Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.6K subscribers
32.3K photos
6.38K videos
78 files
13K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
#Live
#Premyera

🎬 Milliy kino san'ati saroyida "Pandemiya" filmining katta premyerasi boshlanish arafasida

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videoreportaj

⚡️Kuni kecha yurtimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida, jumladan Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida ham 2024-2025-o'quv yili boshlanganligi haqida xabar berilgan edi.

Navbatdagi lavhamiz O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutidagi jarayonlar haqida.

Ma'lumot o'rnida, Madaniyat vazirligi tasarrufidagi oliy ta'lim muassasalarida 2024-2025-o‘quv yilida 2 635 nafar talaba 1-bosqichga qabul qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Yurtimizdagi teatrlarning 11-sentyabr, chorshanba kungi repertuari bilan tanishing:

O‘zbek Milliy Akademik drama teatri
Nomi: "Skapenning nayranglari"
Vaqti: 18.00

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatri
Nomi: "Osmon hamma gapni eshitadi"
Vaqti: 18.00

O‘zbekiston Davlat satira teatri
Nomi: "Qalbim sohili"
Vaqti: 16.00

“Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi
Nomi: "Buzruk haqida afsona" Premyera
Vaqti: 17.00

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Akademik musiqali teatri
Nomi: "Xalq uchun"
Vaqti: 17.00

Qoraqalpoq Davlat yosh tomoshabinlar teatri
Nomi: Mavsum ochilishi "Uydagi gap ko‘chada"
Vaqti: 17.00

Qoraqalpoq Davlat qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: "Inoq do‘stlar"
Vaqti: 15.00

Andijon viloyati yoshlar teatri
Nomi: "G‘aroyib hangoma"
Vaqti: 14.00

Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: "Quvnoq olmaxonlar"
Vaqti: 10.00

Jizzax viloyat musiqali drama teatri
Nomi: "Monolog" Premyera
Vaqti: 17.00

Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: "Saboq"
Vaqti: 11.00

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri
Nomi: "Advokatlik oson-mu"
Vaqti: 16.00

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: "Qaldirg‘och va mayna"
Vaqti: 11.00

Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri
Nomi: "Ahmad Farg‘oniy"
Vaqti: 10.00

Farg‘ona viloyat rus drama teatri
Nomi: "Igrushki" (Toshloq)
Vaqti: 10.00 - 12.00

Qo‘qon shahar musiqali drama teatri
Nomi: "Baxtsiz oshiqlar"
Vaqti: 11.00

Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri
Nomi: "Uvaysiy" maqom
Vaqti: 11.00

Namangan viloyati musiqali drama teatri
Nomi: "Aziz"
Vaqti: 16.00

Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: "Zumrad va Qimmat"
Vaqti: 13.00

Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Nomi: "Aldama yor"
Vaqti: 16.00

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: "Karvon saroy"
Vaqti: 11.00 - 14.00

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bir guruh madaniyat va san’at sohasi vakillariga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni topshirildi

Xabaringiz bor, 26-30-avgust kunlari Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali hamda 31-avgust kuni yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida bayramona konsert dasturi bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirlarning konsert dasturlarini tayyorlashda tashkiliy-ijodiy guruhning hamda guruhga rahbarlik qilgan madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedovning xizmatlari beqiyosdir.

Shu munosabat bilan, 10-sentyabr kuni mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, o‘zbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini jahon miqyosida oshirishda fidokorona mehnat qilgan, shuningdek, o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan hamda yuqoridagi tadbirlarning yuqori saviyada o'tishida o'z xizmati, mehnati, fidokorligi bilan ishtirok etgan madaniyat va san’at sohasi vakillarining bir guruhi “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

“Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonlari madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov tomonidan o'z egalariga topshirildi.

Madaniyat vazirligi jamoasi taqdirlanganlarni muborakbod etib, kelgusidagi ijodlariga muvaffaqiyat tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat, diqqat!

⚡️ О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 17.00.09 – “Raqs san’ati” ixtisosligi bо‘yicha tayanch doktorantura (Phd)ga tanlov asosida qabul e’lon qiladi.
 
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

ariza;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
B1 darajadagi xorijiy til sertefikati;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi nusxasi;
ilmiy ishlar rо‘yxati 3.4 shakl, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 2 ta tezis va tanlagan mavzusi bо‘yicha OAK e’tirof etgan jurnalda 1 ta ilmiy maqola);
ish joyidan tavsifnoma;
pasport nusxasi;
ilmiy rahbar rozilik xati.
 
📥 Hujjatlar https://daraja.ilmiy.uz orqali joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.

Ma’lumot о‘rnida, tasdiqlangan kvota bо‘yicha 2 ta о‘ringa mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari va suhbat bо‘lib о‘tadi.

📞 Murojaat uchun: +998 90 821 54 44, @tursunovna_sh

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videoreportaj

⚡️ Kuni kecha Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrining 86-mavsumi bayramona kayfiyatda boshlandi.

Teatr binosi oldida karnay-surnay sadolari teatrga tashrif buyurgan mehmonlarni hamda teatr ijodiy jamoasiga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Shundan so‘ng dramaturg – Qo‘chqor Norqobilning asari asosida rejissyor – Doston Haqberdiyev tomonidan sahnalashtirilgan "Osmon hamma gapni eshitadi" spektakli namoyish etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat tanlov!

⚡️ Madaniyat vazirligi, O'zbek milliy maqom san'ati markazi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda Farg‘ona viloyati hokmligi bilan hamkorlikda “Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov” nomidagi yosh ijrochilar respublika ko’rik-tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov joriy yilning 17-sentyabr kuni Farg‘ona viloyati Marg'ilon shahar maqom teatrida bo‘lib o‘tadi.

Taqdirlash marosimi 18-sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Farg'ona viloyat teatr va konsert saroyida o'tkazilad.

Tanlov bir bosqichdan iborat bo‘lib unda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. 

Ko‘rik-tanlovda professional va havaskor, yakka ijrochilar hamda ansambllar ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirok etuvchi nomzodlar  Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov ijod namunalaridan hamda Toshkent-Farg‘ona maqom yo‘llaridan asar ijro etishlari lozim.

G‘oliblar Madaniyat vazirligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar joriy yilning 15-sentyabr kuniga qadar quyidagi havoladagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim. Havola

📞 Batafsil ma’lumot uchun telefon:+998909572826; +998998592511

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_va_ijro

⚡️Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida Prezidentning "Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 406-sonli Qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha hududlardagi havaskorlik jamoalarining turizm obyektlarida madaniy dasturlarni namunaviy tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari muhokama etildi. Qaror ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan tuman va shahar madaniyat bo‘limi mudirlari va jamoalarning badiiy rahbarlari ogohlantirilib, qaror ijrosini sifatli hamda yuqori saviyada o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, vazirlik tizimidagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining yarim yillik hisobotlari hamda yil yakuniga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi, erishilgan natijalar, tadbirlar samaradorligi hamda yo'l qo'yilgan kamchilik va xatoliklar muhokama etildi.

Yig‘ilish yakunida II yarim yillikda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama etilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM