IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal
13.2K subscribers
76.3K photos
16K videos
1 file
21.5K links
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti

🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1
☎️ 0(371)-231-36-36
👉t.me/iivjxduz
👉youtube.com/@JXDUZ
👉instagram.com/jamoat_xavfsizligi_departament
加入频道
#Tashrif
#Surxondaryo

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisi Zulayho Mahkamova, O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Jamoat Xavfsizligi Departamenti Huquqbuzarliklar Profilaktikasi Xizmati boshlig'i o'rinbosari Umida Abdullayevalar Termiz tumanida joylashgan Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida bo'lishdi.

Bugungi kunda ushbu ta'lim markazida 300 nafar talabalar va kur tinglovchilari bo'lib, shundan 80 nafari afg'on qizlari. 2 ta bakalavriyat yo'nalishida 111 nafar talabalar tahsil olishyotgan bo'lsa, 189 nafari qisqa muddatli va bir yillik kurslarda o'z bilimlarini oshirib kelishmoqda.

Markazda 300 o'rinli yangi tipdagi talabalar turar joyi mavjud bo'lib, zamon talablariga mos holda jihozlangan va talabalar ixtiyoriga berilgan.
Ushbu ta'lim markazi bitiruvchilariga Toshkent Davlat O'zbek tili va adabiyoti va Toshkent Transport universitetlarining diplomlari beriladi.

@IIVJXDUZ
Muhokamada yoshlarni to‘g‘ri va sog‘lom turmush tarziga qaytarish maqsad qilindi

Surxondaryo viloyati IIB JXX HPB VE IHYoK Markaziga keltirilgan besh nafar nazoratsiz va qarovsiz yurgan voyaga yetmaganlarni Termiz shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudining ajrimiga asosan bir oy muddatga joylashtirildi.
Voyaga yetmaganlarni to‘g‘ri va sog‘lom turmush tarziga qaytarish maqsadida, ularga Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi I.Shaymanov tomonidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari Termiz tumanidagi 1-sonli maktabda nazoratsiz va qarovsiz yurgan voyaga yetmaganlarning ota-onalari ishtirokida viloyat IIB JXX HPB VE IHYoK Markazi psixologi katta leytenat M.Jo‘raeva, maktab direktori o‘rinbosari N.R.Kamoliddinova, Termiz tumani “Yangi hayot” mahallasi raisi A.A.Tursunov, Termiz tuman IIB JXX HPB VEMB va Yoshlar bilan ishlash guruhi katta ispektori leytenant A.Axmedovalar bilan birgalikda muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

@IIVJXDUZ
👉 Миробод туманида Тошкент шаҳар ИИББ бошлиғининг навбатдаги сайёр қабули ўтказилди

Тошкент шаҳар ИИББ бошлиғи генерал-майор Азиз Ташпулатовнинг жойларда сайёр қабуллари давом этмоқда. Навбатдаги қабул Миробод тумани Мудофаа ишлари бўлими биносида бўлиб ўтди. Унда ИИББ бошлиғи, туман ҳокими Шухрат Пўлатов, ИИО ФМБ бошлиғи полковник Музаффар Атаназаров ва тегишли соҳа мутасаддилари фуқароларнинг муаммоларини ўрганиб, ҳал этиш чораларини кўришди. Davomi

👉 Очередной выездной приём начальника ГУВД города Ташкента прошёл в Мирабадском районе

Начальник ГУВД города Ташкента генерал-майор Азиз Ташпулатов продолжает встречи с гражданами на местах. В здании Отдела по делам обороны Мирабадского района состоялся очередной приём граждан начальника ГУВД города Ташкента, в котором также приняли участие хоким района Шухрат Пулатов, начальник УКД ОВД Мирабадского района полковник Музаффар Атаназаров, представители ряда организаций и учреждений, органов местного самоуправления. Читать далее

@IIVJXDUZ
#Халқаро_кун

22 сентябрь – Халқаро автомобилсиз кун

📌 Бугун дунёдаги автомобил ва мотоцикль ҳайдовчиларига кун давомида транспорт воситаларидан фойдаланмаслик тавсия этилади. Кўплаб мамлакатлар ва шаҳарларда пиёда юриш, велосипед ёки жамоат транспортларидан фойдаланишни тарғиб қилувчи акциялар, тадбирлар ўтказилади.

☑️ 1995 йилдан бери бу сана World Car Free Days консорциуми ташаббуси билан дунёнинг юзлаб шаҳарларида ўтказиб келинмоқда.

☝️ Маълумот учун: Ҳукумат қарори билан 2021 йилдан бошлаб 22 сентябрь республика бўйича “Автомобилсиз кун” сифатида эълон қилинган. Шу куни шахсий автомобилда ҳаракатланишдан ихтиёрий равишда воз кечиш тавсия этилади.

@IIVJXDUZ
#Tashrif
Termiz shahri

Bosh vazir oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.Mahkamova, O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi JXD HPX boshlig'i o'rinbosari U.Abdullayeva, Surxondaryo viloyati hokimi o'rinbosari Z.Xidirovalar viloyat Onkologiya dispanserida bo'lishdi. Bemorlar holidan xabar olishdi. Yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

"Men 3 yildan oshiqroq bu kasallik bilan kurashdim, 10 kun bo'ldi shu joyni o'zida meni operatsiya qilishdi. Endi ahvolim ancha yaxshi" deydi-suhbatdoshimiz Z.Norova,
"yurtimizdagi hamma ayollar baxtli, hech birimizning kasal bo'lishga haqqimiz yuq, bu sharoitda bu g'amxo'rliklardan xursand bo'laman, ko'zimga yosh keladi. Shifokorlarga raxmat aytaman"-deya so'zlarida davom etarkan kalb ko'z yoshlarini tutib turolmadi.

Darhaqiqat inson salomatligi hamma narsadan ustun. Jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish barchamizning insoniy burchimizdir.

@IIVJXDUZ