IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal
13.2K subscribers
76.2K photos
16K videos
1 file
21.5K links
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti

🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1
☎️ 0(371)-231-36-36
👉t.me/iivjxduz
👉youtube.com/@JXDUZ
👉instagram.com/jamoat_xavfsizligi_departament
加入频道
Kinologlar faoliyati oʻrganildi

IIV JXD jamoat tartibini saqlash xizmatining kinologiya boʻlimi masʼullari tomonidan Jizzax viloyati IIB JXX JTSB kinologiya boʻlinmasi faoliyati oʻrganildi. Mazkur jarayonda asosiy eʼtibor respublika Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda IIV buyruqlarining ijrosiga qaratildi.
Xususan, soha vakillarining jinoyatchilikka qarshi kurashdagi ishtiroki, xizmat sharoitlarining yaratilishi, xodimlar va xizmat itlarining malaka darajasi, ish hujjatlarining yuritilishi, jismoniy, jangovar, kasbiy salohiyatni oshirishga qaratilgan oʻquv va mashgʻulotlarni oʻtkazish sifati baholandi. Oʻz navbatida vazirlik vakillari mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatdilar.

@IIVJXDUZ
Президент Шавкат Мирзиёев Шофиркон туманидаги мингдан ортиқ иш ўрни яратилган тикувчилик корхонаси фаолияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью швейного предприятия в Шафирканском районе, создавшего более тысячи рабочих мест.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarni ta’minlash bo‘linmasi hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari hamkorligida, aholi orasida sanitariya epidemiologik va yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish hamda go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining sotilishida veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan Guliston va Yangiyer shahar dehqon bozorlarida nazorat reyd tadbirlari amalga oshirilib, targ‘ibot ishlari olib borildi
———
Сирдарё вилояти ИИБ ЖХХ ЖТСБ Карантин тадбирларни таъминлаш бўлинмаси ҳамда вилоят Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш бўлими ходимлари ҳамкорлигида, аҳоли орасида санитария эпидемиологик ва юқумли касалликларнинг тарқалишини олдини олиш ҳамда гўшт, сут ва бошқа озиқ-овқат маҳсулотларининг сотилишида ветеринария-санитария қоидаларига риоя қилиниши юзасидан Гулистон ва Янгиер шаҳар деҳқон бозорларида назорат рейд тадбирлари амалга оширилиб, тарғибот ишлари олиб борилди

@IIVJXDUZ