IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal
13.2K subscribers
76.3K photos
16K videos
1 file
21.5K links
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti

🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1
☎️ 0(371)-231-36-36
👉t.me/iivjxduz
👉youtube.com/@JXDUZ
👉instagram.com/jamoat_xavfsizligi_departament
加入频道
#Umumxalq_xayriya_hashari #Mahalla_obod_yurt_obod

IIV Jamoat xavfsizligi departamentida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biri. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.

Joriy yilning 24-25-avgust kunlari “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari e’lon qilindi. Yurtimizni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan umumxalq hasharida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti shaxsiy tarkibi xodimlari ham faol ishtirok etdi.

Bino yo‘laklariga suv sepilib supurildi, atrof-hudud maishiy chiqindilardan tozalandi. Daraxt va nihollarga shakl berildi. Hashar mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazildi.

©️ IIV JXD Axborot xizmati

Telegram I YouTube I Instagram I Facebook
Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan viloyat hududi bo’ylab haydovchilar bilan yo’l transport xodisalarini oldini olish hamda yo’l harakati qoidalariga qat’iy amal qilib harakatlanishlariga qaratilgan profilaktik targ’ibot ishlari amalga oshirilib, eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.

Telegram I YouTube I Instagram I Facebook
“Uzum sayli” xalqaro festivalida xavfsizlik

Joriy yilning 23-25-avgust kunlari Toshkent viloyati Parkent tumanida “Uzum sayli” (Grape Festival) xalqaro festivali oʻtkazilmoqda. Sayilga dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan mehmonlar tashrif buyurishgan.

Festivalni koʻtarinki ruhda, osoyishta oʻtishi va tadbirlar davomida xavfsizlikni taʼminlash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jumladan ichki ishlar organi xodimlari xizmat olib bormoqdalar.

Telegram I YouTube I Instagram I Facebook
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va uning quyi tizimi xodimlarini faoliyati tahlil qilindi

Namangan viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tizimda amalga oshirilgan ijobiy ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Telegram I YouTube I Instagram I Facebook