IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal
13.2K subscribers
76.3K photos
16K videos
1 file
21.5K links
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti

🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1
☎️ 0(371)-231-36-36
👉t.me/iivjxduz
👉youtube.com/@JXDUZ
👉instagram.com/jamoat_xavfsizligi_departament
加入频道
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JXX JTSB PPXB xodimlari hamda hududiy profilaktika inspektorlari tomonidan, hududlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirldar jarayonida, noqonuniy spirtli ichimlik savdosi bilan shug‘ullanayotgan savdo do‘konlari va xonadanlar aniqlanib, tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda
————————
Қорақалпоғистон Республикаси ИИВ ЖХХ ЖТСБ ППХБ ходимлари ҳамда ҳудудий профилактика инспекторлари томонидан, ҳудудларда жамоат тартибини сақлаш, фуқаролар хавфсизлигини таъминлаш шунингдек, ҳуқуқбузарлик ва жиноятчиликнинг барвақт олдини олиш борасида олиб борилаётган профилактик чора-тадбирлдар жараёнида, ноқонуний спиртли ичимлик савдоси билан шуғулланаётган савдо дўконлари ва хонаданлар аниқланиб, тегишли тартибда чоралар кўрилмоқда

@IIVJXDUZ
📍Termiz shahrida xonadondan qalbaki pul kupyuralar aniqlandi.....

⚡️Surxondaryo viloyati IIB JXX JTSB PPX hamda JQB xodimlari tomonidan, “Alpomish” mahallasi hududida joylashgan “Yubileyniy” bozorida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida fuqaro (ayol) T.N. yonida bo‘lgan o‘ziga tegishli ayollar sumkasidan 16.600 ming so‘m miqdorda ko‘rinishidan qalbaki kupyuralar topiladi. Tadbir davomida T.N.ning ukasi, shaharning “Manguzar” mahallasida istiqomat qiluvchi, 1992 yilda tug‘ulgan T.J.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 296.050.000 so‘m miqdorda (IIB EKBning xulosasiga ko‘ra) 50 ming so‘mlik ko‘rinishidagi qalbaki kupyuralar aniqlanadi. Tergovga qadar tekshirish jarayonida fuqaro T.J. ushbu kupyuralarni o‘zining bir guruh sheriklari bo‘lgan fuqarolar, G‘. A. M.F va B.J lar bilan birgalikda qalbakilashtirgani aniq bo‘ldi. Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 176-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.👤

@IIVJXDUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Yuridik shaxsga tegishli transport vositasini boshqargan haydovchi YPX xodimiga e’tiroz bildirdi.
Fuqaro haqlimidi?
——————-
🟢 Юридик шахсга тегишли транспорт воситасини бошқарган ҳайдовчи ЙПХ ходимига эътироз билдирди. Фуқаро ҳақлимиди?

@IIVJXDUZ
Qashqadaryo viloyatida “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri davomida Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB mas’ul xodimlari tomonidan “Qurol to‘g‘risida”gi qonunchilikning takomillashtirilishi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun va xujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi 772-son qonun talablari yuzasidan, Qarshi shaharda joyldashgan “Mergan sporting qarshi” MChJning ovchilik do‘koni xodimlariga hamda shaxsiy o‘qotar ov quroli bor fuqarolarga profilaktik tushuntirish targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

@IIVJXDUZ
Oliy ta’lim muassasalari talabalar bilan profilaktik ishlar o‘tkazildi

Buxoro shahar IIO FMB masullari tomonidan oliy talim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning bilan navbatdagi profilaktik targ‘ibot ishlari o‘tkazilib, ular o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir tushuntirishlar berildi.

Bunda, talablar talim muassasalari, jumladan yotoqxona ichki tartib-intizomiga rioya qilish, jamiyatda yurish-turish va odob-axloq qoidalariga amal qilish, ayniqsa, tungi vaqtlarda bemaqsad yurish oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz holatlar xususida ogohlantirildi.

Talaba qizlar orasida esa erta turmush, erta tug‘ruqni oldini olish, uning salbiy oqibatlari hamda firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirildi.

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlashga doir yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanish takidlandi.

@IIVJXDUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz bo‘lmang!

Samarqand viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya xizmatida ana shu mavzudagi ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi.
—————-
Ҳайвонларга нисбатан шафқатсиз бўлманг!

Самарқанд вилояти ИИБ ЖХХ ЖТСБ Кинология хизматида ана шу мавзудаги кўргазмали тадбир ўтказилди.

@IIVJXDUZ
“Men donorman” shiori ostida o‘tkazilgan xayriya aksiyasida Samarqand viloyati IIB JXX JTSB Patrul-post xizmati bataloni xodimlari ham faol ishtirok etishdi
——————
“Мен донорман” шиори остида ўтказилган хайрия аксиясида Самарқанд вилояти ИИБ ЖХХ ЖТСБ Патрул-пост хизмати баталони ходимлари ҳам фаол иштирок этишди

@IIVJXDUZ