shu ikki davlat o‘rtasida balki ayrim qog‘ozlarda chegaralar mavjuddir, ammo ikki xalq qalbida hech qanday chegara yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Mana shu ikki davlat o‘rtasida balki ayrim qog‘ozlarda chegaralar mavjuddir, ammo ikki xalq qalbida hech qanday chegara yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Озарбайжон маданияти кунларини ўтказиш доирасида мамлакатимизда бўлиб турган Озарбайжон Республикаси маданият вазири Адил Каримлини қабул қилди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял министра культуры Азербайджанской Республики Адиля Каримли, находящегося в нашей стране для проведения мероприятий Дней азербайджанской культуры.
#Mirziyoyev #qabul #Ozarbayjon #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял министра культуры Азербайджанской Республики Адиля Каримли, находящегося в нашей стране для проведения мероприятий Дней азербайджанской культуры.
#Mirziyoyev #qabul #Ozarbayjon #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda boshlangan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan aziz hamkasbim, qadrdon do‘stim, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Karimli bilan ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdik.
Maqsadlarimiz ulkan. Birgalikda qator loyihalarni amalga oshirishni, salmoqli natijalarga erishishni rejalashtirganmiz. Niyatimiz, o‘zbek va ozar xalqlarining do‘stligi abadiy bo‘lsin!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Maqsadlarimiz ulkan. Birgalikda qator loyihalarni amalga oshirishni, salmoqli natijalarga erishishni rejalashtirganmiz. Niyatimiz, o‘zbek va ozar xalqlarining do‘stligi abadiy bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizga tashrif buyurgan Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Karimlini Prezidentimiz shaxsan qabul qilganliklari faoliyatimizda alohida ahamiyatga ega voqea bo‘ldi.
Qolaversa, O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlarining tantanali ochilishi munosabati bilan davlatimiz rahbari ishtirokchilarga tabrik yo‘llaganliklari ushbu madaniyat va san’at bayrami shukuhini, nufuzini yanada yuksaltirib yubordi. Bu O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari bugungi kunda mutlaqo yangi darajaga ko‘tarilib borayotganining yaqqol ifodasi bo‘ldi.
Tantanali ochilish marosimida bir-biridan go‘zal tarzda ijro etilgan kuy-qo‘shiqlarni tinglab, raqslarni tomosha qilib, katta zavq oldik. Muhtasham saroyga yig‘ilganlar ham san’atkorlarning chiqishlarini olqishlar bilan kutib olishdi, qalbga yaqin qo‘shiqlarni jo‘r bo‘lib ijro etishdi. Boshqacha aytganda, chinakam bayramona muhit hukm surdi.
Shubhasiz, mazkur konsert dasturi ikki buyuk xalqning madaniyati va san’ati ham betakror ekanini yana bir karra ko‘rsatib berdi.

Yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida bugun O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida tashkil qilingan “Ozarbayjon madaniyati” nomli ko‘rgazmaning ochilishida ishtirok etdik.
Namoyishga qo‘yilgan suratlarda qardosh mamlakatning betakror manzillari, tarixiy obidalari aks ettirilgan bo‘lsa, qo‘li gul ijodkorlarning matoga bitgan naqshlari, milliy osori-atiqalari orqali ozar xalqining boy madaniyati to‘g‘risida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldik.
Albatta, ekspozitsiyaga qo‘yilgan har bir surat, ashyo qiymatli va katta ahamiyatga ega. Unda buyuk tarix, betakror qadriyatlar yaqqol ufurib turibdi. Shaxsan men ko‘rgazmani tomosha qilib, qiziqarli ma'lumotlarni eshitib, yorqin taassurot oldim. O‘ylaymanki, galereyaga tashrif buyurgan barcha ana shunday tuyg‘uni his qildi.
Shundan so‘ng Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev yodgorligi poyiga gul qo‘yib, xotirasiga hurmat bajo keltirdik. Shu yerda hamkasblarimiz bilan samimiy muloqot qildik. Mazkur yodgorlik majmuasi shaxsan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgani, bu o‘zbek xalqining yaqin do‘sti, atoqli siyosiy va davlat arbobi Haydar Aliyevga, ozar xalqiga yuksak ehtirom ifodasi ekanini alohida ta'kidladik.
Chindan ham, Haydar Aliyev mustaqil Ozarbayjonning asoschisi sifatida tarixga kirgan. Mamlakatining bugungi darajaga erishishida uning xizmatlari beqiyos. Haydar Aliyev O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga doimo alohida e'tibor qaratgan. Shuning uchun ham uning nomi yurtimizda hamisha hurmat bilan tilga olinadi.
Mehmonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar, xalqimiz o‘tmishi, boy madaniyati haqida ham samimiy fikrlarini izhor etishdi. Bu, albatta, kishiga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Umuman, tarixiy rishtalar, mushtarak qadriyatlar o‘zaro munosabatlarimiz rivojida muhim o‘rin tutadi. Bugun mana shu haqiqatni yana bir karra his qildik.