Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
βœ”
10.6K subscribers
32.2K photos
6.37K videos
78 files
13K links
πŸ“’ Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

πŸ“ Manzil: Toshkent, Amir Temur koβ€˜chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

πŸ“ž Telefon: (55) 502 33 75

πŸ“¨ Email: [email protected]

πŸ“² instagram.com/madaniyatvazirligi

πŸ“² facebook.com/madaniyatvazir
加ε…₯钑道
#Maqom_2024
#Zomin
#Buxoro_paviloni

🎼 Xabaringiz bor, 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkazildi.

Mazkur nufuzli anjumanda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi hamda festivalning tarixiy, madaniy, ilmiy-ma'naviy va tarbiyaviy ahamiyati haqida  nutq so'zladi.

Anjumanning madaniy qismida taniqli mahalliy va xorijiy san'at ustalari hamda teatr aktyorlari tomonidan maqom san'atining noyob namunalari mohirona ijro etildi.

Jahonning 80 ga yaqin mamlakatidan vakillar ishtirok etgan mazkur Xalqaro festivalda maqom san'atining Buxoro yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston Xalq artisti,  Munojot Yo'lchiyeva "Soqiynomai savti kalon"( Bobur g'azali, "Rost" maqomidan) va buxorolik taniqli xonanda, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ilyos Arabov "Bozurgoniy" (Fazliy gβ€˜azaliga "Vola" muxammasi)  bilan anjuman qatnashchilarini mamnun etishdi.

Qayd etish lozimki, festivalda Buxoro viloyati ham o'ziga ajratilgan maydonda hududning boy tarixi, yuksak madaniyati, turizm salohiyati va hunarmandchilik an'analarini namoyon etuvchi dekoratsiyalari bilan qatnashdi. Buxoro pavilonida "Ark" qo'rg'oni, "Minorai Kalon", "Chor minor" va qadimiy "Varaxsha" davlatchiligi tarixidan so'zlovchi "Bukhara decert oazis" turistik klasteri dekoratsiyalari o'rnatildi.

Shu bilan birga, Buxoro pavilonidan o'rin olgan maqom san'atining rivojiga katta hissa qo'shgan tarixiy shaxslar Domla Halim Ibodov, Abdurauf Fitrat, Levi Boboxonov, Ota G'iyos Abdug'ani o'g'li, Ota Jalol Nosirov hamda Hoji Abdulaziz Abdurasulov ijodlarini namoyish etuvchi ko'rgazma, musiqa va cholg'u asboblari stendi, zardo'zlik, zargarlik, kashtachilik kabi noyob hunarmandchilik rastalari hamda meva-sabzavot va poliz mahsulotlaridan san'at asari ko'rinishida tayyorlangan burchak mahalliy va xorijiy ishtirokchilarda katta taassurot uyg'otdi.

Tadbir davomida Buxoro paviloni mahalliy aholi va xorijiy mehmonlar bilan gavjum bo'ldi.

ℒ️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚑️ Kuni-kecha Butunjahon yoshlar festivali doirasida Xiva shahrida O'zbekiston-Hindiston yoshlar forumi bo'lib o'tdi.

βœ…Mazkur Xalqaro forumda Hindistonning yoshlar ishlari va sport vazirligi direktori Dr. Sarah Jayal Sawkmie, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filliali direktori Rashid Ro'ziboyev, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i Temur Jumaniyozov, O'zbekiston Xoreografiya akademiyasi professori, filologiya fanlari nomzodi Ravshan Jomonov, O'zbekiston davlat xoreograiya akademiyasi Urganch filliali direktori o'rinbosari Otabek Saparbayev, O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filliali Xoreografiya kafedrasi mudiri Shaxnoza Samandarova, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filliali talabasi Sandhya Shalini hamda O'zbekiston Madaniyat vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash bo'limi bosh mutaxassisi Jasur Sabirovlar ishtirok etishdi.

βœ…Forum davomida O'zbekiston va Hindiston davlatlarining raqs san'ati hamda filmlari to'g'risida fikr almashildi.

ℒ️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fotoreportaj
#Maqom_2024
#Zomin

🎼 Zominda bo'lib o'tgan II Xalqaro maqom san’ati anjumanining taqdirlash va yopilish marosimidan lavhalar.


ℒ️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ’¬ O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan institut rahbariyati tashabbusi bilan talaba-yoshlar uchun bir qator sport va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari tashkil etildi.

πŸ’¬ Jumladan, stol-tennisi, shaxmat, shashka, tosh ko'tarish va futbol kabi sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazildi. Tadbirlar milliy cholg'ularimiz sadolari, kuy-qo'shiqlar ostida, yuqori kayfiyatda bo'lib o'tdi.

πŸ’¬ Ushbu jarayonda institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev ham ishtirok etib, talaba-yoshlarni bayram munosabati bilan tabrikladi. Shuningdek, talaba-yoshlar vakillari bilan bir piyola choy ustida samimiy muloqot qilindi.

πŸ’¬ Bildirilgan takliflar va tashabbuslar muhokama qilinib, bu borada kerakli tavsiyalar berib o'tildi. Tadbirlar so'nggida doshqozonda osh tayyorlanib, talabalarga ulashildi.

ℒ️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM