Unda, Madaniyat vazirligi Teatr va sirk san'ati faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi bosh mutaxassisi Farhod Elmurodov hamda “O'zbek davlat sirki” rahbariyati va xodimlari ishtirok etishdi.
26-28-iyul kunlari Qozog'istonda bo'lib o'tgan "ALMATY CIRCUS FESTIVAL" nomli xalqaro sirk san'ati festivalida 18 dan ortiq davlatlardan sirk san'atkorlari o'z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
Professional hakamlar hay'ati tomonidan festivalning Gran-prisi arqonda o'ziga xos harakatlar ijro etib, "Uchlik nafas" raqami bilan tomoshabinlarni lol qoldirgan “O'zbek davlat sirki” san'atkori Kristina Vorobyova boshchiligidagi arqonda yuruvchilar jamoasiga berildi.
Shuningdek, festivalda Italiya, Portugaliya, Qozog‘iston, Ukraina, Efiopiya, Xitoy va Rossiyadan kelgan ishtirokchi san'atkorlar g‘olib va sovrindorlikni qo'lga kiritdilar.
G'oliblar Rossiya davlat sirk kompaniyasining maxsus mukofotlari hamda “Chegarasiz” va “Sirk malikasi” xalqaro sirk sanʼati festivallarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
“ALMATY CIRCUS FESTIVAL” xalqaro festivali barcha sirk sanʼati ixlosmandlarining bayramiga aylandi. Rossiya davlat sirk kompaniyasi bosh direktori Sergey Belyakov ta’kidlaganidek, bu shunchaki festival emas, balki madaniy almashinuv uchun ham muhim maydondir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
⚡️ Yangi uyg'onish yo'li - xalqaro madaniy aloqalar
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining madaniyat va san’at sohasidagi xorijiy davlatlar bilan hamkorligi so'nggi yillarda yangi bosqichga ko'tarildi. Mamlakatimizning madaniy diplomatiyasi yuksaldi. Jumladan, 2017-yildan bugungi kunga qadar 28 ta xorijiy davlatlarda O'zbekiston madaniyati kunlari o'tkazildi.
🎤 Ko'rsatuvda,
✅ O'zbekiston xalq artisti - Abdulhoshim Ismoilov;
✅ O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq artisti, Tojikiston xalq hofizi - Munojotxon Yo'lchiyeva;
✅ O'zbekiston, Qoraqalpog'iston, Tojikiston Xalq hofizi faxriy unvoni, Turkmaniston va Qozog'istonda xizmat ko'rsatgan artist - Yulduz Usmonova;
✅ O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist - Ilyos Arabov;
✅ Madaniyat vazirining xalqaro masalalar bo'yicha maslahatchisi - Shohrux Akbarovlar intervyu berishdi.
™️ Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sharq_taronalari_2024
⚡️ YUNESKO shafeligida 25-30-avgust kunlari “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo'lib o'tadi.
🇺🇿 Festival haqida:
🇺🇿 O’zbek tilida
🇬🇧 Ingliz tilida
🇷🇺 Rus tilida
™️ Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Doʻstlik_festivali
⚡️ Xabaringiz bor, 30-iyul "Xalqlar do'stligi kuni" munosabati bilan 29-iyuldan 4-avgustga qadar mamlakatimiz bo'ylab “Do‘stlik” festivali o'tkazilmoqda.
✅ 31-iyul kuni O'zbekiston Milliy kino san'ati saroyida“Do‘stlik” festivali videoroliklar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
✅ Ushbu marosimda "Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi" tomonidan suratga olingan rejissyor Abdusamad Salomov hamda ssenariy muallifi Humoyun Akbarovlarning "Bag‘ri keng yurt. Quyosh bunda izzatda" nomli hujjatli filmi “Televideniye kanallari orqali efirga uzatilgan do‘stlikni tarannum etgan eng yaxshi ko‘rsatuv, reportaj” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.
✅ Maʼlumot uchun: Ushbu nominatsiya bo‘yicha Respublikamizning barcha hududlaridan 26 ta ijodiy ishlar qabul qilindi. Nominatsiyada g‘olib bo‘lgan 1-o‘rin sohibi 25 million so‘m, 2-o‘rin 20 million so‘m, hamda 3-o‘rin sohibi 15 million so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, 5 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin sohiblari ham eʼlon qilindi. Ular 10 million so‘mdan pul mukofotiga ega bo‘lishdi.
❕ “Do‘stlik” festivali 4-avgustga qadar davom etadi, festival dasturi bilan - bu yerda - tanishing.
™️ Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг июль ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X