Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.9K subscribers
32.3K photos
6.39K videos
78 files
13.1K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
#uchrashuv

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida respublikamiz hududlarining iqtisodiyot sohalarida xoreograf kadrlarga bо‘lgan ehtiyojini о‘rganish hamda kadrlar bilan bog‘liq mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish maqsadida Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasining tizim tashkilotlari bilan uchrashuv о‘tkazildi.

Uchrashuvda bolalar musiqa va san’at maktablarining direktorlari ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida Surxondaryo viloyatini sohaviy kadrlar bilan ta’minlash bо‘yicha kelgusida bajariladigan ishlar yuzasidan muhokamalar о‘tkazildi hamda ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutida oʼzbek estrada xonandasi, dramaturg va aktyor Botir Zokirov hayoti va ijod yoʼliga bagʼishlangan koʼrgazma tashkil etildi

Ushbu koʼrgazma oʼzining buyuk isteʼdodi, noyob va betakror ijodi bilan oʼzbek estrada sanʼatiga asos solib, milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari oʼrtasida keng targʼib etishga qoʼshgan beqiyos hissasi hamda uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilayotgan muzey taqdimotining debochasidir.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
#konsert

12-oktabr kuni O'zbekiston davlat konservatoriyasi katta konsertlar zalida O'zbekiston davlat filarmoniyasi tasarrufidagi Davlat akademik xalq cholg'ulari orkestrining navbatdagi
“Yangi O'zbekiston-taronalari” nomli konsert dasturi bo'lib o'tdi
.

Konsert dasturida orkestrning ijro dasturidan o'rin olgan o'zbek milliy musiqalaridan “Munojat", “Ey sabo”, “Oʻshal damlar’’; jahon klassik durdona asaridan “Julyetta valsi”, “Korentoga qayting”, “Gofman ertaklari” kabi musiqalar ijro etildi.

Shu bilan birga, O'zbekiston davlat filarmoniyasi tasarrufidagi xor ansambli tomonidan jamoaviy kuylangan kuy-qo'shiqlar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi. Ma'lumot o'rnida, konsert dasturi davomida Respublika va xalqaro tanlovlar laureati sovrindorlari chiqishlari iliq taassurot qoldirdi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
#xalqaro_konferensiya

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi farmoyishi asosida 2022-yil 25-noyabr kuni O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Inklyuziv ta'lim: imkoniyati cheklangan bolalar va raqs san'ati” mavzusida xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman (konferensiya) oʻtkaziladi.

Государственная академия хореографии Узбекистана приглашает вас принять участие в международной научно-практической конференции на тему: “Инклюзивное образование: дети с ограниченными возможностями и танцевальное искусство”, которая состоится 25 ноября 2022 года в соответствии с планом, утверждённым Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 7 марта 2022 года.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig'i Avazbek Shomurodov hamda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati boʻlim boshligʻi Sharofiddin Murodov Madaniyat va maʼrifat telekanalining tonggi dasturida mehmon boʻldilar.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda "Bo‘zdag‘ film" kinokompaniyasi hamkorlikda suratga olinayotgan "Mendirman Jaloliddin" nomli ko‘p qismli badiiy filmning 2-faslini ishlash jarayonlari bilan tanishish maqsadida vazirlik mutaxassislaridan iborat ishchi guruh a’zolari: Ozodjon Yuldashev, Ilyos Dadaboyev, Fotix Djalalov, Baxrom Usmonov 13-oktabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida filmni suratga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar "Bo‘zdag‘ film" kinokompaniyasi direktorining birinchi o‘rinbosari Hakan Yildirim va bo‘lim mudiri Fatix Kurt bilan muhokama qilindi. Muhokama davomida filmni montaj, dublyaj ishlarini jadallashtirish va uning 2-faslini suratga olish jarayonlarini yakunlash borasida takliflar berildi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌