Ozodbek Nazarbekov
3.45K subscribers
6.45K photos
1.17K videos
11 files
1.46K links
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning rasmiy kanali

Instagram:
https://instagram.com/ozodbek_axmadovich
加入频道
Madaniy diplomatiya – hamjihatlikning muhim omili

Bugun Xiva shahrida II “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasida “Xorazm “Lazgi” raqsi: Madaniy diplomatiyani rivojlantirishning ilmiy-nazariy, ma’naviy-ma’rifiy tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Mazkur nufuzli anjumanda mamlakatimizda milliy raqs san'atini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ezgu sa'y-harakatlar, xususan, "Xorazm lazgi raqsi" san'atining o‘ziga xos jihatlari, an'anaviy tarzda o‘tkazilayotgan festivalning xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik ko‘lamini va madaniy aloqalarni yanada kengaytirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdik.

Tadbirda YUNESKO tomonidan "Xorazm lazgi raqsi" insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgani uning betakror san'at ekanidan dalolat berishi alohida qayd etildi.

Konferensiya davomida yana bir muhim voqeaga guvoh bo‘ldik. Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayev tomonidan o‘zbek milliy raqs san’ati rivoji yo‘lida uzoq yillar samarali xizmat qilgan va xalqimiz e’tirofiga sazovor bo‘lgan fidoyi ustozlar – Gavhar Matyoqubova, Ziyoda Madrahimova, Karima Uzoqovaga TURKSOY ko‘krak nishoni topshirildi.

Fursatdan foydalanib, alohida e'tibor uchun Sultan Rayevga samimiy minnatdorlik bildiraman. Mukofotlanganlarni esa yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Milliy raqs san'atimiz rivoji yo‘lida xizmat qilishdan tolmang, azizlar.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli mehmonlar! Xonimlar va janoblar!

Avvalo, siz, azizlarni Sharq durdonasi bo‘lmish qadimiy va navqiron Xiva shahrida II “Lazgi” xalqaro raqs festivalining ochilishi bilan samimiy muborakbod etaman.

🇺🇿 O'zbek tilida

🇬🇧 Ingliz tilida

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Lazgi” xalqaro raqs festivali qisqa fursatda jahonda munosib obro‘-e’tibor topayotgani, uning ishtirokchilari va muxlislari safi tobora kengayib, ta’bir joiz bo‘lsa, qadimiy o‘zbek diyori, Xorazm vohasining o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi”ga aylanib borayotgani barchamizni xursand qiladi.

"Ichan-qal'a" tarixiy majmuasida II “Lazgi” xalqaro raqs festivalining ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan konsert dasturida qatnashib, buni yana bir karra qalban his qildik.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Lazgi_festivali
#Xiva

Xivada san'at va nafosat bayrami shukuhi...

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TURKSOY xalqaro tashkiloti Bosh kotibi Sulton Rayev 2025-yilda tashkilotga a'zo davlatlarda ham "Lazgi" festivalini o‘tkazish taklifini ilgari surdi.

TURKSOY tashabbusi bilan betakror "Lazgi" raqsi dunyoga yanada kengroq yoyiladi.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM