Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.6K subscribers
32.3K photos
6.38K videos
78 files
13.1K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
#Xalqaro_hamkorlik

🎼 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san'ati anjumani o‘tkazildi.

II Xalqaro maqom san'ati anjumani doirasida o‘tkazilgan konferensiya ishtirokchilari bo‘lgan Fransiya Respublikasidan janob Jean During, Tojikiston Respublikasidan janob Asqarali Radjabov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutiga tashrif buyurdilar.

🗣Taniqli olim va musiqachi, CNRS instituti professori, Parijdagi ilmiy tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi Jean During hamda Tojikistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi, tarix fanlari doktori, professor Asqarali Radjabov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#nomoddiy_madaniy_meros
#music_time

🎼 “Alla”

📍 Toshkent shahar, Uchtepa tumani "Durdona" folklor-etnografik xalq jamoasi badiiy rahbari Mahfuza Boymirzayeva ijrosida.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fotoreportaj
#Maqom_2024
#Namangan_paviloni

🎼Xabaringiz bor, 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida "II Xalqaro maqom san'ati anjumani" o'tkazildi.

Mazkur nufuzli anjumanda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi hamda festivalning tarixiy, madaniy, ilmiy-ma'naviy va tarbiyaviy ahamiyati haqida nutq so'zladi.

Anjumanning madaniy qismida taniqli mahalliy va xorijiy san'at ustalari hamda teatr aktyorlari tomonidan maqom san'atining noyob namunalari mohirona ijro etildi.

Jahonning 80 ga yaqin mamlakatidan vakillar ishtirok etgan mazkur Xalqaro festivalda O'zbekiston xalq hofizi Kamoliddin Rahimov qo'shiqlaridan termalar - “Ko'chamdan janon o'tganda”, “O'n sakkizda yor yoshi” , “Nargiz” , “Kelmaganingda” , “Qoshingiz qarosimu” , “Namangan tanavvori” kabi qo'shiqlardan tashkil topgan termalar ijro etib anjuman qatnashchilarini mamnun etishdi.

Festivalda Farg'ona va Toshkent ijro yo'llarida mansub Milliy popuri termalar “Janon bo'laman deb” , “Boshdagi ro'moli bo'lsam” , “Aylab keling” , “Shunchamidi” , “Sho'xi parivashga” , “Mustahzod” , “Vodiycha lazgi” kabi termalar ijro etildi.

Namangan viloyati ham o'ziga ajratilgan maydonda hududning boy tarixi, yuksak madaniyati, turizm salohiyati va hunarmandchilik an'analarini namoyon etuvchi dekoratsiyalari bilan qatnashdi.

Namangan pavilonida "Axsikent" yodgorligi, chust pichoqchilik va milliy do'ppichilik namunalari hamda Namangan shahri tashrif qog'oziga aylangan gullar landshafti ham o'zgacha qiyofa aks etdi.

Qolaversa, Shashmaqomimizdan “Sharahbori Navo” , “Sarahbori Oromijon” , “Nasrulloi” , “Savti Feruz” , “Talqini uzzol” , “Qo'qon ushshog'i” , “Toshkent irog'i” kabi nodir durdonalardan ijro etilib anjuman ishtirokchilariga hush kayfiyat baxsh etildi.

Tadbir davomida Namangan paviloni mahalliy aholi va xorijiy mehmonlar bilan gavjum bo'ldi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Teatr
#Yangilik

🎭 Kattaqo'rgon shahar drama teatri tashabbusi bilan mustaqil Turkiy tilli davlatlar orasida birinchi marotaba O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Turkiya, Qozoqiston va Qirg‘iziston Respublikalaridan taklif etilgan ijodkorlar ishtirokida "Buyuk Turon-1" deb nomlangan tarixiy asar davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilishi belgilangan bo‘lib, kuni-kecha O‘zbekiston Madaniyat vazirligi mutassadilari va badiiy kengash a’zolariga uning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Asarda "Turon" davlati barpo etilishi va Turon davlati tarixida bo‘lib o‘tgan jangu jadallar aks ettiriladi. Ushbu asarni sahnalashtirishda O‘zbek milliy akademik drama teatri bosh rejissori Asqar Xolmo‘minov hamda turkiy tilli davlatlardan taklif etiladigan ijodkorlar o‘z yurtlarining mutaxassislari, san’at arboblari, xalq rassomlaridan iborat ijodiy guruh ish olib borishadi.

"Buyuk Turon-1" spektakli premyerasi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yiligi arafasida namoyish etilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari ushbu asarni keng ommaga namoyish etish maqsadida, Madaniyat vazirligi hamda Turksoy xalqaro tashkiloti hamkorligida barcha turkiy tilli davlatlarga gastrol safari uyushtirilishi belgilangan.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fotoreportaj
#Maqom_2024
#Toshkent_shahar_paviloni

🎼Xabaringiz bor, 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida "II Xalqaro maqom san'ati anjumani" o'tkazildi.

Anjumanning madaniy qismida taniqli mahalliy va xorijiy san'at ustalari hamda teatr aktyorlari tomonidan maqom san'atining noyob namunalari mohirona ijro etildi.

Qayd etish lozimki, festivalda Toshkent shahri ham o'ziga ajratilgan maydoniga Yangi O'zbekistonni namoyon etuvchi dekoratsiyalari bilan ishtirok etdi. Shu bilan birga, madaniyat markazlarida faoliyat yuritayotgan ijodiy jamoalar faol ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Toshkent shahar paviloni mahalliy aholi va xorijiy mehmonlar bilan gavjum bo'ldi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tahlil

Bugun, 3-iyul kuni madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida Toshkent shahrida joylashgan bolalar musiqa va san'at maktablari rahbarlari ishtirokida 2023-2024-o'quv yili yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Avazxon Tadjixanov o'quv yili yakunlari bo'yicha erishilgan yutuq va yo'l qo'yilgan kamchiliklarga to'xtalib, maktablar kesimida tahliliy ma'lumotlarni muhokama qilib, mazkur o'quv yilida xalqaro tanlov va festivallarda iqtidorli yoshlarning ishtiroki hamda natijadorligi oshganligini e'tirof etdi.

Shuningdek, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlarini yuqori saviyada tashkil etish, o'quvchilar qamrovini oshirish, ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM