Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
โœ”
10.6K subscribers
32.2K photos
6.37K videos
78 files
13K links
๐Ÿ“ข Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

๐Ÿ“ Manzil: Toshkent, Amir Temur koโ€˜chasi, 107b

๐ŸŒ Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

๐Ÿ“ž Telefon: (55) 502 33 75

๐Ÿ“จ Email: [email protected]

๐Ÿ“ฒ instagram.com/madaniyatvazirligi

๐Ÿ“ฒ facebook.com/madaniyatvazir
ๅŠ ๅ…ฅ้ข‘้“
#Maqom_2024
#Zomin
#Andijon_paviloni

๐ŸŽผ Xabaringiz bor, 27โ€“30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkazildi.

Mazkur nufuzli anjumanda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi hamda festivalning tarixiy, madaniy, ilmiy-ma'naviy va tarbiyaviy ahamiyati haqida  nutq so'zladi.

Anjumanning madaniy qismida taniqli mahalliy va xorijiy san'at ustalari hamda teatr aktyorlari tomonidan maqom san'atining noyob namunalari mohirona ijro etildi.

Qayd etish lozimki, festivalda Andijon viloyati ham o'ziga ajratilgan maydonda Andijon Cho'ntak choyxonasi va hunarmandchilik an'analarini namoyon etuvchi dekoratsiyalari bilan qatnashdi.

Shu bilan birga, Andijon pavilonidan O'zbek milliy maqom san'ati markazi Andijon viloyat xududiy bo'limi, O'zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo'linma raqqosi, Andijon viloyat askiya mahorat maktabi ustozlardan tashkil topgan ASKIYA jamoasi hamda Andijon viloyati Hunarmandlar uyushmasi qatnashdilar.

Tadbir davomida Andijon paviloni mahalliy aholi va xorijiy mehmonlar bilan gavjum bo'ldi.

โ„ข๏ธMadaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
๐ŸŒ Telegram | ๐ŸŒ Instagram | ๐ŸŒ Facebook | ๐ŸŒ Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
โšก๏ธ Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati yo'lga qo'yiladi

Vazirlar Mahkamasi โ€œO'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to'g'risidaโ€ qaror qabul qildi.

Batafsil ๐Ÿ‘‰ https://yuz.uz/a/uz/103091

โ„ข๏ธMadaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
๐ŸŒ Telegram | ๐ŸŒ Instagram | ๐ŸŒ Facebook | ๐ŸŒ Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqom_2024
#Zomin
#Qashqadaryo_paviloni

๐ŸŽผ Zominda bo'lib o'tgan, โ€œII Xalqaro maqom sanโ€™ati anjumaniโ€ doirasida hududlarning oโ€˜ziga xos madaniyati, sanโ€™ati va milliy qadriyatlari namoyish etildi.

Qashqadaryo viloyati uchun ajratilgan pavilyonning kirish qismida Qashqadaryo viloyatining oโ€˜ziga xos qadimiy obidalari, turistik salohiyatini aks ettiruvchi milliy hunarmandchilik, kasanachilik, milliy uzorlar hamda savdo rastalari bilan bezatildi. Xususan pavilonda Amir Temur taxti ravoni, mahobatli pilla poyalar Amir Temur saltanatining qudrati ikkinchi holatda Abu Muin Nasafiyning 1000 yillar avval diniy e'tiqodning buzilishiga qarata aytilgan raddiyalarini so'zlovchi Abu Muin Nasafiy siymosi gavdalantirildi.

Sahnada milliy maqom san'ati Respublika ko'rik tanlovida 3-o'rinni qo'lga kiritgan viloyat namunali maqom ansambli o'zlarining kuy va qo'shiqlari bilan ishtirok etishdi.

โ„ข๏ธMadaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
๐ŸŒ Telegram | ๐ŸŒ Instagram | ๐ŸŒ Facebook | ๐ŸŒ Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

๐ŸŽ‰ Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasida Qo'mita raisi Rustambek Kurbanovning 70 yillik yubileyi munosabati bilan qutlov tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda, O'zbekiston madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Madjidov ishtirok etib, O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning tabrik xatini o'qib eshittirdi hamda Rustambek Kurbanovni uzoq yillardagi samarali mehnatlari uchun vazirlikning โ€œMadaniyat va san'at fidokoriโ€ ko'krak nishonini topshirdi.

๐Ÿ‘‰ Batafsil

๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ Madaniyat vazirligi jamoasi Rustambek Kurbanovni 70 yillik yubileyi hamda ushbu e'tirof bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

โ„ข๏ธMadaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
๐ŸŒ Telegram | ๐ŸŒ Instagram | ๐ŸŒ Facebook | ๐ŸŒ Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fotoreportaj
#Maqom_2024
#Samarqand_paviloni

๐ŸŽผ Xabaringiz bor, 27โ€“30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkazildi.

Mazkur anjuman doirasida hududlarning oโ€˜ziga xos madaniyati, sanโ€™ati va milliy qadriyatlarini  namoyish etish uchun Respublikamizning 14 ta hududi o'z pavilyonlari hamda ko'rgazmalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Samarqand viloyati paviloni mahalliy aholi va xorijiy mehmonlar bilan gavjum bo'ldi.

โ„ข๏ธMadaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
๐ŸŒ Telegram | ๐ŸŒ Instagram | ๐ŸŒ Facebook | ๐ŸŒ Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ“ฃ Aziz yurtdoshlar, O'zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan
yangi media loyihalarga start berildi!


San'at olami voqealari, yangiliklar, ijod dunyosi, sahna orti jarayonlari, konsertlardan reportajlar, intervyular, sharhlar, madaniy tadbirlar tafsilotlaridan iborat dastur โ€œFILARMONIYA REPORTโ€da!

โ˜๏ธ Tez kunda!

โ„ข๏ธMadaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
๐ŸŒ Telegram | ๐ŸŒ Instagram | ๐ŸŒ Facebook | ๐ŸŒ Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
โšก๏ธ Bugun, 2-iyul kuni O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Talaba-yoshlar ijodiyoti" festivalining g'olib va sovrindorlarini taqdirlash, o'quv yili davomida samarali pedagogik faoliyatini olib borgan professor-ะพ'qituvchilar, ะพ'z vazifasiga mas'uliyat bilan yondashgan ishchi-xodimlarning mehnatlarini e'tirof etish hamda 2023/2024-o'quv yili yakuniga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi.

โœ…Tadbirda Prezident Administratsiyasi, Madaniyat vazirligi mutasaddilari hamda institut rahbariyati ishtirok etishdi. Bayram tadbirini madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov va institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev kirish so'zi bilan ochib berishdi.

๐Ÿ‘‰ Batafsil

โ„ข๏ธMadaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
๐ŸŒ Telegram | ๐ŸŒ Instagram | ๐ŸŒ Facebook | ๐ŸŒ Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM