TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.28K subscribers
9.52K photos
1.22K videos
6 files
5.84K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
加入频道
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

HAR BIR QARICH YERNING HISOBI BOR!

⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tumanning “Yosh avlod” MFY hududida yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

📍 Ushbu manzildagi yer nazorati tadbirlari vaqtida Uysozlar mavzesi, 17/2 ko‘p xonadonli uy oldida 110 kv.m yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanib, 50 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlandi.

📃 Shundan so‘ng fuqaroga yer qonunbuzilishining huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Natijada noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o‘zida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarildi.

#Kadastr #yer_nazorati #Yashnobod

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida


🫥 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etishda to'lov miqdorlari qanday?

▶️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #arxiv_raqamlashtirish #Chilonzor
RAQAMLASHTIRILAYOTGAN ARXIV HUJJATLARI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlari davom ettirilmoqda.

📍 Boshqarmaning Chilonzor tumani filiali arxivida jami 84 922 ta ko‘chmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanadi.

Shundan:

📊 Turar joy arxiv hujjatlari – 74 975 ta
📊 Noturar joylar arxiv hujjatlari – 9 947 ta.

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish doirasida bugungi kunga qadar jami 8 240 ta kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirishga erishildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida 🌟"Kadastr agentligi tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan tartib-taomillar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tafsilotlar "My5" telekanalining "Hudud" informatsion dasturida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

📃 Savol: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qanday hollarda rasmiylashtiriladi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

💠 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

💠 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

💠 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

💠 yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

💠 ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

💠 ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

💠 o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 7-moddasi haqida,

💠 Tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarga ajratilgan, tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵qaror tuman (shahar) hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida 2021-yil 8-iyunga qadar qabul qilingan bo‘lsa;

🔵tuman (shahar) hokimlarining qarorlarini tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan rad etilgan bo‘lmasa;

🔵yer uchastkasi ajratilganidan keyin ikki yil ichida bino va inshoot belgilangan maqsadlarga muvofiq qurilgan yoki ularning qurilishi boshlangan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ер бозори шаклланиши таъсирида янги инвестиция лойиҳаларида ер сотиб олиш харажатлари кескин ошаётгани қайд этилди.

Тадбиркор ерга бунча катта харажат қилгандан кейин қурилиш, техника ва ускунага маблағи етмай қолаяпти.

Эндиликда тадбиркор аукциондан ер сотиб олганда унга қўшилган қиймат солиғи ҳисоблаш бекор қилинади.

Тошкент шаҳри ва вилоят марказларида сотилган ер бўйича харид суммасини уч йилгача, қолган ҳудудларда беш йилгача, 4 ва 5-тоифа туманлар учун эса ўн йилгача бўлиб-бўлиб тўлашга рухсат берилади. Энди тадбиркорлар дарҳол тўлов қиламан деса, 20 фоизгача чегирма берилади.

Шунингдек, йирик лойиҳаларда ер қийматини тадбиркор устав фондига давлат улуши сифатида киритиши мумкин бўлади. Тадбиркор истаган пайтда бу улушни ўзи сотиб олиши мумкин. Бу орқали шу йилнинг ўзида тадбиркорлар ихтиёрида 3 триллион сўм қолади.

Facebook|Instagram|X
#Kadastr #bizning_manzillar #Olmazor
BIZNING MANZILLAR: OLMAZOR TUMANI FILIALI

⭐️ Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Olmazor tumani filiali

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

💠 Manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar ko'chasi, 54-uy.

📍 Lokatsiya

📞 Murojaat uchun telefon:
(+99871) 246-85-63.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_savodxonlik #Yangihayot
SEMINAR YANGI QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAGʻISHLANDI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining 📍Yangihayot tumani filiali majlislar zalida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

◾️Tadbirda DKP Yangihayot tumani filiali bosh mutaxassisi A.Mahkamov hamda Yangihayot tumani adliya boʻlimi boshligʻi Z.Toshtemirov tomonidan xodimlarga xalqimiz intiqlik bilan kutgan Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumot berilib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

◾️Mavzuga oid targ‘ibot materiallaridan samarali foydalanilgan holda o‘tkazilayotgan bunday huquqiy seminarlar xodimlarning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish, sohaga oid bilimlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM