Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.8K subscribers
32.6K photos
6.45K videos
78 files
13.2K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
Ko‘ngillarda bayram shukuhi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda milliy musiqa, xususan, an’anaviy va akademik musiqa hamda raqs san’atini rivojlantirish, ijrochilarning kasb mahoratini oshirish va bu yo‘nalishda iqtidorli yoshlarni aniqlab, qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi amaliy sa’y-harakatlar bugun o‘z natijalarini ko‘rsata boshladi.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati bo‘linmasiga tashrifimiz davomida bunga yana bir karra guvoh bo‘ldik. Dastlab filarmoniyaning moddiy-texnik bazasi va xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, respublikamiz mustaqilligining 31 yillik bayramiga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdik.

“Tamanno” raqs ansambli jamoasi bilan suhbatlashib, ularning o‘z sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarini eshitdik.

Fursatdan foydalanib, filarmoniya jamoasini istiqlolimizning 31 yilligi bilan qutladik. Muloqotimiz samimiy ruhda kechdi.

O‘ylaymizki, Samarqandda nishonlanadigan mustaqillik bayrami tantanalarini yuqori saviyada va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishda ushbu zaminda ijod qilayotgan san’at va madaniyat xodimlarining hissasi beqiyos bo‘ladi.

Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat vaziri


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Одил Каландарович Абдурахманов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ёшлар, фан, таълим, соғлиқни сақлаш, маданият ва спорт масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига тайинланди. У бунгача Тошкент давлат транспорт университети ректори лавозимини эгаллаб келаётган эди.

Указом Президента Республики Узбекистан Абдурахманов Одил Каландарович назначен на должность советника Президента по вопросам молодежи, науки, образования, здравоохранения, культуры и спорта. До этого он занимал должность ректора Ташкентского государственного транспортного университета.

Facebook|Instagram|Twitter
#kun_hikmati

​Yoʻqligingda seni himoya qiladigan eng yaxshi himoyaching axloqingdir.

Jaloliddin Rumiy

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qaror_ijrosi_amalda

2022-yil 24-avgust kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Musiqali drama teatrida “Sug'diyona” kamer orkestrining navbatdagi konsert dasturi tashkil etilib, ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Konsertni 1000 ga yaqin tomoshabin qarshilab oldi. Shu kabi konsert dasturlari yurtimiz bo'ylab o'tkazilishi davom etmoqda!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan 2022-yilning 25-avgust kuni soat 18:30 da O‘zbekiston davlat drama teatrida sahnalashtirilgan "Ojiza demang bizni!" spektakli tomoshabinlar qatorida ko‘zi ojizlar va yaxshi ko‘rmaydiganlarga tiflosharhlash orqali namoyish etildi. Mazkur spektakl namoyishini eshitish uchun maxsus quloqchinlar taqdim etildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Jenisbek Piyazov va estrada xonandasi Afruzaga Boshqirdiston xalq artisti unvoni berildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube