Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.6K subscribers
32.2K photos
6.36K videos
78 files
13K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
12-yanvar kuni Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Institutning professor-o‘qituvchilari va xodimlari, shuningdek, sud-huquq organlari vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, qabul jarayonlarini odilona va shaffof tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Mas’ul idoralar vakillari tomonidan bu boradagi kamchiliklar tanqidiy tahlil etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berishdi. So‘zga chiqqanlar bu boradagi fikr va mulohazalari bilan bo‘lishishdi.


💬 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda el suygan hofiz Kamoliddin Rahimov xotirasiga bagʻishlangan festival o‘tkazildi, shuningdek, muzey ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 12-yanvar kuni Namangan shahridagi 11-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Oʻzbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov qoʻshiqlari” Respublika festivali oʻtkazildi. Unda vodiy viloyatlari, poytaxt hamda Qashqadaryodan yuzlab havaskor va mohir sanʼatkorlar ishtirok etdilar.

Festivalda Namangan, Toshkent, Farg'ona, Andijon, Qashqadaryo viloyatlaridan 7 yoshdan 70 yoshgacha iste'dod egalari ishtirok etdi. Munosib bo‘lgan ijodkorlarga, o‘z nominatsiyalari bo‘yicha maxsus qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Qolaversa, festival doirasida hofiz tavalludining 81 yilligiga bag‘ishlangan tadbir namoyishi tashkil etildi.

Ayni vaqtda Kamoliddin Rahimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida bir qator tashabbuslar amalga oshirilish bo‘yicha ish ko‘zda tutildi.

💬 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Respublika bo‘ylab askiya sayli o‘tkazilmoqda

Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi tomonidan yurtimiz boʻylab Askiya sayillari oʻtkazib kelinmoqda.

Markazning ijodiy jamoasi bugun Toshkent viloyatidagi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehmon bo‘lishdi.

💬 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi teatrlarda 13-yanvar kuni namoyishi rejalashtirilgan spektakl va tomoshalar:

O‘ZBEK MILLIY AKADEMIK DRAMA TEATRI
Nomi: “Chiroylisan, muhabbat”
Boshlanish vaqti:
18.00

MUQIMIY NOMIDAGI O‘ZBEKISTON DAVLAT MUSIQALI TEATRI
Nomi: “Qaytar dunyo”
Boshlanish vaqti:
17:00, 19:00 (ikkita seans)

O‘ZBEKISTON DAVLAT MUSIQALI KOMEDIYA (OPERETTA) TEATRI
Nomi: “Yangi yol konserti”
Boshlanish vaqti:
17:30

O‘ZBEKISTON DAVLAT AKADEMIK RUS DRAMA TEATRI
Nomi: “Qarzga olingar er” (rus tilida)
Boshlanish vaqti: 17:00
#anons #repertuar


💬 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Rasmiy munosabat

Fuqaro Islam Karimbayev (Islam Kaparzo) Facebookdagi sahifasida oʻtgan asrning 50-yillarida qurilgan musiqa maktabi binosi sotib yuborilgani va bugungi kunda ushbu inshoot buzilish arafasida ekani haqida maʼlum qilgan.

Shuni maʼlum qilamizki, Angren shahar “Yangiobod” MFY Gʻafur Gʻulom koʻchasi 34-“A” uyda joylashgan hamda “musiqa maktabi” ekani iddao qilinayotgan ushbu bino bugungi kunda Angren shahar Madaniyat boʻlimi balansida emas.

Muqaddam Angren shahar Xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufida boʻlgan mazkur bino koʻp yillar davomida boʻsh turgani hamda foydalanilmagani sababli shahar hokimining 2015-yil 23-fevraldagi farmoyishiga asosan hokimlik balansiga oʻtkazilgan.

Mazkur bino Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilganiga oid maʼlumot vazirlikda mavjud emasligini bildiramiz.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati


💬 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi hamda uning hududiy bo‘lim maqom ansambllari tomonidan 2024-yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan tadbirlar

💬 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM