Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.8K subscribers
32.6K photos
6.45K videos
78 files
13.2K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Kuni kecha Anqarada Xalqaro Kechio'ren Turk dunyosi festivali bo'lib o'tdi.

Turk dunyosi birdamligini mustahkamlash maqsadida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) va Kechio’ren hokimiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu festival - O'zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg'iziston, Kabardino-Balkar davlatlaridan tashrif buyurgan 200 nafardan ortiq san'atkorlarni birlashtirdi.

Festivalda turli davlat elchixona va Kechio'ren shahri hokimligi vakillari qatorida, O'zbekiston Madaniyat vazirligi Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig'i Ahror Mirzayev hamda o'zbekistonlik 18 nafar san'atkorlar ishtirok etishdi.

Quvonarlisi tadbirda o'zbek madaniyati va san’ati vakillari: Turk dunyosi madaniyat va san'atiga qo'shgan xizmatlari uchun “Turksoy” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik
#Mutolaa_uchun_tavsiya_etiladigan_kitoblar

"Ulug' onaning janozasi" - Gabriel Garsia Markes

"Alkimyogar" - Paulo Koelo

"Cho'qintirilgan ota yoki mafiya sardori" - Mario Pyuzo

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fotoreportaj
#Doʻstlik_festivali
#Navoiy

⚡️Ayni kunlarda respublika bo'ylab, 30-iyul "Xalqlar do‘stligi kuni"ga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ma'lumot o'rnida, “Do'stlik” festivali 4-avgustga qadar davom etadi, festival dasturi bilan - bu yerda - tanishing.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun, 31-iyul kuni Qozog'istonda bo'lib o'tgan "ALMATY CIRCUS FESTIVAL" nomli xalqaro sirk san'ati festivalining Gran-pri sovrindorlari “O'zbek davlat sirki” davlat muassasasida tantanali kutib olindi.

Unda, Madaniyat vazirligi Teatr va sirk san'ati faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi bosh mutaxassisi Farhod Elmurodov hamda “O'zbek davlat sirki” rahbariyati va xodimlari ishtirok etishdi.

26-28-iyul kunlari Qozog'istonda bo'lib o'tgan "ALMATY CIRCUS FESTIVAL" nomli xalqaro sirk san'ati festivalida 18 dan ortiq davlatlardan sirk san'atkorlari o'z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

Professional hakamlar hay'ati tomonidan festivalning Gran-prisi arqonda o'ziga xos harakatlar ijro etib, "Uchlik nafas" raqami bilan tomoshabinlarni lol qoldirgan “O'zbek davlat sirki” san'atkori Kristina Vorobyova boshchiligidagi arqonda yuruvchilar jamoasiga berildi.

Shuningdek, festivalda Italiya, Portugaliya, Qozog‘iston, Ukraina, Efiopiya, Xitoy va Rossiyadan kelgan ishtirokchi san'atkorlar g‘olib va ​​sovrindorlikni qo'lga kiritdilar.

G'oliblar Rossiya davlat sirk kompaniyasining maxsus mukofotlari hamda “Chegarasiz” va “Sirk malikasi” xalqaro sirk sanʼati festivallarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

“ALMATY CIRCUS FESTIVAL” xalqaro festivali barcha sirk sanʼati ixlosmandlarining bayramiga aylandi. Rossiya davlat sirk kompaniyasi bosh direktori Sergey Belyakov ta’kidlaganidek, bu shunchaki festival emas, balki madaniy almashinuv uchun ham muhim maydondir.

🇺🇿 Madaniyat vazirligi jamoasi “O'zbek davlat sirki” davlat muassasasi san'ati ustalarini ushbu yutuq bilan muborakbod etadi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM