Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.7K subscribers
32.6K photos
6.45K videos
78 files
13.2K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
Bakhshi.uz havolasini yuklab oling

Yurtimizda baxshichilik san’atini targ‘ib etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlardan doimo xabardor bo‘lib borishni istasangiz mobil telefoningizdan Play market yoki App store dasturlaridan Bakhshi.uz havolasini yuklab oling.

Mazkur mobil ilovada Respublika baxshichilik san’ati markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan birgalikda yurtimiz baxshilari tomonidan ijro etilgan terma va dostonlarni tinglashingiz mumkin.

Bundan tashqari instagram va facebook ijtimoiy tarmoqlarida bakhshi_uzbekistan telegram sahifasiga ham a’zo bo‘ling.

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro “Delfi” o‘yinlarida ishtirok etish maqsadida yo‘l olgan yosh ijodkorlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahriga yetib bordi.

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo vilovatida "Zakovat" intelektual o‘yini o'tkazildi

Prezidentimizning 2023- yilni "Insonga e'tibor va sifat ta'lim yili" deb e'lon qilishi ta'lim sohasini yangi va sifatli bosqichga chiqishiga zamin bo'lmoqda.

Respublika baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchi va pedagoglarning bilim salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan bir qancha dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular orasida "Zakovat" intelektual o‘yinini o‘tkazish belgilab olingan. Bugun maktab-internatning 6-7 sinflari o‘rtasida Zakovat bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni maktab-internat direktori D.Choriyev ochib berdi hamda ishtirokchilarga omad tiladi. Shundan so‘ng "Baxshi izdoshlari" "Navnihol" jamoalari bellashuvga kirishishdi.Qizg‘in kechgan bahs yakunida "Baxshi izdoshlar" jamoasi g'olib bo‘ldi.

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Murojaatlarda sohani rivojlantirishga oid takliflarning koʻpligi quvonarli

Navbatdagi fuqarolar qabulida ham turli murojaat, loyiha va takliflar bilan kelgan hamyurtlarimiz bilan muloqotda boʻldik.
Dastlab,  ZOOM ilovasi orqali Sultonali Akbaraliyevning sanʼat vakillarining kiyinish madaniyati,  yosh avlodni yetuk shaxs qilib tarbiyalash uchun nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi haqida fikrlari va takliflarini eshitdik.
Soʻng, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti oʻqituvchisi Komiljon Saidov bilan koʻzi ojizlarning taʼlim olishiga qulaylik olib kiruvchi grand loyihasini sohaga tatbiq etish, Kavreyn Vladimir bilan milliy madaniyatimizni jahonga yangi formatda yanada kengroq koʻrsatish maqsadida “Media shou” oʻtkazish boʻyicha loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza almashdik.

Shuningdek, qabul davomida oʻzi yozgan sheʼr asosida qoʻshiq yozib, ommaviy tadbirlarda kuylash uchun amaliy yordam soʻragan erkin ijodkor Barno Nazarmuhammedova, Oʻzbek davlat sirki faoliyatini yanada yaxshilash masalalarini Rustam Xametov bilan birga muhokama qildik.

Eʼtiborlisi, fuqarolar qabulida kundan kunga  sohani rivojlantirishga oid taklif va gʻoyalarini ortib borayotganligi quvonarli holdir. Shuni ham taʼkidlash joizki, insonni ulugʻlash, xalqimizni rozi qilishga qaratilgan islohotlar doirasida hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydi.

Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov


💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yosh ijodkorlarimiz yana  xalqaro maydonda

Ayni paytda Madaniyat vazirligi vakillari va bir guruh yosh ijodkorlar Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Delfi - 2023” XVII xalqaro o‘yinlarida ishtirok etishyapti.
MDHga a’zo mamlakatlar yoshlari o‘rtasida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi munosabatlarni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur xalqaro tanlovda O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiya davlatlaridan kelgan 600 ga yaqin yosh ijodkorlar qatnashmoqda.

Ishtirokchilar fortepiano, xalq cholg‘ulari, tasviriy va amaliy san’at, skripka kabi 10 ta nominatsiya bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etishadi. Xususan, bizning yosh ijodkorlar ham tasviriy san’at yo‘nalishidagi tanlovda o‘z ijodiy ishlarini namoyish etishadi.

Ma’lumot o‘rnida keltirish joizki, ushbu xalqaro o‘yinlar ilk bora 2002-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, hozirga qadar 16 marotaba o‘tkazilgan. Eng muhimi, ushbu tanlov yoshlar uchun samarali maktab, o‘zaro bilim va tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu xalqaro tanlov o‘z ishini 10-oktyabrga qadar davom ettiradi.

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM