IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal
13.2K subscribers
76.3K photos
16K videos
1 file
21.5K links
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti

🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1
☎️ 0(371)-231-36-36
👉t.me/iivjxduz
👉youtube.com/@JXDUZ
👉instagram.com/jamoat_xavfsizligi_departament
加入频道
Toshkent shahar, Shayxontohur tumaniga hamkorlikdagi tungi xizmatga jalb qilingan IIBB JXX JTSB hamda YHXB xodimlari tomonidan “Laylito‘g‘on” ko‘chasida harakatlanib kelayotgan, shubxa uyg‘otganligi uchun, to‘xtatilgan “Spark” rusumli avtoulov xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu avtoulov yo‘lovchisi, Chilonzor tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.Shning cho‘ntagida 19 dona “Regapen” psixotrop dori vositalari va sigareta qutisi old qismida qora rangli, saqichsimon modda borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro va aniqlangan moddalar Shayxontoxur tumani IIO FMBga topshirilgan.

@IIVJXDUZ
#profilaktika

Jinoyatlarning oldini olish dolzarb masala

⚡️Olmaliq shahar 18-sonli umumta’lim maktabi ma’muriyati hamda shahar IIB hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlandi.

📌 Shuningdek, Toshkent viloyati IIBB mas’ul xodimi polkovnik N.Xubbimov ishtirokida voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

@IIVJXDUZ
#tibbiyot

Tumandagi 120 nafar xotin-qizlar malakali shifokorlarning tibbiy ko'rigidan o'tkazildi

Qibray tumani hokimligi xotin-qizlar bo'limi va tuman IIB hamkorligida "Temir va ayollar daftari"ga kiritilgan
hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik otkazildi.

🚑Tibbiy ko'rik davomida xotin-qizlar, Rossiya iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Federal xizmati – “Rospotrebnadzor” huzuridagi Epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan taqdim etilgan, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan mobil klinikada tor doiradagi malakali shifokorlar (ginekolog, gastroenterolog, terapevt, vrach lobarant) ko'rigidan o'tkazildi.

🌡Shuningdek, laboratoriya tomonidan gepatit "А", "В", "С" va ОIVga ekspress testlar yordamida qon tahlillari olinib, tegishli tartibda yo'llanmalar berildi.

Tuman hokimi M.Mirkasimov tibbiy ko'rik jarayonlari va tashkiliy masalalarni ko'zdan kechirdi.

@IIVJXDUZ
#muloqot #targʻibot
#profilaktika

Sektor rahbarlari yoshlar bilan muloqotda boʻldi

⚡️Olmaliq shahar hududida voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini barvaqt olish borasida mutasaddilar tomonidan bir qator profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

📌 Jumladan, shahar sektor rahbarlari - hokim Qobil Xamdamov, prokuror Abdumalik Kuldashev hamda IIB boshligʻi Jamoliddin Manazarov boshchiliklarida shahrimizdagi taʼlim muassasalarida yoshlar bilan davra suhbatlari tashkil etilib, jinoyat va huquqbuzarliklarning ayanchli oqibatlari hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi.

❇️ Suhbat davomida shuningdek, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi. Uchrashuv yakunida taldbir ishtirokchilariga hayotdan adashib, jazo muddatini oʻtayotgan yoshlarning fikrlari aks etgan videolavhalar namoyish etildi.

Bu kabi targʻibot ishlari davom etmoqda.

@IIVJXDUZ