Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.8K subscribers
32.6K photos
6.45K videos
78 files
13.2K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
“Turizm: taʼlim va amaliyotning integratsiyasi” mavzusida hamkorlik forumi o‘tkazildi

Batafsil: https://madaniyat.uz/uz/post/1161

Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Youtube
📣Londonda o'tkaziladigan Birinchi O'zbekiston madaniyati va taomlari festivaliga marhamat!

🇺🇿O‘zbekiston va 🇬🇧Buyuk Britaniya o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni yanada mustahkamlash, turizm va madaniyat almashinuvini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi, "Vatandoshlar" jamoat fondi, Buyuk Britaniyadagi O‘zbekiston Elchixonasi, Londondagi yurtdoshlarimiz hamda "Chustiy Group" va "Oshpaz" jamoasi bilan birgalikda, joriy yilning 17-18-iyun kunlari Yevropada ilk bor, keng miqyosda “O‘zbekiston madaniyati festivali” va mazkur Festival doirasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari" o‘tkaziladi.

Festival O‘zbek san’ati, madaniyati, an’analari bilan yaqindan tanishtirish, diplomatik aloqalarni yanaqa mustahkamlash hamda tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Tadbir Londondagi “Tower Bridge” yonida, ya’ni Temza daryosi bo‘yidagi “Potters Fields” bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo'lga qoyildi

"Zamon" informatsion dasturi

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Youtube
#live #fuqarolarqabuli

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri O.Nazarbekov fuqarolar uchun ommaviy qabul o‘tkazmoqda. Murojaatchilar o'z muammolari, taklif va tashabbuslarini vazir bilan yakkama-yakka muloqotda bildirmoqda.

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Youtube
#live #qabul

Jurnalist, siyosiy sharhlovchi Shonazar Ibrohimov qabul jarayonida muloqotda o‘zbek-tojik millatlari totuvligi masalasida taklif va mulohazalarini bildirdi.

"Takliflaringiz uchun katta rahmat! Sizda katta tarixiy arxiv bor ekan. Fikr va takliflaringizni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘rib chiqamiz. Masala borasida alohida uchrashuv o‘tkazamiz", dedi vazir O.Nazarbekov.

“101” badiiy filmi ssenariy muallifi, yozuvchi Anvar Irgashev ushbu film qahramonlari xotirasini abadiylashtirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

Yozuvchi bilan suhbatda vazir Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan ajdodlarimizning xotirasini abadiylashtirish, ayniqsa, Niderlandiya tuproqlarida asirlik azoblarini boshdan kechirgan vatandoshlarimizning tarixi alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Bu boradagi takliflar sinchiklab o‘rganilishini aytdi.

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Youtube
#live #qabul

Ilmiy tadqiqotchi Hikmatilla Gadoyev xalq ijodiyotiga oid ilmiy tadqiqot ishini xorijiy davlatlarda olib borish taklifini bildirdi. U turkiy xalqlar og‘zaki ijodidagi mushtarkliklar haqida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Vazir muloqotda ayni paytda xalq ijodiyoti sohasi shu kabi ilmiy izlanishlar, tadqiqotlarga muxtoj ekanini ta’kidladi va vazirlik bu boradagi hatti-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

“Muqumiy” teatri aktrisasi, madaniyat xodimi Muqaddas Mamadaliyeva esa Eksperimental ijodiy markaz tashkil qilish loyihasi, myuzikl janrini rivojlantirish bo‘yicha murojaat qildi. "Avvalo rahmat! Biz madaniyat, san'at sohasida original takliflarga ochiqmiz. Tashabbuslar alal-oqibat madaniyat, san'at rivojiga hissa qo'shsa, yoshlarimiz salohiyatini oshirishga xizmat qilsa, doim qo'llab-quvvatlaymiz", dedi vazir. Mazkur takliflar bo‘yicha mas’ul shaxslarga alohida topshiriq berdi.

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Youtube
Prezident Administratsiyasi rahbarining topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasining 3-bandida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha fuqaro Shohjahon Abdullayev o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish masalasida murojaat qildi. Vazir muloqotda fuqaroga o‘z vakolati doirasida, o‘rnatilgan tartibda yordam berish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.

Taniqli kinorejissyor Elyor Ishmuhammedov esa o‘zbek millati tarixi, buyuk bobolarimizning dunyo tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasi haqida bir necha qismdan iborat hujjatli va badiiy filmlar g‘oyasi xususida bayon qildi, loyihaning ssenariylari ham tayyor ekanini bildirdi.

Vazir ayni paytda O‘zbekistonning imiji, buyuk o‘tmishi, tarixiy shaxslari, madaniy merosi, osori-atiqalari xususida ma’lumot beruvchi dunyo darajasidagi loyihalar juda zarur ekani ta’kidlab, mazkur loyihalarni o‘rganish bo‘yicha mas’ullarga alohida topshiriq berdi.

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Youtube
“Welcome to Bukhara-Motherland of Imam Bukhari”. Indoneziyada Buxoro viloyati turizm salohiyati targ’ibot qilinmoqda

Batafsil: https://madaniyat.uz/uz/post/1162

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Youtube