Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.7K subscribers
32.6K photos
6.45K videos
78 files
13.2K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
TURKSOY xalqaro tashkilotiga a'zo davlatlar Madaniyat vazirlarining 39-yig‘ilishi boshlandi.

💬 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Madaniyat karvoni» ishtirokchilari Qiziltepada.
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar davom etmoqda. Navoiy viloyatida olimlar, ijodkorlar, shoir va yozuvchilar aholi bilan uchrashib, dildan suhbat qurmoqda.
Xalqimizning sevimli san'atkorlari ijrosidagi kuy-qo'shiqlar aholini kayfiyatini ko'tarishga xizmat qilmoqda.

💬 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#madaniyat_karvoni

Navoiy viloyatida "Madaniyat karvoni" festivaliga start berildi

Bugundan "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida Navoiy viloyatining barcha tuman va shaharlarida "Madaniyat karvoni" festivali ko'tarinki ruhda boshlandi.

Poytaxtdan kelgan madaniyat va san'at ahli, olimlar, ijodkorlar, shoir va yozuvchilar aholi bilan uchrashib, dildan suhbat qurmoqda.

"Madaniyat karvoni" festivali doirasida madaniy-ma'rifiy va adabiy-badiiy kechalar, sport tadbirlari hamda konsert dasturlari bo'lib o'tmoqda. Xalqimizning sevimli san'atkorlari ijrosidagi kuy-qo'shiqlar aholini kayfiyatini ko'tarmoqda.


💬 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bursada yangragan milliy navolarimiz dillarga zavqu shavq bag'ishladi

Turkiyaning Bursa shahrida 1-noyabr kuni boshlangan "Qo'rqut ota" xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun Turkiyada bo'lib turgan kinoijodkorlarimiz bilan uchrashib, suhbatlashdik.

Shuningdek, festival doirasida "O'zbekiston kunlari" konsert dasturi tashkil qilindi. Bu orqali Turkiyada yashayotgan vatandoshlarimizga yurt nafasini biroz bo'lsa-da yetkaza oldik, degan umiddamiz.

E'tiborlisi, o'zbek milliy musiqa san'ati durdonalarini maroq bilan tinglagan turkiyalik o'zbek san'ati ixlosmandlari hamda TURKSOY xalqaro tashkilotiga a'zo davlatlar madaniyat vazirlari konsert taassurotlari o'zgacha va unutilmas bo'lganini alohida e'tirof etishdi.

Muxtasar aytganda, bu kabi festivallar tarixda ham, bugun ham bir-biriga yelkadosh, maslakdosh bo'lgan xalqlar, mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'ygan turkiy tilli davlatlar o'rtasidagi madaniyat almashinuvini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi shubhasiz.

Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov

💬 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi uchrashuv hamkorlikning yangi istiqbollarini ochib beradi

TURKSOY xalqaro tashkilotiga a'zo davlatlar Madaniyat vazirlarining 39-yig‘ilishida ishtirok etdik.
Unda umumiy til va mushtarak qadriyatlar birligi asosida shakllangan tashkilot tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar doirasida madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanayotgani alohida ta'kidlandi.
Yig‘ilish qatnashchilariga turkiy davlatlar tashkilotlarining "Turk dunyosining madaniy poytaxti"," Turkiy dunyo turizmi" va "Tabarruk ziyorat" sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, hunarmandchilik ko‘rgazmalari va turli festivallarni o‘tkazish, shuningdek, nomoddiy madaniy merosni saqlash, uni kelajak avlodga asl holicha yetkazish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan chora- tadbirlar rejasini birgalikda ishlab chiqish taklifini kiritdik.
Ishonchimiz komilki, bugungi uchrashuv natijalari Turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi samarali hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilab beradi.

Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri

💬 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM