Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ozodbek Nazarbekov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun dunyoda g‘oyalar kurashi avj olgan, o‘z mafkurasini boshqalarga singdirishga urinish kuchaygan murakkab bir davrda yashayapmiz. Hatto ayrim davlatlar arzirli bir qahramoni yo‘qligi uchun o‘ylab topilgan qahramonlari bilan ostona xatlab xonadonlargacha kirib kelyapti, yoshlar ongiga ta’sir o‘tkazishga urinyapti.
Mana shunday sharoitda biz shunchaki tomoshabin bo‘lib, qo‘l qovushtirib qarab tursak juda jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. Ayniqsa, madaniyat va san’at sohasi vakillarining bu boradagi mas’uliyati katta. Vaholanki, bizda ibrat qilib ko‘rsatishga arziydigan, yoshlarimizga chinakam namuna bo‘la oladigan milliy qahramonlarimiz yetarlicha. Kerak bo‘lsa har bitta mahallamizda bor. Lekin shu borini ham ko‘rsatib bera olmasak, tanitish haqida o‘ylamasak, qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi? Ushbu savol har bir ijodkorni doim bezovta qilishi kerak.
O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri faoliyati bilan tanishib, jamoa bilan kechgan samimiy muloqotimizda ana shu kabi savollar atrofida fikrlashdik. Bugungi davr talabi, ilg‘or texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish xususida mulohazalarimizni bildirdik.
Shuningdek, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bo‘lib, ijodiy imtihonlarni kuzatdik, ota-onalar, yoshlar bilan dildan suhbatlashdik. Fursatdan foydalanib, qalbi ezgu orzularga to‘la abituriyentlarga omad tiladik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbek milliy musiqa san'atining yetuk ijodkori, O'zbekiston Respublikasi xalq artisti Turg'un Alimatov nomidagi respublika teletanloviga start berildi.
Mazkur teletanlov O'zbekiston Respublikasi xalq artisti Turg'un Alimatov ijodiy merosini yana keng targ'ib etish, navqiron avlod vakillariga yetkazish maqsadida tashkil etilmoqda.
Teletanlovda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
– hududiy bosqichlari 12-13-iyul kunlari;
– respublika bosqichlari 18-19-iyul kunlari o'tkaziladi.
Teletanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vaziriligi, hududiy madaniyat boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.
Teletanlov g'oliblari diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi, shuningdek, Respublikamizda o'tkaziladigan davlat tadbirlari va xorijda o'tkaziladigan O'zbekiston madaniyat kunlariga jalb etiladi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun: +99891137-33-02
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ekspeditsiya
#nomoddiy_madaniy_meros
⚡️ Xabaringiz bor, nomoddiy madaniy meros namunalarini o'rganish uchun O'zbekistonning barcha hududlari bo'ylab etnofolklor ekspeditsiyalari tashkil etilmoqda.
✅ Bugungi kunga qadar Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida nomoddiy madaniy merosning 40 dan ortiq namunalari bo'yicha dastlabki ma'lumotlar to'plandi.
✅ Hozirda mazkur ekspeditsiyalar ma'lumotlarini xalqaro konvensiya talablari bo'yicha hujjatlashtirish jarayoni olib borilmoqda, xususan YUNESKOning xalqaro ro'yxatiga kiritilishi rejalashtirilgan o'zbek nonlari, egar-jabduq yasash an'analari, beshik yasash va beshik bilan bog'liq an'analar kabi yo'nalishlar bo'yicha ham izchil izlanishlar olib borilmoqda.
✅ Xuddi shunday ekspeditsiyalardan biri iyul oyining ikkinchi yarmida Qirg'iziston Respublikasining o'zbeklar zich yashaydigan hududularida saqlanib kelinayotgan urf-odat va qadriyatlarni o'rganishga qaratilgan etnofolklor ekspeditsiyasi o'z ishini boshlaydi.
✅ Ilmiy ekspeditsiya obyektlari yuzasidan takliflaringizni 2024-yilning 15-iyuliga qadar telegram orqali @IrodaDadadjanova ga yuborishingiz mumkin.
™️ Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
#nomoddiy_madaniy_meros
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024
#Kasbiy_ijodiy_imtihon
👨💼 Ayni kunlarda Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Oliy ta'lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tmoqda.
✅ Ushbu kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari va natijalari bo'yicha ma'lumotga ega bo'lmoqchimisiz, unda quyidagi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Oliy ta'lim muassasalarining ijtimoiy tarmoqlari orqali jarayonlardan boxabar bo'ling:
💬 O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
💬 O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali
💬 O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
💬 O'zbekiston davlat konservatoriyasi
💬 O'zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
💬 O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
💬 Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti
💬 O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
💬 O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
🎓 Eslatib o'tamiz, Madaniyat vazirligi tasarrufida 9 ta Oliy ta'lim muassasalari mavjud.
™️ Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
#Kasbiy_ijodiy_imtihon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmat_safari
#Qashqadaryo
⚡️ 7-8-iyul kunlari madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida bo'ldi.
✅ Unda, viloyatdagi musiqali drama teatri, qo'g'irchoq teatri, G'uzor tumani madaniyat markazi, Muborak tumani 11-son Bolalar musiqa va san'at maktabi, Muborak tumani madaniyat markazi, Koson tumani madaniyat markazi, Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan san'at maktabiga tashrif buyurilib, ijodkorlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
✅ Xizmat safari davomidagi o'rganish natijalari yuzasidan, tizim rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazilib, kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berildi.
✅ Shuningdek, Avazxon Tadjixanov Qashqadaryo viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Alisher Zakirov bilan uchrashib, madaniyat sohasidagi muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama etildi.