Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.6K subscribers
32.2K photos
6.37K videos
78 files
13K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
⚡️ Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo’ydi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillikka_33_yil

🇺🇿 Sevara Nazarxanova - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ozodbek Nazarbekov
Davlat rahbari kuni kecha kreativ industriya haqida gapirdi. Eʼtiborni kreativ sohalarga qaratishimiz, ularni jadal rivojlantirishimiz zarur, deya taʼkidladi. Bu xitobga biz bugun “labbay!” deya yangi kreativ loyihamizga start beramiz.

Nomoddiy madaniy meros targʻibotiga qaratilgan ushbu loyihani Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti “Qadriyatfilm” bilan hamkorlikda amalga oshirdi.

Mitti vatanlarni katta yurakka jo qilib Yurt va Millat qalbini aks ettirgan bu samimiy ijod mahsulidan boshqacha taʼsirlandim. Qarang, ota-buvalardan kelayotgan qadriyatlarni eʼzozlash bilan ham vatanparvar boʻlish mumkin ekan... Ajdodlaring asragan qadriyatlarga sadoqating ham asli millatparvarliging ekan...

Bu tasvirlarni koʻrayotib OʻzBekligingni yangidan idroklaysan: har parchada Vatan parchasi, Millat fitrati-yu tiynati mujassam.

Fursatdan foydalanib, yurt ishqini 50ta audiovizual lavhaga jamlagan kreatorlar jamoasi – Iroda Dadajonova, Maʼruf Hasanov, Azizjon Haydarovga ushbu xayrli loyiha uchun minnatdorlik bildiraman.

Biz bu videoroliklar tarqab ketib, tarqoq koʻngillarni birlashtirishini istadik. Zero yurtning kuchi – birlikda, qadri esa tinchlikdadir!

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillikka_33_yil

🇺🇿 Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida bayramona konsert dasturi o'tkazildi.

⚡️ Ushbu konsert dasturining tayyorlanishida tashkiliy-ijodiy guruhga rahbarlik qilgan madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov hamda tashkiliy-ijodiy guruhning xizmatlari beqiyosdir.

Tashkiliy-ijodiy guruh quyidagi tarkib bo'yicha jamoaviy mehnat qilishdi:

Ssenariy mualliflari: Gʻayrat Majid, Salim Ashur, Uchqun O‘sarov, Mansur Jumayev;

Bosh rejissyor: O‘zbekiston san’at arbobi Rustam Shamsutdinov;

Sahnalashtiruvchi rejissyorlar: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Erkin Qahhorov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Nodira Qurbonova, Anatoliy Goloshapov, Hotam Axunov, Zafar Asqarov, Ruslan Haydarov, Elmurod Yo‘lchiboyev, Fotima va Zuhra Ziyomuhammedovalar;

Ommaviy guruhlar bilan ishlash bo‘yicha rejissyorlar: Mohiraxon Hamdamova, Fotima Rahmanova;

Rejissyor yordamchilari: Jaloliddin Nabiyev, Shahriddin Bahriddinov, Ozodbek Olimov, Zafarbek Qahhorov, Akmal Izzatulloyev, Muhiddin Normo‘minov, Zumrad Muhrimova, G‘ofir Ro‘zimov, Jahongir Nabiyev, Sardor Badalov, Elbek Nomozov, Dilyorbek Toshev, Doniyor Sultanov, Fatxulla Abduzoirov;

Musiqa rahbarlari: O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alibek Abdurahmonov;

Bosh rassom: “Do‘stlik” ordeni sohibi Akmal Jamoldinov;

Liboslar bo‘yicha bosh dizayner: “Do‘stlik” ordeni sohibasi Sevara Zunnunova;

Bosh baletmeyster: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Charos Jo‘raboyeva;

Sahnalashtiruvchi baletmeysterlar: O‘zbekiston xalq artisti Qodir Mo‘minov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulmira Madrahimova, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Indira Atagullayeva, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Yelena Nadirova, “Nihol” mukofoti sovrindori Sherzod Kenjaboyev, Dilfuza Jo‘raboyeva, Dildora Gaziyeva;

Baletmeysterlar guruhi: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Nigarxon Nazarova, Erkinoy Saitova, Shonazar Botirov, Sunnat Karimov,
Maftuna Seyitxalilova, Baxtiyar Nazarov;


Xormeysterlar: Gulnora Malikova, Anna Turkina;

Bosh ovoz rejissyori: Igor Iosis;

Ovoz rejissyorlari: Asad Mahammadiyev, Leonid Yamburenko, Timur Galin, Abdujabbor Mirusmonov, Mashxurbek Sattarov, Mansur Samandarov, Otabek Mo'minov, Fazliddin Xojiniyozov;

Translyasiya rejissyorlari: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Alisher Madrahimov, Solijon Qodirov, To‘lqin Shamsiyev, Shavkat Umrzoqov, Iftihor Rahimjonov, Farrux Meliboyev;

Videoroliklar bo‘yicha rejissyorlar: Bahodir Adilov, Oybek Sodiqov, Murodjon Odilov, Ilhom Haydarov, Akromali Abdullayev, Saidalo Masudxonov, Xurshid Mahkamov;

Ekran muxandislari: Abdulaziz Usmonov, Abdujalol Do‘smuhammedov, G‘aybulla Asatullayev, Ahmedov Hojiakbar, Nuriddin Tadjiboyev, Mirmahmud G‘ulomov, Ramizbek Usmanbekov, Mirzohid Mirsagatov;

Chiroq muhandislari: Saidbek Burxanov, Farhod Kadirov,
Hasan va Husan Burxanovlar, Diyor Shermuhammedov,
Aleksey Ajmegov, Artyom Kocharyan, Shuhrat Rahmonov, Aleksey Inkov;


Muvofiqlashtiruvchi tashkiliy-ijodiy guruh: Qobil Yuldashev, Muzaffar Sayfullayev, Abdumalik Turaxanov, Furqat Shavazov, Jasur Xolxo‘jayev, O‘rol Xudoyberdiyev, Xojiakbar Mahmudov, Anvar Qurbonov, Ilhom Doniyarov, Fazliddin Jabborov, Otabek Madrahimov, Azimjon Abduhalilov, Javohir Madrahimov;

Tashkiliy-ijodiy guruh: Odiljon Abduqahhorov, Ikrom Bo‘riboyev, G‘ofur Eshmurodov, Sanjar Bobojonov, Kamoliddin Alimahsumov, Bahrom Usmonov, Alisher Qilichev, Farrux Botirov, Anvar Tojiboyev, Sanjar Erdanov;

Tashkiliy-ijodiy guruh rahbari: O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Sodiq xizmatlari uchun” medali sovrindori Bahodir Ahmedov.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'ziya

O’zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi.

Bobomurod Hamdamov o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san'atining rivojlanishida salmoqli hissa qo'shib, bir nechta o‘lmas asarlar yaratdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa uning "Sulton Jaloliddin", "Kim ekan", "Devona", "Galdimu", "Qo‘rqdim" kabi qo‘shiqlari keng ommalashib, xalq qalbida munosib o’rin egalladi.

Bobomurod Hamdamov buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning munosib izdoshi edi. Uning qoʻshiqlari va ijodi oʻzbek sanʼatining „oltin fondi“ga kiritilgan bo’lib, yorqin xotirasi muxlislar qalbida mangu yashaydi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt