Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.7K subscribers
32.6K photos
6.45K videos
78 files
13.2K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
⚡️ OʻzDSMI talabalari futbol musobaqasida sovrindor boʻlishdi

29-apreldan 4-mayga qadar Toshkent shahar va Toshkent viloyatida joylashgan 70 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida “Coca-Cola Students Cup” futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “San’at” jamoasi musobaqada 3-o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan III darajali diplom, medallar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Buxoro
#Festival

⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

⚡️ Ayni damda Buxoroda "II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali"ning yopilish marosimi tadbirlari bo'lib o'tmoqda.

👉 Jonli efir orqali festivalning ochilish marosimini to’g’ridan-to’g’ri tomosha qilishingiz mumkin.

🔹 Telegram орқали
🔹 Facebook орқали
🔹 YouTube орқали

👉 Festivalning yopilish marosimi tadbiri dasturi bilan tanishishingiz mumkin.

👉 Festival haqidagi batafsil ma'lumotlar Press-relizda

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#teatr

🎭 6-may kuni namoyish etiladigan spektakllar bilan tanishing

👉 Batafsil

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Norin tumani madaniyat boʻlimiga qarashli 29-sonli “San’at gulshani” madaniyat markazi direktori Nasiba Tojiboyeva ijrosidagi alla

#nomoddiy_madaniy_meros #alla

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali!
(Press-reliz)

🇷🇺 Международный фольклорный фестиваль «Бойсун бахори»!
(Пресс-релиз)

🇬🇧 International Folklore Festival "Boysun bahori"!
(Press release)

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dayjest

⚡️ O'tgan haftaning eng muhim voqealari hafta dayjestida

Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov Surxondaryoda bo'lib, "Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog'iston bo‘linmasining "Xalq cholg'ulari" orkestri 65 yoshda.

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Tojikiston xalq hofizi degan maqomga sazovor bo‘lganligi munosabati bilan Madaniyat vazirligi jamoasi qutlashdi.

O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori Yodgor Sa’diyev Tojikiston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlangani munosabati bilan madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, vazir o‘rinbosarlari Murodjon Majidov hamda Yusufjon Usmonov Milliy teatrga borib, ustoz san’atkorni yuksak e’tirof bilan qutlashdi.

Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi bosh direktori lavozimiga rahbar tayinlandi. Yangi rahbarni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov jamoaga tanishtirdi.

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida “Lazgi” II xalqaro raqs festivali, II Xalqaro maqom san'ati anjumani, “Boysun bahori“ xalqaro folklor festivali, "II Xalqaro zargarlik va zardo‘zlik festivali", “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali tadbirlarini o‘tkazish va puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog’istonda "Yosh" estrada loyihasining yarim final bosqichi bo’lib o’tdi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Madaniyat vazirligiga biriktirilgan 25 nafar yoshlar ishtirokida “Vazir va yoshlar uchrashuvi” bo'lib o‘tdi.

Tojikistonda boʻlib oʻtgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasidagi “O‘zbek kinosi kunlari” yakuniga yetdi.

Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida O‘zbekiston davlat filarmoniyasida yigilish bo'lib o‘tdi, unda O'zbekiston davlat filarmoniyasi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganligi jamoaga ma'lum qilindi.

18–25-aprel kunlari Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida "Raqs koleydoskopi" xalqaro raqs festivali bo'lib o'tdi.

O'zbekistonda ilk marotaba ITga bag’ishlangan teatr festivalini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan olib borilayotgan ishlar borasida matbuot anjumani o‘tkazildi.

“Avtomobilsiz kun” munosabati bilan Madaniyat vazirligi rahbariyati va markaziy apparat xodimlari jamoatchilik loyihasi doirasida 24-aprel kuni ishga piyoda va jamoat transportida kelishdi.

Madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Navoiy viloyatida bo'ldi.

Turkiston san’at saroyida R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining hisobot konserti bo'lib o'tdi, unda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov ishtirok etdi.

17-apreldan 14-mayga qadar respublikadagi madaniyat markazlarining ijodiy xodimlari davlat attestatsiyasidan o'tkazilmoqda.

Vazir maslahatchisi Shavkat Ortiqov hamda vazirlik Matbuot xizmati mas'ul xodimi Orifjon Fayziyevlar Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari madaniyat boshqarmalari tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatini o'rgandi.

Tojikistonda bo‘lib o‘tgan “O‘zbek kinosi kunlari” doirasida ikki davlat kinoijodkorlari ishtirokida yaratilayotgan “Yulduzlar shu’lasi: Jomiy va Navoiy” badiiy filmining yakuniy ssenariysi tasdiqlandi.

O‘zDSMI professor Iqbol Meliqo‘ziyev boshchiligidagi delegatsiya Sankt-Peterburgdagi “Intonatsiya” xalqaro talabalar festivalining 10-yilligiga qatnashishdi.

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida “O'zbekistonda nomoddiy madaniy meros muhofazasi va targ‘iboti” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi, unda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda vazirning birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov nutq so‘zladi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dayjest

⚡️ O'tgan haftaning eng muhim voqealari hafta dayjestida

O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi, unda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qatnashdi.

Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, sektor rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar bilan birga “Mirsaid Bahrom” mahallasi hududida joylashgan madaniyat markazida bo‘lishdi.

ITga bag’ishlangan ilk xalqaro teatr festivali bo'lib o'tdi, unda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirok etishdi.

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Tojikiston xalq hofizi faxriy unvoni bilan taqdirlangandagi kechinmalari haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Tojikiston xalq hofizi faxriy unvoni bilan taqdirlangandagi kechinmalari haqida so‘zlab berdi.

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov II “Lazgi” xalqaro raqs festivaliga ko‘rilgan tayyorgarlik jarayoni haqidagi fikrlari.

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov hamda Gavhar Zokirova, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti jamoasi, madaniyat va san‘at sohasi vakillari ulug‘ san’atkor Botir Zokirov mangu qo‘nim topgan maskanni ziyorat qilishdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qo‘shiqchilar tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizdagi xalqaro anjumanlar saroyida o‘zbek xalqining suyukli va ardoqli ijodkori Botir Zokirov tavalludiga bag‘ishlangan xotira oqshomi bo'lib o'tdi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Xayriddin Sultonov, Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etishdi.

“Botir Zokirov nomidagi milliy estrada  mukofoti” uchun oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari e’lon qilindi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Eron Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashdi.

Malaka oshirish tarmoq markazida vazirlik tizimidagi professional ta'lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun tashkil etilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslari nihoyasiga yetdi. Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov kursni tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlarni topshirdi.

Navoiy viloyati madaniyat boshqarmasiga o‘rinbosar tayinlandi, madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov Obidjon Ro‘ziboyevni jamoaga tanishtirdi.

II "Lazgi" xalqaro raqs festivali doirasida konferensiya bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrining 50 yilligiga bag‘ishlangan navbatdagi “OPERETTA.UZ” II Xalqaro musiqali teatrlar forumi boshlandi.

Xiva shahrida II “Lazgi” xalqaro raqs festivalining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov II “Lazgi” xalqaro raqs festivali ishtirokchilariga tabrik yo'lladi.

Xiva shahrida II “Lazgi” xalqaro raqs festivalining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Dilmurod Islomovning 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Yubiley munosabati bilan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tabrik yo‘lladi. Uni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov o‘qib eshittirdi.

Xiva shahrida II “Lazgi” xalqaro raqs festivalining tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda vazirning birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov kuzatishdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dayjest

⚡️ O'tgan haftaning eng muhim voqealari hafta dayjestida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimiga Miras Tleumuratov tayinlandi.

“Marifat markazi” simpoziumlar saroyida ijodiy ma’rifiy kecha bo’lib o’tdi. Unda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov qatnashdi.

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov 3 - 5-may kunlari Buxoro shahrida bo'lib o'tadigan II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivaliga tayyorgarlik yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Xiva shahrida II “Lazgi” xalqaro raqs festivali yakunlandi. Unda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qatnashdi.

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida nufuzli anjumanga munosib tayyorgarlik ko‘rish bo'yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Milliy askiya va qiziqchilik san'atini rivojlantirish maqsadida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

1-may kuni - 7 marotaba tashkil etilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga start berildi.

1-may kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov III-Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan “Waagner Biro Stage Systems” kompaniyasi (Avstriya)ning MDH davlatlari bo‘yicha direktori Xesus Izabel bilan uchrashdi.

1–may kuni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o'tayotgan “Tinchlik va global xavfsizlik yo'lidagi muloqot: hamkorlik va o‘zaro ta‘sir” mavzusidagi oltinchi Butunjahon madaniyatlararo muloqot forumi doirasida YUNESKO Bosh direktorining ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha yordamchisi Gabriela Ramos bilan uchrashdi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti kafedrasi mudiri Iqbol Meliqo‘ziyev kinoteleoperatorlik sohasi bo‘yicha mamlakatimizdagi ilk professorga aylandi. Iqbol Meliqo'ziyevga professorlik ilmiy unvonini madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov, Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov tantanali ravishda topshirib, uning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyat tilashdi.

1–3 may kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida “Tinchlik va global xavfsizlik yo'lidagi muloqot: hamkorlik va o'zaro ta'sir” mavzusidagi oltinchi Butunjahon madaniyatlararo muloqot forumi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etib, forum davomida “Xilma-xillikdagi uyg‘unlik: global madaniy tiklanishda madaniyatlararo muloqotni rag‘batlantirish” mavzusida nutq so'zladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan madaniyat sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari to‘g‘risida”gi axborot eshituvi tashkil etildi. Unda madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Majidov Madaniyat vazirligi tomonidan so'nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

3—5-may kunlari Buxoro shahrida "II Xalqaro zargarlik va zardo‘zlik festivali"ga tayyorgarlik jarayonlarini madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov nazorat qildi.

2-may kuni Ozarbayjondagi forum doirasida O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Turkiy madaniyat va meros xalqaro fondi raisi Aktoty Raimkulova o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

1-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Katta teatrda taniqli xorijiy yulduzlar ishtirokidagi “Toshkent bahori” VII Xalqaro opera va balet festivalining yakunlovchi gala-konserti bo'lib o'tdi. Kechani madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov ochib berdi.

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda, madaniyat vaziri oʻrinbosari Murodjon Majidov ishtirok etdi.

Buxoroda "II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali" boshlandi.

Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi konsert dasturining namoyishi tayyorgarligini nazorat qildi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Qozog'istonning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti TURKSOY shafeligida Turkiya Respublikasining Manisa shahrida "Mesir Macunu" festivali bo'lib o'tdi.

O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiyaning Strategik tashabbuslar agentligi Bosh direktori Svetlana Chupsheva boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Buxoroda "II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali"ning ochilish marosimi tadbirlari bo'lib o'tdi. Unda madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov ishtirok etdi.

O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov jurnalist Sirojiddin Oʻsarovning “Protokol” loyihasi doirasida intervyu berdi, unda madaniyat sohasida qilmoqchi boʻlgan yangi loyihalari, xalqimizni eʼtiborida boʻlgan voqealari haqida fikr almashildi.

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov soha vakillarining murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida o‘z qabuliga yozilgan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qildi.

Qoraqalpog‘istonda "Yosh" estrada loyihasining yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

OʻzDSMI talabalari futbol musobaqasida sovrindor boʻlishdi.

Buxoroda "II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali"ning yopilish marosimi tadbirlari bo'lib o'tdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Chorqarsak” folklor-etnografik ansambli "Boysun bahori" xalqaro folklar festivalida alohida dasturi bilan ishtirok etmoqda.

#boysun_bahori

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 6-may kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida Teatr san'atini rivojlantirish masalalari yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda davlat buyurtmasi hamda repertuar reja asosida teatrlarda sahnalashtirilgan spektakllarning mutaxassislar ishtirokida muhokamasi o'tkazildi.

Farg'ona, Namangan, Andijon, Buxoro, Sirdaryo viloyatining teatr rahbarlari, bosh rejissorlari, adabiy bo'lim mudirlari hamda sahnalashtirilishi rejalashtirilgan asarning sahnalashtiruvchi ijodiy jamoasi ishtirok etgan yig'ilishda sohaga oid loyihalar ko'rib chiqildi va tegishli tarkibiy bo'linmalarga topshiriqlar berildi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM