IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal
13.2K subscribers
76.3K photos
16K videos
1 file
21.5K links
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti

🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1
☎️ 0(371)-231-36-36
👉t.me/iivjxduz
👉youtube.com/@JXDUZ
👉instagram.com/jamoat_xavfsizligi_departament
加入频道
⚡️“Xavfsiz hudud” tadbirlari doirasida...

Buxoro shahar IIO FMB masʼullari tomonidan 2-sonli IIB hududidagi Nizomiy Ganjaviy mahallasida «xonadonbay» tizimi asosida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida savdo obyektlari, xonadonlar, jamoat joylarida aholi va korxonalar xodimlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga doir huquqiy-targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, muqaddam sudlangan hamda xavfli guruhga kiruvchi shaxslar va profilaktik hisobida va probatsiya nazorati ostida turgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, kelgusida takroran jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir etmaslik bo‘yicha ogohlantirishlar berildi.

YHXB xodimlari tomonida yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida fuqarolar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

@IIVJXDUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyatida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda
————————————————-
Хоразм вилоятида ёшлар ўртасида гиёҳвандлик воситалари тарқалишининг олдини олишга қаратилган тарғибот тадбирлари олиб борилмоқда

@IIVJXDUZ
Olot tuman IIB JXX probatsiya guruhi tomonidan “Nazorat” va “Xavfsiz hudud” oyligi doirasida probatsiya hisobida turgan voyaga yetmaganlar yoshlar va xotin-qizlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Bunda nazorat ostidagi shaxslarning boshqa jinoyat sodir qilishini oldini olish maqsadida ularning bandligini taʼminlash borasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.

Shuningdek ushbu shaxslarga doimiy ravishda nazoratda ekanliklari, belgilangan talablarga rioya etishlari borasida masʼul xodimlar tomonidan tushunchalar berildi.

Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan voyaga yetmaganlar va yoshlarning bugungi kundagi ruhiy holatini o‘rganish, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf qilish maqsadida psixologik treninglar va davra suhbatlari ham o‘tkazildi.

@IIVJXDUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Аввал хабар берганимиздек, Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов бошчилигидаги идоралараро ишчи гуруҳ томонидан Сирдарё вилоятида ўрганиш ишлари давом этмоқда

@IIVJXDUZ
⚡️Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!

Bugun, 1-mart kuni Buxoro shahar hududiga “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan IIO sohaviy xizmatlari, Milliy gvardiya, profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari va “Qalqon” guruhi aʼzolari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan tungi tezkor yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Bunda, tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarga fuqarolar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda tungi vaqtlarda ularning jamoat joyi va turli ko‘ngilochar maskanlarida maqsadsiz yurishlarini bartaraf etish samaradorligini oshirishga qaratilgan zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

@IIVJXDUZ