IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal
13.2K subscribers
76.3K photos
16K videos
1 file
21.5K links
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti

🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1
☎️ 0(371)-231-36-36
👉t.me/iivjxduz
👉youtube.com/@JXDUZ
👉instagram.com/jamoat_xavfsizligi_departament
加入频道
Вилоят ички ишлар бошқармаси бошлиғи ёшлар билан учрашди

Бугун туман маданият марказида вилоят ички ишлар бошқармаси бошлиғи Адил Атаходжаевнинг ёшлар билан учрашуви кўтаринки руҳда ўтди. Тадбирда туман ҳокими Жўрабек Нурматов, туман ИИБ бошлиғи Умаржон Абдувалиев иштирок этдилар. Учрашувдан кўзланган мақсад, ёшларнинг муаммоларига ечим топиб, таклифларини қўллаб-қувватлашдан иборат бўлди.

Учрашувда "Камалак юлдузлари" болалар ижодиёт фестивалининг республика босқичи лауреатлари эсдалик совғалари ва диплом билан тағдирландилар.

Фуқаролиги бўлмаган 3 нафар шахсга Ўзбекистон Республикаси фуқаролик паспорти берилди ҳамда 16 ёшга тўлган 5 нафар ёшга фуқаролик паспорти ва контракт-тўлов асосида таҳсил олаётган 10 нафар ёшга тўлов-контракт шартномасининг уч миллион сўмдан тўлаш тўғрисидаги сертификатлар топширилди.

Учрашувда ечими маълум муддат вақт талаб қиладиган масалалар назоратга олинди.

@IIVJXDUZ
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Haydovchilik guvohnomasi olish uchun o'tkaziladigan imtihonlar haqida tarqalgan turli xil ma'lumotlar yuzasidan RASMIY BILDIRISH

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan 2021-yil 1-apreldan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik sub’yektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi berilgan edi.

‼️Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi «Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi VMQ 272-son qarori tasdiqlandi.

👆Yuqoridagi qarorlar asosida haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lish uchun tadbirkorlik sub’yektlari zimmasiga ma’lum bir talablar belgilab qo‘yilgan. Bunda eng avvalo imtihonlar inson omilisiz, to‘liq avtomatlashtirilgan holda amalga oshirilishi, zamonaviy avtodrom mavjudligi, maxsus himoyalangan dasturiy ta’minotlar kompleksiga egaligi hamda imtihonlar jarayonida olingan ma’lumotlarga hamda imtihon natijalariga o‘zgartirish kiritish imkoniyatining cheklanganligi va boshqa shu kabi talablar o‘rnatilgan.

🔰Ushbu talablarga to‘laqonli javob beradigan imtihon tizimi uchun sarmoya kiritgan istalgan tadbirkorlik sub’yekti litsenziya olish uchun ariza topshirishi mumkin. Bunda hech bir tadbirkorlik sub’yektiga cheklov yoki to‘siq yo‘qligini ma’lum qilamiz.

@IIVJXDUZ
❗️Samarqand viloyati IIB PPX va JTSB PPXB, Milliy gvardiya hamda Ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan, hududlarda reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda.

@IIVJXDUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xiva shahri sudi binosida o'tkazilgan sayyor sud majlisi

@IIVJXDUZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuzatuv kameralari jarima to'latish uchun emas, fuqarolarni tartibga chaqirish uchun.

@IIVJXDUZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik

🚌 Jizzaxda "Diqqat, piyoda" tadbiri doirasida jamoat transportlari ogohlantiruvchi audio yozuvlar bilan jihozlandi.

@IIVJXDUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Prezident Shavkat Mirziyoyev qishki Olimpiya o‘yinlari ochilishida ishtirok etish uchun Pekinda bo‘lib turibdi

Bugun "Qush uyasi" milliy stadionida o‘tadigan marosimda davlatimiz rahbari tog‘ chang‘ichimiz Komiljon To‘xtayevni shaxsan qo‘llab-quvvatlaydi. Sportchimiz yurtimiz sport delegasiyasi bilan birgalikda Vatanimiz bayrog‘ini Millatlar paradida tantanali olib o‘tadi. U 13-fevral kuni gigant slalom va 16-fevral kuni slalom yo‘nalishida bellashadi.

Olimpiyachimizga omad va yuksak natijalar tilaymiz!

@IIVJXDUZ
IIV: Belgilangan talablarga javob bersa, istalgan tadbirkorlik sub’yekti imtihon tizimi uchun lisenziya olishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti haydovchilik guvohnomasi uchun o‘tkaziladigan imtihonlar xususiy sektorga berilayotgani yuzasidan izoh berdi.

👉 https://kun.uz/18835646

@IIVJXDUZ
⚡️Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir hamda Shovot tuman ichki ishlar organlari probatsiya boʻlinmalari nazorati ostida turgan xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida “Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz” shiori ostida sportning voleybol, shashka va shaxmat turlari boʻyicha musobaqalar tashkil qilindi. Musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

@IIVJXDUZ