#Umumxalq_xayriya_hashari #Mahalla_obod_yurt_obod
IIV Jamoat xavfsizligi departamentida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biri. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.
Joriy yilning 24-25-avgust kunlari “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari e’lon qilindi. Yurtimizni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan umumxalq hasharida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti shaxsiy tarkibi xodimlari ham faol ishtirok etdi.
Bino yo‘laklariga suv sepilib supurildi, atrof-hudud maishiy chiqindilardan tozalandi. Daraxt va nihollarga shakl berildi. Hashar mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazildi.
©️ IIV JXD Axborot xizmati
Telegram I YouTube I Instagram I Facebook