TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.28K subscribers
9.53K photos
1.22K videos
6 files
5.85K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
加入频道
#Kadastr #huquqiy_asos
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

😞😡😞😕-YIL SARHISOBI
Malaka oshirish va qayta tayyorlash yo'nalishida

🌟 2024-yilda Davlat kadastrlari palatasi qanday yutuqlarni qo'lga kiritdi?

➡️ Vazifalar amalga oshirilishi yuzasidan qanday natijalarga erishildi?

🇺🇿2025-yilda qaysi yangi loyihalar va maqsadlar kutilmoqda?

🎚 Bu savollarga markaziy apparatning bir qator boshqarma va bo'limlari rahbarlari yilnoma hisobotlari orqali javob berib boradilar.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalari va O‘zbekiston milliy universiteti kafedra filiali faoliyatini muvofiqlashtiruvchisi Erkin Umarxodjaev mazkur yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

#DavKadastrPalata #yilnoma #sarhisob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat RASMIY MUNOSABAT

◼️“Milliy” telekanalining “Millar” dasturi orqali "Kadastr hujjati qachon beriladi?" sarlavhasi ostida efirga uzatilgan lavha yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

◼️19.01.2001 yilda berilgan yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat akti, 27.08.2020 yilda o‘zaro tuzilgan topshirish (berish) shartnomasi va qabul qilish topshirish dalolatnomasiga asosan “T.B.C.” MCHJ nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tgan Mirobod tumani, Qo‘yliq ota ko‘chasi manzilida joylashgan umumiy maydoni 20 552 kv.m.dan iborat bo‘lgan yer uchastkasida jami 6 ta 5 va 7 qavatdan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurilgan.

◼️Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamenti talablariga muvofiq, ushbu ko‘p qavatli turar joy binolariga nisbatan 03.12.2024 yilda kadastr pasportlari shakllantirilgan hamda Vazirlar Mahkamasining 1010-sonli qaroriga asosan 3, 5, 7, 9, 11 va 13-uy raqamlari berilgan.

◼️Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022 yildagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq, binoni foydalanishga qabul qilish yuzasidan berilgan buyurtma Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan rad etilgan.

◼️Bugungi kunga qadar ushbu ko‘p qavatli turar joy binolariga tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan foydalanishga ruxsat berilmaganligi sababli davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu ko‘p qavatli turar joy binolari foydalanishga topshirish dalolatnomasi tasdiqlanganidan so‘ng notarial shartnomalar rasmiylashtirilgach, sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarini vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi sotdi va h.k.) bilan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojat etilgan taqdirda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ma’lum qilinadi.

▶️ Avvalroq, boshqarma Axborot xizmati tomonidan yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilishdagi muhim jihatlar, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida kadastr idoralarining vazifalari haqida foydali videolavha e'lon qilingan edi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yangi_yil_shukuhi BOLAJONLARGA BAYRAM QUVONCHI ULASHILDI

😴 Har bir bayram bolajonlar bilan totli. Ayniqsa, Yangi yil shodiyonalari ularga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari xodimlarining farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

🎁 Qorbobo va Qorqiz ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari, bir-biridan qiziqarli o‘yinlar, jajji o‘g‘il-qizlar ijrosidagi she`r va qo`shiqlar bayramona davraga yanada fayz ulashdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Sergeli va Bektemir tumanlaridagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!


Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Sergeli va Bektemir tumanlari hokimliklarining tumanlar hududidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq,  mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Sergeli va Bektemir tumanlaridagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: [email protected]  elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 30-dekabr kunidan 2025-yil 13-yanvar kuniga qadar qatnashishi mumkin.



Уважаемые граждане!

Примите участие в голосовании по присвоению наименований безымянным улицам и переименованию некоторых улиц Сергелийского и Бектемирского районов!


В комиссию по вопросам присвоения наименований и переименования географических объектов города Ташкента поступило предложение от хокимиятов Сергелийского и Бектемирского районов по присвоению наименований безымянным улицам и переименованию некоторых географических объектов.

В соответствии со ст. 4-1 Закона Республики Узбекистан «О наименованиях географических объектов», с целью изучения мнения местного населения, хокимият города Ташкента приглашает жителей столицы выразить свое мнение относительно присвоения наименований безымянным улицам и переименования некоторых улиц Сергелийского и Бектемирского районов путём голосования на сайте https://geonom.tashkent.uz.

Также своё мнение можно выразить одним из нижеследующих способов:

Устно по телефону: +998-71-210-04-13 (в рабочие дни с 09:00 до 17:00);

Письменно, направив письмо по адресу: 100060, г. Ташкент, Чиланзарский район, улица Ислама Каримова, 51;

В электронной форме, направив письмо на электронную почту: [email protected] 

Жители столицы могут участвовать в процессе голосования с 30 декабря текущего года по 13 января 2025 года.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sarhisob #yilnoma
POYTAXT KADASTRIDA 2024-YIL SARHISOBI

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar haqida ushbu video orqali tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

📃 Savol: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qanday hollarda rasmiylashtiriladi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

💠 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

💠 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

💠 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

💠 yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

💠 ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

💠 ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

💠 o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Янги Тошкент ҳудудидаги қурилиш ва ободонлаштириш лойиҳалари билан танишмоқда

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X