#Dayjest
⚡️ O'tgan haftaning eng muhim voqealari hafta dayjestida
✅ 11-12-iyul kunlari madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Samarqand viloyatida bo'ldi.
✅ Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY 31 yoshda
“O'zbekiston madaniyati va kino kunlari" doirasida O'zbekiston Davlat filarmoniyasining “Navro'z” ashula va raqs ansambli va Gruziyaning “Erisioni” davlat akademik xalq ashula va raqs ansambli o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
✅ Belarus Respublikasida "Vitebskdagi Slavyan bozori" 33-xalqaro san'at festivali doirasida O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov ham ishtirok etdi.
✅ 11–12-iyul kunlari madaniyat vaziri o'rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Navoiy viloyatida bo'ldi.
✅ Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Oliy ta'lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tdi.
✅ 7-12 iyul kunlari Turkiyaning Bursa shahrida "Oltin qorako'z" 36-xalqaro folklor xalq raqs festivalida O'zbekiston ilk bor 1-o'rinni egalladi.
✅ Belarus Respublikasida bo'lib o'tgan "Vitebskdagi Slavyan bozori" 33-xalqaro san'at festivali doirasida ShHTga a'zo davlatlar madaniyat vazirlari va delegatsiyalari a'zolari, madaniyat muassasalari rahbarlari o'rtasida muzokaralar va uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Unda, O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov ham ishtirok etdi va nutq so'zladi.
✅ "Sharq taronalari" XIII xalqaro musiqa festivalini yuqori saviyada o'tkazish maqsadida, Samarqand shahrida shtab o'z ishini boshladi, unga madaniyat vazirining o'rinbosari Murodjon Majidov rahbarlik qilmoqda.
✅ Marg'ilon shahar Musiqali maqom teatrining III chorak repertuar rejasidan o'rin olgan, "UVAYSIY" asari davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirildi va premyerasi bo'lib o'tdi.
✅ Indoneziya Respublikasi Talim, Madaniyat, Tadqiqotlar va Texnologiyalar vazirining Madaniyat va san’at ishlari bo’yicha birinchi o'rinbosari Hilmar Farid janoblari Samarqandga tashrif buyurdi. Unda, “Imom al-Buxoriy va Sukarno” asarining Kattaqo'rg'on teatrida sahnalashtirilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
✅ Madaniyat vaziri o'rinbosari Yusufjon Usmonov Navoiy viloyatidagi ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasida hamda viloyat ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida bo'lib, mazkur muassasalar faoliyati va muammolarini o'rgandi.
™️ Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
“O'zbekiston madaniyati va kino kunlari" doirasida O'zbekiston Davlat filarmoniyasining “Navro'z” ashula va raqs ansambli va Gruziyaning “Erisioni” davlat akademik xalq ashula va raqs ansambli o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maʻnaviyat_festivali
#Biz_bir_boʻlsak_yagona_xalqmiz_birlashsak_Vatanmiz
⚡️ 2024-yilning iyul-avgust oylarida yurtimiz bo'ylab, “Biz bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida ma'naviyat festivalining bo'lib o'tishi belgilangan.
✅ Shu munosabat bilan 10 -16 - iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan hamda Qashqadaryo viloyatlari bo'ylab ma'naviyat festivali start oldi.
✅ Mazkur festivalda Madaniyat vazirligining Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Bahrom Usmonov boshchiligida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi respublika teatrlarining taniqli aktyorlari, kino aktyorlari, O'zbekiston davlat filarmoniyasi, “O'zbekkonsert” davlat muassasasi va Respublika Maqom markazining taniqli xonandalari ishtirok etishdi. Festival doirasidagi tadbirlar ko'tarinki ruhda o'tkazildi.
™️ Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
#Biz_bir_boʻlsak_yagona_xalqmiz_birlashsak_Vatanmiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Askiya_sayli
#Namangan
⚡️ "Askiya sayli" konsert dasturi Namanganda!
Respublika askiya va qiziqchilik san'ati markazi jamoasi ijodiy safar bilan Namangan viloyatida bo'lib, Norin tumani Madaniyat markazida "Kulgu - chehraning guli" nomli Askiya sayli konsert dasturini namoyish etdilar.
Konsert dasturida ustoz askiyachilar, taniqli so'z ustasi Valijon Shamshiyev hamda el ardog'idagi xonandalar aholi vakillariga ko'tarinki kayfiyat ulashdilar.
"Kuling do'stlar, umringiz uzoq bo'ladi!".
Bu kabi konsert dasturlari davom etadi.
™️ Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
#Namangan
Respublika askiya va qiziqchilik san'ati markazi jamoasi ijodiy safar bilan Namangan viloyatida bo'lib, Norin tumani Madaniyat markazida "Kulgu - chehraning guli" nomli Askiya sayli konsert dasturini namoyish etdilar.
Konsert dasturida ustoz askiyachilar, taniqli so'z ustasi Valijon Shamshiyev hamda el ardog'idagi xonandalar aholi vakillariga ko'tarinki kayfiyat ulashdilar.
"Kuling do'stlar, umringiz uzoq bo'ladi!".
Bu kabi konsert dasturlari davom etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sharq_taronalari_2024
YUNESKO shafeligida 25-30-avgust kunlari “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo'lib o'tadi.
"Sharq taronalari" Markaziy Osiyodagi eng katta festivallardan biri sanaladi. Festival o‘tkazilishidan asosiy maqsad milliy musiqa san'atida erishilgan yutuqlarni keng ommaga tatbiq qilish, millatlarning madaniyat va an’analarini asrash va rivojlantirish, sozandalik va xonandalik yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.
1997-yilda tashkil etilib, ilk marotaba o'tkazilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida 31 ta davlatdan musiqiy guruhlar va ijrochilar tashrif buyurishgan bo'lsa 2019-yilda o‘tkazilgan XII "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 75 taga yetgan.
2024-yilning 25-30-avgust kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish uchun 100 dan ziyod mamlakatlarga mazkur festivalda ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborildi.
Hozirda festivalda qatnashish yuzasidan xorijiy mamlakatlardan, xususan, Yaponiya, Indoneziya, Polsha, Belarus, Ozarbayjon, Gruziya, Italiya va boshqa bir qator Sharqiy Osiyo davlatlaridan arizalar kelishi boshlandi.
Bugunga kelib "Sharq taronalari" nafaqat O‘rta Osiyoda, balki jahon miqyosidagi mashhur festivallar qatoridan joy olib ulgurdi. Buning yorqin misolini yildan-yilga qatnashchilar va festivalda qatnashish istagini bildirayotgan davlatlar sonining oshishida, dastur saviyasining yuqorilab borayotganida ham ko‘rishimiz mumkin.

#Tayinlov
⚡️ Bugun, 15-iyul kuni Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov raisligida yig'ilish bo'lib o'tdi.
✅ Unda, vazir Ozodbek Nazarbekov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutining o'quv ishlari bo'yicha prorektori – rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan Eldor Shermanov jamoaga tanishtirildi.
✅ Eldor Shermanov - tayinlovga qadar, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
✅ Vazir Eldor Shermanovning faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, o'z bilim va iqtidorini soha rivoji uchun safarbar etishiga ishonch bildirdi.