Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.8K subscribers
32.6K photos
6.45K videos
78 files
13.2K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
📣 Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofoti uchun tanlov e’lon qiladi.

🔔 Tanlovda o‘tgan yillar davomida Botir Zokirovning asarlarini muxlislarga havola etib kelgan san’atkorlar, estrada yo’nalishida qo‘shiqlari ommalashgan bastakorlar, rang-tasvir san’ati bilan e’tirofga sazovor bo‘lgan rassomlar, buyuk san’atkor ijodini keng targ‘ib qilishga hissa qo‘shgan ijodkorlar, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish borasida munosib tashabbus ko‘rsatgan faol insonlar ishtirok etishi mumkin.

Batafsil

На русском

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Iste’dodli yoshlarni birlashtirgan loyiha

🎼 Xabaringiz bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi milliy estrada san’atini rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yosh” estrada loyihasiga start berilgan edi.

🎙 Kuni-kecha ushbu loyihaning ikkinchi turi ham bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun: Ushbu loyiha Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusiga ko'ra milliy estrada san'atini rivojlantirish va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

🎶 Bugungi kunda mamlakatimizda xalqimizning yuksak ma’naviyati va badiiy salohiyatini, milliy o’zligi, qadimiy tarixi, noyob san’ati, an’ana va urf-odatlarini namoyon etadigan baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🎵 Mamlakatimizda baxshichilik san’ati namunalari, doston va termalarning “Oltin fondi”ni yaratish hamda nomoddiy madaniy merosni, xususan, maqom va baxshichilik san’atini muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilish hamda milliy qadriyatlarimizni keng namoyon etish maqsadida respublika baxshichilik san'ati markazi va "Qadriyatfilm" bilan hamkorlikda Qoraqolpog'iston Respublikasidagi taniqli baxshi va jirovlarning ijod namunalari yozib olinmoqda.

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Kuni-kecha O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o'rtasidagi do'stona aloqalarni yanada mustahkamlash hamda ikki davlat o'rtasidagi madaniy me'rosni va turizim sohasini yanada shakillantirish maqsadida, Qashqadaryo viloyatida 2-son bolalar musiqa va san’at maktabi hamda Janubiy Korea Respublikasi Uk Son shahridagi Madaniyat markazi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Markaz direktori U Sok Shin delegatsiya a'zolari bilan Qashqadaryoning 2-son bolalar musiqa va san'at maktabiga tashrif buyurib, maktab faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, o‘qitish metodlari hamda ijrochilarning qobiliyatini yuqori baholadi.

Uchrashuv yakunida "Memorandum ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi", - dedi Korea Respublikasi delegatsiyasi vakili U Sok Shin.

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗺 Joriy yilning 19-24-fevral kunlari respublika bo‘ylab, barcha bolalar musiqa va san'at maktablarida FORTEPIANO HAFTALIGIga start berildi.

🧭 Haftalik doirasida:

Tanlovlar
Seminarlar
Konsertlar
Mahorat darslari
Ochiq darslar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

💬 Fan haftaliklari barcha yo'nalishlar bo'yicha davom etadi...

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19-fevral kuni Renessans kino uyida O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi, O‘zDSMI dotsenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonovning mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli kinoaktyor va kinorejissyor O‘zbekistonda kinematografiya mutaxassislarini tayyorlash va bu jarayonda ta’limni modernizatsiyalash mavzusida so‘z yuritdi, mavzuga doir bilimlarini yig‘ilganlar bilan bo‘lishib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM