Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.9K subscribers
32.3K photos
6.39K videos
78 files
13.1K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
Madaniyat vazirining o‘rinbosari Yusufjon Usmonov Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi madaniy obyektlar hamda bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyatini o'rgandi.

O'rganish natijalari bo'yicha hududiy tizim tashkiloti rahbarlariga ish sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📺 Toshkent teleradiokanali Toshkent manzillari ko'rsatuvining bu galgi manzilida Toshkent shahridagi 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi bilan tanishishingiz mumkin.

📍 Ma'lumot uchun: Bugungi kunda respublika bo'ycha Madaniyat vazirligi tizimida jami 325 ta bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyat olib bormoqda. Mazkur maktablarda 14 ta yo‘nalish bo‘yicha 88 497 nafar o‘quvchilarga 15 120 nafar o‘qituvchilar ta'lim berib kelmoqda.

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Haftaning eng muhim voqealari hafta dayjestida

🗣 Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida “O‘zbekteatr” hamda “Madaniyat ta’limi markazi” davlat muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari ko‘rib chiqildi.

🗣 Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

🗣 13-15-fevral kunlari Abu-Dabida YUNESKOning madaniyat va san'at ta'limi bo'yicha Butunjahon konferensiyasi bo'lib o'tdi, unda madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov o'z nutqi bilan qatnashdi.

🗣 Qozog‘istonlik rejissyor Aysulton Seitov O'zbekistonda.

🗣 Madaniyat vazirligi tizimidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari rahbarlariga qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

🗣 Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bagʻishlanib videorolik ishlanib keng ommaga namoyish etildi.

🗣 Turkiy davlatlar navoiyshunoslari Qo‘qonda jam bo‘lishdi.

🗣 Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan chellenjlar tashkil etildi.

🗣 Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Andijon viloyatida bir qator masalalar bo'yicha xizmat safarida bo‘ldi.

🗣 Abu-Dabida YUNESKOning madaniyat va san'at ta'limi bo'yicha Butunjahon konferensiyasi doirasida YUNESKO direktori o‘rinbosari Stefaniya Janinni xonim bilan uchrashuv bo'lib o‘tdi.

🗣 Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy tadqiqot instituti olimlarni konferensiyaga chorladi.

🗣 "Bolalar va o‘smirlar kino haftaligi"ga start berildi.

🗣 Davlatimiz rahbarining Andijon viloyatiga tashrifi davomida, Andijon shahridagi san’at maktabiga Sherali Jo‘rayev nomini berish taklifini ilgari surdi.

🗣 Madaniyat vazirligi bo‘sh ish o‘rinlari uchun ochiq tanlov e’lon qildi.

🗣 Madaniyat vazirligi tizimidagi hududiy rahbarlar uchun bir hafta davom etgan qisqa muddatli  malaka oshirish kurslari o’z nihoyasiga yetdi.

🗣 “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

🗣 Madaniyat vazirligida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining 2023-yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🗣 Samarqand Amiri, buyuk sarkarda, Registon bunyodkori haqidagi “Amir Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmining ilk tizeri e’lon qilindi.

🗣 Shuningdek, hafta davomida: vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov Abu-Dabida, vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov Xorazm va Namangan viloyatlarida, vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov Sirdaryo viloyatida, vazir o‘rinbosari Murodjon Majidov Toshkent viloyatida xizmat safarida bo‘lishdi.

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Toshkent shahridagi teatrlarning 19-fevral, dushanba kungi repertuari:

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri
Nomi: “Usmon Nosir”
Vaqti:
18:00

O‘zbekiston davlat satira teatri
Nomi: “Jamila”
Vaqti:
16:00

#repertuar #anons

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi teatrlarning 19-fevral, dushanba kungi repertuari:

Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Nomi: “Sodiq do‘stlar”
Vaqti:
12:00

Andijon viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Aqldan ozish hech gap emas”
Vaqti:
16:00

Buxoro viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Shum bola”
Vaqti:
14:00/16:00

Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Saboq”
Vaqti:
10:00


Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri
Nomi: “Super quyon”
Vaqti:
14:00


Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri
Nomi: “Ufq”
Vaqti:
11:00

Qo‘qon shahar musiqali drama teatri
Nomi: “Baxtsiz oshiqlar”
Vaqti:
12:00

Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri
Nomi: “Marg‘ilon darg‘alari”
Vaqti:
14:00


Namangan viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Ayiq”
Vaqti:
16:00


Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “99 tillo tanga”
Vaqti:
11:00/15:00

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Quvnoq tomosha”
Vaqti:
11:00

#repertuar #anons

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
22-fevral kuni O‘zbekiston davlat drama teatrida Qirg‘iz davlat Yosh tomoshabinlar va o‘smirlar teatri jamoasi tomonidan "Umid" monospektali namoyish etiladi.

Spektaklda bosh rolni Qirg‘iziston xalq artisti Nazira Mambetova ijro etgan. Namoyish soat 14:00 hamda 18:00da bo‘lib o‘tadi.

#teatr

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofoti uchun tanlov e’lon qiladi.

🔔 Tanlovda o‘tgan yillar davomida Botir Zokirovning asarlarini muxlislarga havola etib kelgan san’atkorlar, estrada yo’nalishida qo‘shiqlari ommalashgan bastakorlar, rang-tasvir san’ati bilan e’tirofga sazovor bo‘lgan rassomlar, buyuk san’atkor ijodini keng targ‘ib qilishga hissa qo‘shgan ijodkorlar, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish borasida munosib tashabbus ko‘rsatgan faol insonlar ishtirok etishi mumkin.

Batafsil

На русском

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Iste’dodli yoshlarni birlashtirgan loyiha

🎼 Xabaringiz bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi milliy estrada san’atini rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yosh” estrada loyihasiga start berilgan edi.

🎙 Kuni-kecha ushbu loyihaning ikkinchi turi ham bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun: Ushbu loyiha Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusiga ko'ra milliy estrada san'atini rivojlantirish va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

🎶 Bugungi kunda mamlakatimizda xalqimizning yuksak ma’naviyati va badiiy salohiyatini, milliy o’zligi, qadimiy tarixi, noyob san’ati, an’ana va urf-odatlarini namoyon etadigan baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🎵 Mamlakatimizda baxshichilik san’ati namunalari, doston va termalarning “Oltin fondi”ni yaratish hamda nomoddiy madaniy merosni, xususan, maqom va baxshichilik san’atini muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilish hamda milliy qadriyatlarimizni keng namoyon etish maqsadida respublika baxshichilik san'ati markazi va "Qadriyatfilm" bilan hamkorlikda Qoraqolpog'iston Respublikasidagi taniqli baxshi va jirovlarning ijod namunalari yozib olinmoqda.

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Kuni-kecha O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o'rtasidagi do'stona aloqalarni yanada mustahkamlash hamda ikki davlat o'rtasidagi madaniy me'rosni va turizim sohasini yanada shakillantirish maqsadida, Qashqadaryo viloyatida 2-son bolalar musiqa va san’at maktabi hamda Janubiy Korea Respublikasi Uk Son shahridagi Madaniyat markazi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Markaz direktori U Sok Shin delegatsiya a'zolari bilan Qashqadaryoning 2-son bolalar musiqa va san'at maktabiga tashrif buyurib, maktab faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, o‘qitish metodlari hamda ijrochilarning qobiliyatini yuqori baholadi.

Uchrashuv yakunida "Memorandum ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi", - dedi Korea Respublikasi delegatsiyasi vakili U Sok Shin.

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗺 Joriy yilning 19-24-fevral kunlari respublika bo‘ylab, barcha bolalar musiqa va san'at maktablarida FORTEPIANO HAFTALIGIga start berildi.

🧭 Haftalik doirasida:

Tanlovlar
Seminarlar
Konsertlar
Mahorat darslari
Ochiq darslar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

💬 Fan haftaliklari barcha yo'nalishlar bo'yicha davom etadi...

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19-fevral kuni Renessans kino uyida O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi, O‘zDSMI dotsenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonovning mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli kinoaktyor va kinorejissyor O‘zbekistonda kinematografiya mutaxassislarini tayyorlash va bu jarayonda ta’limni modernizatsiyalash mavzusida so‘z yuritdi, mavzuga doir bilimlarini yig‘ilganlar bilan bo‘lishib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM