IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal
13.2K subscribers
76.2K photos
16K videos
1 file
21.5K links
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti

🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1
☎️ 0(371)-231-36-36
👉t.me/iivjxduz
👉youtube.com/@JXDUZ
👉instagram.com/jamoat_xavfsizligi_departament
加入频道
"Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi" oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Buxoro viloyati IIB JXX XPB masʼullari tomonidan Maxsus qabulxona, Oydin nur oilani ijtimoiy-huquqiy himoyalash markazi hamda Ayollarni Reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublikasi markazining Buxoro viloyat bo‘limidagi xotin-qizlarga maʼmuriy huquqbuzarlik, jinoyat sodir qilmaslik va jinoyat qurboniga aylanib qolmaslik bo‘yicha profilaktik suhbatlar olib borildi.

Telegram I YouTube I Instagram I Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тошкентдаги Ўзбекистон-Озарбайжон саммити қардош давлатларимиз ҳамкорлигини энг юқори босқичга - иттифоқчилик муносабатлари даражасига олиб чиқди

Узбекско-азербайджанский саммит в Ташкенте вывел взаимодействие между нашими братскими государствами на высшую ступень - уровень союзнических отношений

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan Nukus shahri hududida jamoat tartibini saqlash fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida “Xavfsiz tun” keng qamrovli profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda
——
Qaraqalpaqstan Respublikası Ishki isler ministrligi Jámiyetlik qáwipsizligi xızmeti tárepinen Nókis qalası aymaǵında Jámiyetlik tártipti saqlaw puqaralardıń qáwipsizligin támiyinlew maqsetinde «Qáwipsiz tún» keń kólemli profilaktikalıq ilajı ótkerilmekte


Telegram I YouTube I Instagram I Facebook
“Yo‘l harakati yosh inspektorlari” MDH davlatlari o‘rtasidagi xalqaro tanlovda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tarixida birinchi marta xalqaro miqyosda bunday yuksak g‘alabaga erishildi.

Jamoa yo‘l harakati qoidalari, favqulodda vaziyatlarda chaqqonlik bilan harakat qilish ko‘nikmalarini chuqur bilishini namoyish etdi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining faol ko‘magi tufayli yosh inspektorlar xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.

Shuningdek, ko‘rik-tanlovda faol ishtiroki uchun Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ikki nafar masʼul xodimi hamda 110-maktab o‘qituvchisi Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Qirg‘iziston militsiyasining 95 yilligi” medali bilan taqdirlandi.

©️ IIV JXD Axborot xizmati

Telegram I YouTube I Instagram I Facebook
#Umumxalq_xayriya_hashari #Mahalla_obod_yurt_obod

IIV Jamoat xavfsizligi departamentida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biri. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.

Joriy yilning 24-25-avgust kunlari “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari e’lon qilindi. Yurtimizni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan umumxalq hasharida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti shaxsiy tarkibi xodimlari ham faol ishtirok etdi.

Bino yo‘laklariga suv sepilib supurildi, atrof-hudud maishiy chiqindilardan tozalandi. Daraxt va nihollarga shakl berildi. Hashar mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazildi.

©️ IIV JXD Axborot xizmati

Telegram I YouTube I Instagram I Facebook
Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan viloyat hududi bo’ylab haydovchilar bilan yo’l transport xodisalarini oldini olish hamda yo’l harakati qoidalariga qat’iy amal qilib harakatlanishlariga qaratilgan profilaktik targ’ibot ishlari amalga oshirilib, eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.

Telegram I YouTube I Instagram I Facebook
“Uzum sayli” xalqaro festivalida xavfsizlik

Joriy yilning 23-25-avgust kunlari Toshkent viloyati Parkent tumanida “Uzum sayli” (Grape Festival) xalqaro festivali oʻtkazilmoqda. Sayilga dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan mehmonlar tashrif buyurishgan.

Festivalni koʻtarinki ruhda, osoyishta oʻtishi va tadbirlar davomida xavfsizlikni taʼminlash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jumladan ichki ishlar organi xodimlari xizmat olib bormoqdalar.

Telegram I YouTube I Instagram I Facebook