Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.6K subscribers
32.2K photos
6.36K videos
78 files
13K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
🇺🇿Madaniyat va san’at sohasi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi, ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotadi

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli qaror qabul qildi.

Batafsil

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi teatrlarning 17-yanvar, chorshanba kungi repertuari:

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri
Nomi: “Men, buvim, Iliko va Illarion”
Vaqti: 17:00

Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Nomi: “Qo’pol qo’chqor”
Vaqti: 11:00

Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Yaxshilik qaytadi”
Vaqti: 15:00

Andijon viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Uch dangasa”
Vaqti: 10:00

Andijon viloyati yoshlar teatri
Nomi: “Erkatoyning erkaligi”
Vaqti: 11:00

Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Quvnoq olmaxonlar”
Vaqti: 10.00

Jizzax viloyat musiqali drama teatri
Nomi: “Revizor”
Vaqti: 17.00

Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Qor malikasi”
Vaqti: 11:00

Samarqand viloyаti musiqali drama teatri
Nomi: “Layli va Majnun”
Vaqti: 15.00

Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Sehrli tosh”
Vaqti: 11.00

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri
Nomi: “Qaynona”
Vaqti: 14:00

Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Sehrli uy”
Vaqti: 11.00

Qo‘qon shahar musiqali drama teatri
Nomi: “Muqimiy”
Vaqti: 15.00

Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri
Nomi: “Sehrli chimildiq”
Vaqti: 14.00

Namangan viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Bu chollar-ajib chollar”
Vaqti: 16:00

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “99 tillo tanga”
Vaqti: 14.00

Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Gumroh”
Vaqti: 16:00

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Miyovlagan kim bo’ldi”
Vaqti: 11:00

#repertuar #anons

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Toshkent shahridagi teatrlarning 17-yanvar, chorshanba kungi repertuari:

O'zbek milliy akademik drama teatri
Nomi: "Andishali kelinchak"
Vaqti: 18:00

Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatri
Nomi: "Yoshlik sog'inchi"
Vaqti: 18:00


O'zbekiston davlat satira teatri
Nomi: "Jamila"
Vaqti: 16:00

O'zbekiston davlat drama teatri:
Nomi: "Ishlaganday bo'laylik"
Vaqti: 15:00

#repertuar #anons

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Madaniyat sohasi raqamlashtiriladi, onlayn davlat xizmatlari soni ko‘payadi

“O‘zbekiston–2030” strategiyasida davlat boshqaruvi va sohalarni raqamlashtirish alohida vazifa etib belgilangan. Madaniyat vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ayni paytda ishlab chiqilayotgan yagona axborot tizimi doirasida vazirlik tizimida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, tizim tashkilotlari pasporti va reytingini shakllantirish, moddiy texnika bazasi hisobini yuritish, inson resurslarini boshqarish, ijodiy faoliyatni tartibga solish va raqamlashtirishga doir taqdimot taqdim etildi.

Vazir Ozodbek Nazarbekov sohani raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy omillarning oldini olish, tizimga doir ma’lumotlarni prognozlashtirish, olingan ma’lumotlar kelgusidagi rejalarni to‘g‘ri shakllantirish imkonini berishini alohida ta’kidladi.

Batafsil

#raqamlashtirish

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kecha, 16-yanvar kuni Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi muvofiqlashtiruvchi kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda markazning 2023-yildagi faoliyati boʻyicha hisoboti tinglandi, 2024-yildagi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilanib, ish rejasi tasdiqlandi, muvofiqlashtiruvchi kengash va nazorat-taftish komissiyasi aʼzolari yangi tarkibi tasdiqlandi.

#xalqaro_hamkorlik

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rahbar_tashrifi

🔉Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov 15-yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati bo‘linmasi hamda Namunali “Maqom” ansambli tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan tanishdi.

Dasturda milliy musiqa san’atini tiklash, yosh ijodkorlarning yangi repertuarlarini saralash, bastakor va shoirlar bilan hamkorlikda yangi musiqa asarlari tayyorlash bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, ushbu yangi musiqiy asarlarni xorijiy davlat sahnalariga olib chiqish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda vazirlik tomonidan qo'llab-quvvatlanishi bildirildi.

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Premyera

🎭Joriy yilning 17-18-19-yanvar kunlari soat 15:00 da O‘zbekiston davlat drama teatrida “Ishlaganday bo‘laylik” (Snos) spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Muallif: O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam
Sahnalashtiruvchi rejissor: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston davlat mukofoti laureati, O‘zbekiston davlat drama teatrining bosh rejissori Olimjon Salimov.

Premyerani ko‘rish uchun teatrga tashrif buyuring va madaniy hordiq oling!

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣O‘zbek filmi Yevropa kinofestivalida ishtirok etadi

Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan "Yakshanba" filmi fevral oyida yana bir nufuzli festivalda ishtirok etadi.

🎬Kinokartina bu safar Fransiyaning Vesul shahrida o‘tkaziladigan "Xalqaro Osiyo filmlari festivali" ("Le Festival international des cinémas d'Asie, FICA")da qatnashadi.

Mazkur kinofestival 1995-yil tashkil etilgan bo‘lib, har yil fevral oyida o‘tkaziladi. Bu yilgi marosim 6-13-fevral kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎵 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-sentyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish va soha vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga asosan joylarda tashkil etilayotgan Maqom kechalari:

➡️Farg‘onada Xorazm Maqom kechasi tashkil etildi.

➡️Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri jamoasi Jizzax viloyati Zarbdor tumanida maqom konsert dasturini namoyish etdi.

➡️Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri jamoasi Surxondaryo viloyatida bo'ldi.

➡️Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri jamoasi Toshkent viloyati Angren shahrida konsert dasturi sahnalashtirdi.

➡️O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Toshkent viloyati hududiy bo'limi jamoasi Samarqand shahrida konsert dasturi o'tkazdi.

➡️Toshkent viloyatida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘limi jamoasi ishtirokidagi tadbir bo'lib o'tdi.

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🪙Beruniy tavalludining ming yilligi munosabati bilan tayyorlangan yagona nusxadagi medalyon O‘zbekiston tarixi muzeyiga topshirildi

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi O‘zbek milliy madaniyat markazi rahbari Obid Turatov poytaxtimizdagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga o‘zgacha sovg‘a bilan tashrif buyurdi.

“Vatandoshlar” jamoat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda u Abu Rayhon Beruniy tavalludining ming yilligi munosabati bilan tayyorlangan noyob medalyonni muzeyga topshirdi.

➡️Ushbu medalyon 1973-yilda sobiq ittifoqda haykaltarosh Yuriy Xaldeyev tomonidan Beruniy tavalludining ming yilligiga bag‘ishlab yagona nusxada yasalgan. Ayni vaqtda u noyob eksponat hisoblanadi.

Medalyon muzeyning "Birinchi Renessans davri" burchagiga joylashtirildi.

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM