Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.6K subscribers
32.2K photos
6.36K videos
78 files
13K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
🎭 Toshkent shahridagi teatrlarning 16-yanvar, seshanba kungi repertuari:

O'zbek milliy akademik drama teatri
Nomi: "O'zgalar dardi"
Vaqti: 18:00

O'zbekiston davlat satira teatri
Nomi: "Soqov xotin"
Vaqti: 16:00

O'zbekiston davlat drama teatri:
Nomi: "Ishlaganday bo'laylik"
Vaqti: 15:00
#repertuar #anons


🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱Madaniyatni avvalo atrof-muhitni asrashdan boshlaylik!

Yashab turgan zaminimiz va tabiatimizni kelajak avlodlarga o'z holicha yetkazish har birimizning burchimizdir. Ekologik madaniyatga rioya qilmas ekanmiz, o'z ertangi kunimizni o'z qo'limiz bilan yo'qlikka tomon boshlaymiz.

❗️Ko'zlari ertani o'ylab porlab turgan farzandlarimiz kelajagi uchun ham tabiatga to'g'ri munosabatda bo'laylik!

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📆16-yanvar sanasida tavallud topgan san'at va madaniyat vakillari

Shuhrat Abbosov – 1931-yil 16-yanvarda Qo‘qonda ziyoli oilasida tavallud topgan. Mashhur kinorejissor “Mahallada duv-duv gap”, “Sen yetim emassan”, “Toshkent – non shahri”, “Qalbingda quyosh”, “Olovli yo‘llar”, “Katta urushdagi kichik odam”, “Abu Rayhon Beruniy” kabi ko‘plab filmlarni suratga olgan.

Shuhrat Abbosov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti unvonlari, “Shuhrat” medali, “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan va Hamza nomidagi Davlat mukofotiga ham sazovor bo‘lgan.

Taniqli rejissor 2018-yilda 87 yoshida vafot etgan.

Qobul Maqsetov – 1929-yil 16-yanvar kuni Xorazm viloyati Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. O‘zbekistonda va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor, Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mukofoti laureati bo'lgan Qobul Maqsetovning qoraqalpoq tilidagi “Qoraqalpoq qahramonlik eposi – “Qirq qiz”, “Qoraqalpoq qahramonlik dostonlari poetikasi”, “Qoraqalpoq folklori estetikasi” va Qurbonboy Tojiboyev repertuaridagi dostonlarning badiiy xususiyatlariga doir asarlari qoraqalpoq folklorshunosligi rivojida muhim rol o‘ynagan.

Maqsetov 2002-yil 17-fevralda Nukusda vafot etgan.

Bobur Yo'ldoshev – 1979-yil 16-yanvarda tug'ilgan. Mahoratli aktyor “Osmondagi bolalar-2”, “Sevinch”, “Vatan”, “Osmon yaqin”, “Zabarjad”, “Faqat g‘alaba”, “Oy ostidagi hovli”, “Maktub”, “Taqdir”, “Omad”, “Yuzma-yuz”, “Kechikkan hayot”, “Tog‘a”, “Qo‘rg‘on”, "Qo‘rg‘oshin" kabi filmlarda turli rollarni ijro etgan.

Ma’lumot o'rnida, Bobur Yo‘ldoshev 2009-yil “Yilning eng yaxshi aktyori” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilib, "M&TVA" mukofoti bilan taqdirlangan. Rejissyor Ayub Shaxobiddinovning “Kechikkan hayot” filmidagi eng yaxshi erkak roli uchun Rossiyada “Золотой Витязь” mukofotini ham qo‘lga kiritgan.

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍Hokimning teatrga tashrifi

Bugun Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov teatr faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyati qo'g'irchoq teatriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Samarqand viloyat hokimi tomonidan teatrning moddiy texnik bazasini mustahkamlash va takomillashtirish, shuningdek, teatrda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimligi tomonidan teatrdagi ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va tashrif buyuradigan tomoshabinlar uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko'rish uchun mas‘ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Farg‘onada Maqom kechasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-sentyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish va soha vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga asosan Xorazm viloyati maqom ansambli ishtirokida Farg‘ona viloyatida Maqom kechasi tashkil etildi.

Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida Dang‘ara, Furqat va Beshariq tumanlaridagi madaniyat va san'at sohasi vakillari, nuroniy, oqsoqollar, yoshlar, talabalar va keng aholi vakillari uchun Xorazm viloyati maqom ansambli ijrosidagi eng sara maqom va mumtoz qo‘shiqlar jonli ijro etildi.

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Madaniyat va san’at sohasi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi, ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotadi

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli qaror qabul qildi.

Batafsil

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi teatrlarning 17-yanvar, chorshanba kungi repertuari:

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri
Nomi: “Men, buvim, Iliko va Illarion”
Vaqti: 17:00

Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Nomi: “Qo’pol qo’chqor”
Vaqti: 11:00

Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Yaxshilik qaytadi”
Vaqti: 15:00

Andijon viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Uch dangasa”
Vaqti: 10:00

Andijon viloyati yoshlar teatri
Nomi: “Erkatoyning erkaligi”
Vaqti: 11:00

Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Quvnoq olmaxonlar”
Vaqti: 10.00

Jizzax viloyat musiqali drama teatri
Nomi: “Revizor”
Vaqti: 17.00

Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Qor malikasi”
Vaqti: 11:00

Samarqand viloyаti musiqali drama teatri
Nomi: “Layli va Majnun”
Vaqti: 15.00

Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Sehrli tosh”
Vaqti: 11.00

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri
Nomi: “Qaynona”
Vaqti: 14:00

Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Sehrli uy”
Vaqti: 11.00

Qo‘qon shahar musiqali drama teatri
Nomi: “Muqimiy”
Vaqti: 15.00

Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri
Nomi: “Sehrli chimildiq”
Vaqti: 14.00

Namangan viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Bu chollar-ajib chollar”
Vaqti: 16:00

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “99 tillo tanga”
Vaqti: 14.00

Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Gumroh”
Vaqti: 16:00

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Miyovlagan kim bo’ldi”
Vaqti: 11:00

#repertuar #anons

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Toshkent shahridagi teatrlarning 17-yanvar, chorshanba kungi repertuari:

O'zbek milliy akademik drama teatri
Nomi: "Andishali kelinchak"
Vaqti: 18:00

Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatri
Nomi: "Yoshlik sog'inchi"
Vaqti: 18:00


O'zbekiston davlat satira teatri
Nomi: "Jamila"
Vaqti: 16:00

O'zbekiston davlat drama teatri:
Nomi: "Ishlaganday bo'laylik"
Vaqti: 15:00

#repertuar #anons

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Madaniyat sohasi raqamlashtiriladi, onlayn davlat xizmatlari soni ko‘payadi

“O‘zbekiston–2030” strategiyasida davlat boshqaruvi va sohalarni raqamlashtirish alohida vazifa etib belgilangan. Madaniyat vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ayni paytda ishlab chiqilayotgan yagona axborot tizimi doirasida vazirlik tizimida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, tizim tashkilotlari pasporti va reytingini shakllantirish, moddiy texnika bazasi hisobini yuritish, inson resurslarini boshqarish, ijodiy faoliyatni tartibga solish va raqamlashtirishga doir taqdimot taqdim etildi.

Vazir Ozodbek Nazarbekov sohani raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy omillarning oldini olish, tizimga doir ma’lumotlarni prognozlashtirish, olingan ma’lumotlar kelgusidagi rejalarni to‘g‘ri shakllantirish imkonini berishini alohida ta’kidladi.

Batafsil

#raqamlashtirish

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kecha, 16-yanvar kuni Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi muvofiqlashtiruvchi kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda markazning 2023-yildagi faoliyati boʻyicha hisoboti tinglandi, 2024-yildagi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilanib, ish rejasi tasdiqlandi, muvofiqlashtiruvchi kengash va nazorat-taftish komissiyasi aʼzolari yangi tarkibi tasdiqlandi.

#xalqaro_hamkorlik

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM