Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.6K subscribers
32.3K photos
6.38K videos
78 files
13.1K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
⚡️ 1-avgust kuni O'zbekiston madaniyat vazirining xalqaro masalalar bo'yicha maslahatchisi Shohrux Akbarov hamda Qatar Davlati Madaniyat vazirligi protokol va aloqalar bo'limi boshlig'i Ahmad Al Alyafiy, Tashkiliy ishlar boshqarmasi boshlig'i Ahmad Husayn Abu Malha o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama madaniy hamkorlik munosabatlarining joriy holati va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar haqida fikr almashildi.

Shu bilan birga, 2024-yilning oktyabr oyida O'zbekistonda tashkil etilishi kutilayotgan "Qatar madaniyati haftaligi"ni o'tkazish muddatlari, manzillari va tartiblari yuzasidan taqdimot bilan tanishildi.

Uchrashuv yakunida vazirining xalqaro masalalar bo'yicha maslahatchisi Shohrux Akbarov O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning joriy yil 25-30-avgust kunlari “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimiga Qatar Davlati madaniyat vaziri Shayx Abdulrahmon bin Hamad bin Jassim bin Hamad Al-Tanini taklif etib yo'llagan xatini xorijiy mehmonlarga topshirdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Xabaringiz bor, 30-iyul "Xalqlar do'stligi kuni" munosabati bilan 29-iyuldan 4-avgustga qadar mamlakatimiz bo'ylab “Do‘stlik” festivali o'tkazilmoqda.

Festival doirasida 1-avgust kuni О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida “Qardoshlik mushoirasi” nomli ma’rifiy tadbir bо‘lib о‘tdi.

Unda О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dо‘stlik aloqalari qо‘mitasi rahbariyati va xodimlari, turli millat yozuvchi shoirlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu marosimda О‘zbekistonda yashab ijod qilayotgan qozoq, tojik, rus yozuvchi va shoirlarining о‘zbek tiliga tarjima qilingan kitoblari, shuningdek, uyushma a’zolari tomonidan ona tilimizga о‘girilgan jahon adabiyotining sara asarlari kо‘rgazmasi namoyish qilindi.

Mazkur ma’rifiy tadbir shoirlar, yozuvchilar va keng jamoatchilik ishtirokida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qо‘yish marosimidan boshlandi. Shundan sо‘ng tadbirlar poytaxtimizda qad rostlagan Abay, Chingiz Aytmatov, Maxtumquli, Aleksandr Pushkin, Nizomiy Ganjaviy, Taras Shevchenko, Yakub Kolas, Shota Rustaveli haykallari poyida davom etdi.

Gul qо‘yish marosimida Qozog‘iston, Turkmaniston Respublikalarining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchilari, Qirg‘iziston hamda Belarus Respublikalarining elchixonasi mutasaddilari ishtirok etishib, yurtimizda keng nishonlanayotgan Do‘stlik festivaliga yuqori baho berishdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Aziz yurtdoshlar, “Madaniyat karvoni” vodiyda!

⚡️ O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O'zbekiston davlat filarmoniyasi taqdim etadi!

2-avgust, soat 19:30da Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumani markazidagi Shohruh markaziy o'yingohida;

3-avgust, soat 19:30da Farg'ona viloyati Bog'dod tumani markaziy o'yingohida;

4-avgust, soat 19:30da Farg'ona viloyati, Beshariq tumani markazidagi Madaniyat markazi old maydonida;

5-avgust, soat 19:30da Andijon viloyati, Buloqboshi tumani markazidagi bolalar va o'smirlar sport maktabi markaziy o'yingohida;

6-avgust, soat 19:30da Andijon viloyati, Andijon tumani Sho'ro qishlog'i markazida taassurotli Madaniyat karvoni gala-konsertlari bo'lib o'tadi.

Taniqli san'atkorlar ijrosidagi dillardan joy olgan qo‘shiqlarni tinglamoqchimisiz?

❗️ Unda marhamat! Zavqli konsert oqshomlariga tashrif buyuring!

Unutmang! Mazkur konsert dasturlari mutlaqo bepul namoyish etiladi!

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM