#korrupsiyaga_qarshi_kurashish
Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik pirovard maqsadimiz
⏺ Joriy yil 28-oktabr kuni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tuman bo‘limlari va filiallari xodimlari bilan Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshligʼi M.Tursunbayev rahbarligida “Yuksak ishonchni oqlaymiz” mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi.
⏺ Unda Davlat kadastrlari palatasining Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibayev hamda boshqarmalarning korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va А.Obidovlar, boʼlimlar hamda filiallar rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar va inspektorlar jami 65 nafar xodimlar ishtirok etdilar.
⏺ Boshqarma boshligʼi M.Tursunbayev yigʼilishni kirish soʼzi bilan ochib, soʼzni I.Tadjibayevga berdi. U oʼz soʼzida Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yaqinda imzolangan 937-sonli qonunning amalga kirishiga sanoqli kunlar qolganligini, joylarda uning ijrosini tashkil qilish va unda korrupsion holatlarga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha oʼz fikrini bildirdi, hamda boshqa viloyatlarda oʼrganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni kelib chiqish sabablariga toʼxtaldi.
⏺ Tadbirda soʼz olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish, qonun hujjatlarini oʼrganish, doimo oʼz ustida ishlash va bilimini oshirib borish lozimligini uqtirdi. Korrupsiya balosiga giriftor boʼlgan xodimlarning achchiq qismati haqida jonli misollar bilan tushuntirdi.
⏺ Yigʼilishda soʼz olgan А.Obidov bugungi profilaktik yigʼilishdan koʼzlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaning har qanday koʼrinishiga murosasiz boʼlish, turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik va hushyorlikni oshirish ekanligiga alohida urgʼu berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida oʼz yurtiga, kasbiga sadoqatli boʼlish, oʼz ustida ishlashi, koʼproq kitob oʼqish zarurligini uqtirib oʼtdi.
⏺ Tadbir yakunida Boshqarma boshligʼi M.Tursunbaev ishlarni muvaffaqiyatli olib borish uchun rahbarlar, kadastr muhandislari, topograflar oʼz faoliyatlariga doir Qonunlarni, sohaga oid meʼyoriy - huquqiy hujjatlarni puxta oʼrganishlari, ularni ish jarayonida toʼgʼri qoʼllashga eʼtibor berishlari, fuqarolar bilan muloqotda qoʼpollikka yoʼl qoʼymaslik zarurligini alohida taʼkidladilar.
⏺ Mazkur profilaktik tadbir samimiy, ishchanlik ruhida oʼtdi. Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, xalqimizga beminnat kadastr xizmati koʼrsatish hamda Davlatimiz Rahbari tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni oqlashdan iboratdir.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik pirovard maqsadimiz
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyati bo'yicha 2 676 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:
🔹Mingbuloq tumanidan 165 ta (koʼrish)
🔹Kosonsoy tumanidan 182 ta (ko'rish)
🔹Namangan tumanidan 56 ta (koʼrish)
🔹Norin tumandan 76 ta (koʼrish)
🔹Pop tumandan 697 ta (koʼrish)
🔹To'raqo'rg'on tumanidan 443 ta (ko'rish)
🔹Uychi tumanidan 49 ta (ko'rish)
🔹Uchqo'rg'on tumanidan 79 ta (ko'rish)
🔹Chortoq tumanidan 223 ta (ko'rish)
🔹Chust tumanidan 359 ta (ko'rish)
🔹Yangiqo'rg'on tumanidan 198 ta (ko'rish)
🔹Namangan shahridan 139 ta (ko'rish)
Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.
📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
🔹Mingbuloq tumanidan 165 ta (koʼrish)
🔹Kosonsoy tumanidan 182 ta (ko'rish)
🔹Namangan tumanidan 56 ta (koʼrish)
🔹Norin tumandan 76 ta (koʼrish)
🔹Pop tumandan 697 ta (koʼrish)
🔹To'raqo'rg'on tumanidan 443 ta (ko'rish)
🔹Uychi tumanidan 49 ta (ko'rish)
🔹Uchqo'rg'on tumanidan 79 ta (ko'rish)
🔹Chortoq tumanidan 223 ta (ko'rish)
🔹Chust tumanidan 359 ta (ko'rish)
🔹Yangiqo'rg'on tumanidan 198 ta (ko'rish)
🔹Namangan shahridan 139 ta (ko'rish)
Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.
📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida” gi 937-son qonuni qachon kuchga kiradi ?
Anonymous Quiz
3%
2024-yil 1-dekabrdan
6%
2024-yil 8-dekabrdan
11%
2024-yil 1-noyabrdan
79%
2024-yil 8-noyabrdan
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish
Korrupsiyani oldini olish pirovard maqsadimiz
⏺ Avval xabar berganimizdek Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarining tuman bo‘limlari va filiallari xodimlari bilan “Yuksak ishonchni oqlaymiz” mavzusida profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
⏺ Unda Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibayev hamda boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, bo‘limlar hamda filiallar rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar va inspektorlar ishtirok etmoqdalar. Navbatdagi tadbirlar viloyatning Uchqo‘rg‘on, Chortoq va Uychi tumanlarida bo‘lib o‘tdi.
⏺ Yig‘ilishlarda I.Tadjibayev Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yaqinda imzolangan 937-sonli qonunning amalga kirishiga sanoqli kunlar qolganligini, joylarda uning ijrosini tashkil qilish va unda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi, hamda boshqa viloyatlarda o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni kelib chiqish sabablariga to‘xtaldi.
⏺ Tadbirlarda so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish, qonun hujjatlarini o‘rganish, doimo o‘z ustida ishlash va bilimini oshirib borish lozimligini uqtirdi. Korrupsiya balosiga giriftor bo‘lgan xodimlarning achchiq qismati haqida jonli misollar bilan kadastr xodimlariga tushuntirdi.
⏺ Yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov bugungi profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik va hushyorlikni oshirish ekanligiga alohida urg‘u berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida o‘z yurtiga, kasbiga sadoqatli bo‘lish, o‘z ustida ishlashi zarurligini uqtirib o‘tdi.
⏺ Tadbirlar yakunida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibayev ishlarni muvaffaqiyatli olib borish uchun rahbarlar, kadastr muhandislari, topograflar o‘z faoliyatlariga doir Qonunlarni, sohaga oid meʼyoriy - huquqiy hujjatlarni puxta o‘rganishlari, ularni ish jarayonida to‘g‘ri qo‘llashga eʼtibor berishlari, fuqarolar bilan muloqotda odob va axloq qoidalariga amal qilish zarurligini alohida taʼkidladi.
⏺ Tadbir qatnashchilari ishtirokchilarning bir nechta sohaga oid savollariga javob berdilar. Profilaktik tadbirlar samimiy, ishchanlik ruhida o‘tdi.
⏺ Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, xalqimizga beminnat, sifatli kadastr xizmati ko‘rsatish hamda Davlatimiz Rahbari tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni oqlashdan iboratdir.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Korrupsiyani oldini olish pirovard maqsadimiz
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM