IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal
13.2K subscribers
76.3K photos
16K videos
1 file
21.5K links
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti

🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1
☎️ 0(371)-231-36-36
👉t.me/iivjxduz
👉youtube.com/@JXDUZ
👉instagram.com/jamoat_xavfsizligi_departament
加入频道
⚡️Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi hisobida turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularni qayta kasbga o‘qitish bo‘yicha “Ishga marhamat Monomarkaz” binosida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi
👉Batafsil
———
⚡️Андижон вилояти ИИБ ЖХХ Пробация бошқармаси ҳисобида турган шахсларни ижтимоий ҳаётга мослаштириш, уларни қайта касбга ўқитиш бўйича “Ишга марҳамат Мономарказ” биносида очиқ эшиклар куни бўлиб ўтди
👉Батафсил

Telegram I You Tube
⚡️ Andijon viloyatida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari huzurida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar davom etmoqda.
👉Batafsil
———
⚡️ Андижон вилоятида Ички ишлар вазирининг ўринбосари ҳузурида “Обод ва хавфсиз маҳалла” тамойили асосида амалга оширилаётган ишлар давом этмоқда.
👉Батафсил

Telegram I You Tube
⚡️NAVOIY VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI BOSHLIGʻI GʻOZG‘ON SHAHAR AHOLISI BILAN YUZMA-YUZ MULOQOT QILDI.

Bugun Gʻozg‘on shahrining "Shayxon" mahalla fuqarolari yig‘ini binosida viloyat IIB boshlig‘i hamda shahar hokimi ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda shahar sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda OAV vakillari qatnashishdi.

Fuqarolar tomonidan kelib tushgan 30 ga yaqin murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi. Muddat talab etiladigan murojaatlar alohida belgilab olindi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan doimiy ishga joylashish, subsidiya hamda kredit olishga amaliy yordam, sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordam, ishsizlik nafaqasi, nogironlik gruppasiga chiqarish, davolanish uchun order olib berish kabi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘z ichiga oldi.

Murojaatlar nazoratga olinib, yechimini ta’minlash bo‘yicha sektor rahbarlari hamda mutasaddilarga tegishli topshiriq, ko‘rsatmalar berildi.

Telegram I You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Buxoro viloyatining Romitan tumanida “Mahallabay” ishlash tizimi boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida

Telegram I You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kodeks_amalda

ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING KASBIY MADANIYAT VA XIZMAT INTIZOMI KODEKSI

2 - bob. 5 - band. 3 - xatboshisi
:
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida qonuniy ko‘rib chiqish."

Telegram I You Tube
⚡️Buxoro viloyati IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi masʼullari tomonidan markazda tarbiyalanayotgan bolalarni vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida ularning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda qizg‘in olib borilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida markaz tarbiyalanuvchilari bilan turli psixologik mashg‘ulotlar va shaxmat, shashka kabi sport to‘garaklari o‘tkazilmoqda.
———
⚡️Бухоро вилояти ИИБ ЖХХ ҲПБ Вояга етмаганларга ижтимоий-ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш маркази масъуллари томонидан марказда тарбияланаётган болаларни ватанга садоқат ва муҳаббат руҳида тарбиялаш мақсадида уларнинг таълим-тарбиясига алоҳида эътибор қаратилмоқда.

Жумладан, айни кунларда қизғин олиб борилаётган “Маънавият ойлиги” доирасида марказ тарбияланувчилари билан турли психологик машғулотлар ва шахмат, шашка каби спорт тўгараклари ўтказилмоқда.

Telegram I You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔷 "Ma’naviyat oyligi" davom etmoqda.

🚔👮‍♂️ Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari viloyatdagi Sharof Rashidov muzeyiga tashrif buyurdilar.
———
🔷 "Маънавият ойлиги" давом этмоқда.

🚔👮‍♂️ Жиззах вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ ходимлари вилоятдаги Шароф Рашидов музейига ташриф буюрдилар.

Telegram I You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ёшлар тарбияси ва онгига таҳдидлар тобора кучайиб бораётганлиги барчамизни хавотирга солмоқда.

Олмалиқ шаҳрининг 19-сонли мактабининг 10-синф ўқувчиси Бобур Акромов жорий йилнинг 10 март куни тенгдошлари билан жанжаллашган.

📹 Тўлиқ видеони бизнинг "YouTube"даги каналимизда томоша қилинг.

Telegram I You Tube
⚡️“Profilaktika kuni” tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Uychi tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-mart kunidagi PQ-2833-son qaroriga asosan tuman IIB boshlig‘i tomonidan  payshanba "Jinoyatchilikka qarshi kurashish  va huquqbuzarlikni oldini olish kuni" munosabati bilan mahalla beshligi xodimlariga ma'sul rahbarlar tomonidan tashkiliy tadbirlarni tizimli tashkil qilish yuzasidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.
———
⚡️“Профилактика куни” тадбирлари уюшқоқлик билан ўтказилмоқда.

Уйчи туманида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 14 март кунидаги ПҚ-2833-сон қарорига асосан туман ИИБ бошлиғи томонидан  пайшанба "Жиноятчиликка қарши курашиш  ва ҳуқуқбузарликни олдини олиш куни" муносабати билан маҳалла бешлиги ходимларига маъсул раҳбарлар томонидан ташкилий тадбирларни тизимли ташкил қилиш юзасидан йўриқнома ўтказилди.

Telegram I You Tube