Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.9K subscribers
32.3K photos
6.39K videos
78 files
13.1K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
⚡️ Avval xabar berilganidek, “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida tashrif buyurayotgan xorijiy mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida volontyorlar guruhi shakllantirilib, ular bilan ham uchrashuv o’tkazilgan edi.

16-avgust kuni madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligida 180 nafar volontyorlarga o‘quv seminari o‘tkazildi.

Ushbu seminarda “Yangi O‘zbekistonda yangi islohotlar”, “O‘zbekiston va Samarqand tarixi”, “Milliy musiqa tarixi va Sharq taronalari”, “Samarqand viloyatining iqtisodiy o'sishi va turizm salohiyati” kabi yo'nalishlarda Respublika ma’naviyat targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova, Samarqand davlat universiteti dotsenti Olimjon Irisqulov, Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti Shahriyor Xolboyev, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa instituti o‘qituvchisi Zavqiddin Shukurovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kino

🎬 18-avgust kuni namoyish etiladigan filmlar bilan tanishing

👉 Batafsil

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hududingizda madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklardan boxabar bo’lib borishni istaysizmi?

➡️ Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarda san’at va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklardan boxabar bo‘lishingiz mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligi - https://yangx.top/kulturapressaRK

Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi – https://yangx.top/Andijon_Madaniyat_kanal

Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi – https://yangx.top/buxoromadaniyatuz

Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi – https://yangx.top/jizzax_madaniyat

Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi – https://yangx.top/Madaniyat_boshqarmasi

Navoiy viloyati madaniyat boshqarmasi -https://yangx.top/nav_vil_madaniyat_boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi – https://yangx.top/madaniyatqarshi

Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi – https://yangx.top/samvilmadaniyat

Sirdaryo viloyati madaniyat boshqarmasi – https://yangx.top/Sirdaryo_madaniyat

Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi – https://yangx.top/surxonmadaniyati

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi – https://yangx.top/toshmb_uz

Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi – https://yangx.top/viloyatMadaniyatboshqarmasi

Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasi – https://yangx.top/fargonamadaniyat

Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi – https://yangx.top/xorazm_madaniyat

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat tanlov!

⚡️ Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda “Madaniyat to'lqinlari” media loyihasi tanlovini e'lon qiladi!!!

Tanlov ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida milliy g‘ururni shakllantirish, oilaviy qadriyatlar, urf-odat va an’analarni targ‘ib qilish, media olamni ezgu hamda umuminsoniy mavzudagi materiallar bilan boyitish maqsadida quyidagi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:

milliy g‘urur tushunchasini targ‘ib qilish, Vatanga sadoqat tuyg‘usini ommalashtirish;

Vatanning har qarich yerini qo‘riqlash, jangovar shaylikni mustahkamlashga har bir fuqaro mas’ul ekanini singdirib borish;

qiz farzandlarni o‘qitish, kasb-hunarli bo‘lishi hamda zamonaviy ilmlarni egallashiga ko‘maklashish, bu orqali “Alp Onadan” degan qadimiy taomil mohiyatini ommalashtirish;

o‘zining bilimi, mehnati, intilishlari sababli jamiyatda munosib o‘rnini topgan yoshlar hayotini aks ettiruvchi, boshqalarni muvaffaqiyatlar sari undovchi ta’sirchan ijtimoiy roliklar.

tibbiyot, ta’lim, IIV, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda kasbiy madaniyatni rivojlantirish;

oilaviy qadriyatlar asrab-avaylash (masalan, oilada otaning o‘rni qanday bo‘lishi kerak);

zamonamiz qahramoni deb aytish mumkin bo‘lgan oramizdagi oddiy odamlarni ommaga tanitish;

yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan shug‘ullanishga undash, o‘z kuchiga ishonishni, sinovlardan cho‘chimaslikni targ‘ib etish;

ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, “ota-onam nimaniyam bilardi” degan tushuncha shakllanishining oldini olish;

yildan-yilga unut bo‘layotgan qadriyat va an’analarni ommalashtirish hamda ularning ahamiyatini odamlar ongiga quyib borish.

Tanlovda barcha turdagi havaskor va professional blogerlar (vayner, yutuber, podkastchilar va hokazo), ijtimoiy tarmoq faollari hamda O‘zbekiston Respublikasidagi Oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘quvchilar, bolalar musiqa va san’at maktablarining o‘quvchilari, badiiy va ijodiy jamoalar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga kelib tushgan media (video) mahsulotlar tegishli mutaxassislardan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha 5 tadan, jami 50 ta media mahsulot saralab olinadi.

Saralab olingan media mahsulot mualliflari tashkilotchilar tomonidan diplom va bir martalik 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Media mahsulotlar joriy yilning 30-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Media mahsulotlar muhokamasi va saralash – joriy yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Taqdirlash marosimi – 2024-yil noyabr oyida tantanali ravishda bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash markaziga murojaat etishlari mumkin.

📞 Murojaat uchun telefon: (91) 137-33-02

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MAQOM MARKAZI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🫥Hamnafaslik & Jo'rovozlik

🎼O‘zbek milliy musiqa san'ati oltin ensiklopediyasi

🇺🇿O'zbek milliy maqom san'ati markazining rasmiy sahifalari:
Telegram   I  Instagram 
Facebook  I  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚡️ Axborot 24 | «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik
#uzbekiston24

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Ayni kunlarda Turkiyaning Istanbul, Kars va Erzurum shaharlarida TURKSOY tashkiloti hamda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi bilan hamkorlikda "Turk dunyosi shamollari" nomli konsert dasturlari tashkil etilmoqda.

Unda, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya Respublikalarining ijodiy jamoalari o'z konsert dasturlari bilan ishtirok etishmoqda.

O'zbekistondan filarmoniyaning Farg'ona viloyati bo'linmasi jamoasi o'z dasturlari bilan ishtirok etib, 15-avgust kuni Istambul, 16-17-avgust kunlari Kars shaharlarida o‘zbek milliy raqslari va milliy kuy qo‘shiqlarini namoyish etishgan bo'lsa, bugun 19-avgust kuni Erzurum shahrida konsert dasturlarini namoyish etishadi.

Ma'lumot o'rnida, ushbu tadbir TURКSOY tashkiloti tomonidan Turkiya Respublikasining Istanbul, Kars va Erzurum shaharlarida tashkil etilmoqda.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun, 19-avgust kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida yig'ilish o'tkazildi. Unda, vazirlikning markaziy apparati xodimlari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlangan islohotlar natijasida davlat boshqaruvining barcha sohalarida, shu jumladan, madaniyat sohasida ham ochiqlik va shaffoflikni ta’minlovchi yangi mexanizmlar hayotga samarali joriy etilayotganligi ta'kidlandi.

Prezidentning tegishli qaroriga ko'ra, davlat organlari axborot resurslari yagona platformaga ulangan bo'lib, har bir davlat tashkiloti o'z sohasiga oid ma'lumotlarni belgilangan tartib va muddatlarda ushbu platformaga joylab borishi belgilangan.

Yig'ilish davomida ushbu platformaga vazirlikning byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq maʼlumotlarning joylashtirilishi tanqidiy muhokama etildi.

Shuningdek, vazir Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko'ra, Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari — vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan O‘sarov Sirojiddin Baxriddinovichni jamoaga tanishtirib, kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi hamda o'z bilim va iqtidorini soha rivoji uchun safarbar etishiga ishonch bildirdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM